1.Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning didaktik maqsadi, vazifalari va mazmuni.
2.Ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar.
3.O'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar.
Asosiy tushuncha va tayanch so’zlar: Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning didaktik maqsadi, vazifalari, mazmu¬ni, ayrim o'quvchilar, o'quvchilar guruhi ommaviy ravishda olib boriladi¬gan sinfdan tashqari mashg'ulotlar, mavzuli kechalar, konferentsiyalar, bayramlar.
Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligida biologiya o'quv dasturidan o'rin olgan mavzularni kengaytirish va to'ldirish maqsadiga yo'g'rilgan darsdan tashqari o'tkaziladigan ixtiyoriy o'qitish shaklidir. O'quvchilarning fan asoslarini chuqur va mustahkam o'zlashtirishlariga erishish qo'shimcha o'quv adabiyotlari, ko'rgazmali vositalar yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish, belgilangan mavzular bo'yicha kuzatish va tajribalar o’tkazish, o'quvchilarning qiziqishlari va bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtiril¬gan ta'limni tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlari, mustaqil va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengayti¬rish, kasbga yo'llash, o'quvchilarning ongi va qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish o'qishni unumli jismoniy va aqliy mehnat bilan uzviy bog'lash maqsadida umumiy biologiyadan sinfdan tashkari mashg'ulot¬lar o'tkaziladi.
Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning uch xil turi mavjud:
Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning uch xil turi mavjud:
1.Ayrim o'quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg'ulotlar
2.O'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan mashg'ulotlar.
3.O'quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg'ulotlar.
Yuqorida qayd etilgan sinfdan tashqari mashg'ulotlarning turlari bir-biri bilan uzviy bog'langan, bir-birini to'ldiradi va taqozo etadi.Ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar ularning xohish, istagi, ehtiyoji va qiziqishlarihisobga olingan holda biologiya o'quv xonasida, tirik tabiat burchagida, maktab tajriba maydonida, informatika xonasida,jamoa va fermer xo'jaligi dalalarida o'tkazilishi mumkin. Ushbu mashg'ulotlar o'quvchilarning qo'shimcha o'quv adabiyotlarini o'rganish, ijodiy izlanishlarini tashkil etish, sinov tajriba maydonlarida muayyan mavzular bo'yicha kuzatish va tajribalar o’tkazish ma'ruzalar va ko'rgazmali materiallarni tayyorlash kabilarga bag'ishlanadi.
Jumladan, Biologiyadan ayrim o'quvchilar bilan tashkil etiladigan mashg'ulotlarda quyidagi masalalarni o'rganish mumkin.O'quvchilar o'zlarining hohish irodasi, qiziqishlariga muvofiq holda, ushbu mavzularning birini tanlab oladi va o'qituvchi bilan hamkorlikda tuzilgan reja asosida ish olib boradi. Olib borilayotgan ishlar va ularning natijalarini biologiya o'qituvchisi nazorat qilib boradi