Demokratik bozor iqtisodiyotiga o'tishning ob'yektiv zaruriyati va uning nazariy masalalari kim edig-u, kim bo‘ldik: «O‘zbek modeli» — o‘zlikni anglash va milliy davlatchilik



Yüklə 26,05 Kb.
tarix20.07.2020
ölçüsü26,05 Kb.
#32211


DEMOKRATIK BOZOR IQTISODIYOTIGA O'TISHNING OB'YEKTIV ZARURIYATI VA UNING NAZARIY MASALALARI

Kim edig-u, kim bo‘ldik: «O‘zbek modeli» — o‘zlikni anglash va milliy davlatchilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarori mazmun-mohiyatida mamlakatimiz fuqarolarining istiqlolimiz tarixini teran anglashiga erishish vazifasi ham yotibdi.

Bu esa har birimizni, ana shu Qarorda alohida ta’kidlanganidek, mustaqillikka erishganimizdan keyin milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni tiklash borasida amalga oshirilgan ulkan islohotlar mag‘zini chaqishga undaydi.

Davrlar o‘tgani sayin mustaqilligimiz tarixini o‘rganish, bu ulug‘ ne’matga qanday erishganimiz mohiyatiga yetish, istiqlolimiz qadrini chuqur anglashning ahamiyati tobora ortib boraveradi.

Mamlakatimiz 1991-yil 31-avgustida o‘z mustaqilligiga erishdi. Dunyo xaritasidan O‘zbekiston Respublikasi degan yangi mustaqil davlat munosib o‘rin egalladi. U 24 yillik tarixan qisqa davrda ulkan rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi.

Avvalo, siyosiy qarashlarimiz o‘zgardi. O‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda, iqtisodiy, ma’naviy islohotlar bilan birga, ulkan siyosiy islohotlar amalga oshdi. Tafakkurimizga butunlay boshqacha siyosiy ong kirib keldi.

Siyosatchilar XX asrni, milliy davlatlarning paydo bo‘lishi asri, deb hisoblaydi. O‘zbek xalqi bu asrning qariyb to‘rtdan uch qismini sho‘ro zug‘umi ostida o‘tkazdi. Bu mustabid davrda milliy davlat qurish, jahon hamjamiyatida xalqaro mezonlar asosida xalqimiz manfaatini himoya qilish va shu yo‘lda siyosat yurgizish u yoqda tursin, shu gapni aytishning o‘ziga ham haq-huquqimiz yo‘q edi.

Demokratiya, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat tushunchalari shunchaki so‘zlar emas. Bularning har biri – bir ulug‘ g‘oya. Ostida xalqning katta kurashi, intilishi, mehnati yotibdi.

Har bir xalq o‘z tarixiy ildizlariga suyangan holda ravnaq topadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarorida ta’kidlanganidek, «O’zbekiston o‘z vaqtida sobiq mustabid tuzumning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan, biryoqlama rivojlangan nochor iqtisodiyotdan, «shok terapiyasi» kabi noma’qul modellardan butunlay voz kechib, mashhur besh tamoyilga asoslangan o‘z taraqqiyot yo‘lini qat’iy tanlab oldi va dunyoda «o‘zbek modeli» sifatida e’tirof etilgan ushbu rivojlanish strategiyasi asosida real natijalarga erishdi».

Sotsializmdan voz kechgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish imkoniyati paydo bo‘lganidan vasvasaga tushgan ayrim mamlakatlar siyosatchilari shoshma-shosharlik bilan «shok terapiyasi» degan «nazariya» o‘ylab topishdi. Ularning xom xayolicha, shu yo‘l bilan go‘yoki birdaniga «mo‘‘jiza» yuz beradigandek, zudlik bilan hamma yoq gullab-yashnab, yashin tezligidagi taraqqiyot yuz beradigandek.

Prezident Islom Karimov «shok terapiyasi»ga mutlaqo qarshi bo‘ldi va O‘zbekistonning ichki iqtisodiy siyosati ham o‘zimizning yangilanish va ijtimoiy taraqqiyot yo‘limiz umumiy prinsiplaridan, ham o‘zimizga xos xususiyatlarimizdan kelib chiqishini ta’kidlagan edi. Davlatimiz rahbari bu borada, jumladan, shunday deb yozadi: «Real tarkib topgan iqtisodiy vaziyat, ko‘pchilik oilalarning turmush darajasi pastligi tufayli respublikada bozorga o‘tishning «shok terapiyasi» yo‘li nomaqbuldir. U amalda «terapiyasiz shok» bo‘lib qaytadi, ya’ni tarkib topgan barcha tuzilmalar, me’yorlar, aloqalar tezda barbod bo‘ladi, boshqacha aytganda, batamom yemiriladi. Tashkiliy, iqtisodiy, moliya-kredit tizimlarini o‘zgartirish, tegishli huquqiy asosni, bozor tarmoqlari majmuini vujudga keltirish, kadrlar tayyorlash uchun vaqt kerak. Ishlab chiqarishni tayyorlash va qayta jihozlash uchun zarur bo‘lgan texnologiya vaqti omilini ham hisobga olish lozim. Va nihoyat, ehtiyoj va taklifning mutanosibligiga asoslangan qonunlar kuchga kirmas ekan, qattiq o‘rnashib qolgan tasavvurlar va me’yorlarni o‘zgartirishga vaqt kerak bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sari buyuk sakrashlar, inqilobiy qayta o‘zgarishlar yo‘li bilan emas, balki, sobitqadamlik va izchillik bilan – bosqichma-bosqich harakat qilish kerak» .

Bu so‘zlar aynan mustaqillikning boshida – 1992-yili aytilganini hisobga olsak, oradan yillar o‘tib, bu yo‘limiz avval-boshdanoq naqadar oqilona belgilanganiga yana bir karra guvoh bo‘lamiz.

Hayot – hamisha harakatda. Uni bir zum to‘xtatib turish yoki tarix g‘ildiragini orqaga aylantirishning aslo iloji yo‘q. Jamiyat doimo oldinga intilaverar ekan, u bilan birga ong ham tinimsiz o‘zgarib, takomillashib boraveradi.

Shunday ekan, o‘zgarishlar mohiyati ham shaxs, uning manfaatlari bilan bevosita bog‘liq, islohotlar mas’uliyati ham, davlat bilan birga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaro zimmasiga ham tushadi. Shuning uchun Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki yillaridayoq: «Islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, inson manfaatlarini ta’minlash uchun»,– degan masalani qat’iy qilib qo‘ygan edi. Yoki uning 1992-yili yozgan «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» kitobida bildirgan mana bu fikrlari mag‘zini chaqish ham – juda muhim: «Bozorga o‘tish – muqarrar. Bu – davr amri, ob’ektiv reallikdir. Ayni paytda bozor faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllantirish, odamlar farovonligining sifat jihatidan tubdan yuqori darajasiga erishish uslubi va vositasidir».

Dunyoda kapitalistik bozor munosabatlariga asoslangan tuzumdan sotsializmga o‘tish tajribasi bor edi. Lekin sotsializmdan voz kechib, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik tuzumga o‘tish tajribasi mutlaqo yo‘q edi. Shunday bo‘lishiga qaramay, sobiq sotsializmdan voz kechgan barcha davlatlar o‘tish davrini boshdan kechirishga majbur edi.

Sotsialistik iqtisodiy munosabatlardan voz kechib, bozor munosabatlariga o‘tish tajribasi birinchi bo‘lib 1989-yil kuzida ikki Germaniya qo‘shilganidan keyin sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi hududida boshlangan edi. Biroq bu jarayon biz uchun mos emas edi. Chunki sobiq GDRda islohotlar nisbatan oson kechdi. Chunki o‘zaro birlashgan Germaniyaning bir qismi o‘sha orzu qilinayotgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik tuzumda yashayotgan edida. Bu yoqda, iqtisod tili bilan ifodalaganda, Sharqiy Germaniyani shatakka olib tortqilaydigan – G‘arbiy Germaniya turgan edi.

DEMOKRATIK BOZOR IQTISODIYOTINI MOHIYATI VA ASOSIY BELGILARI

Iqtisodiyot jamiyat hayotining muhim sohalaridan biri bo’lib, inson rivojlanishi manbaini tashkil qiladi. Unda insonlar o’zlarining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida turli ne'mat va vositalarni ishlab chiqaradilar va o’zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar.

Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi. Ayni paytda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta'sir etadi.

Sobiq totalitar, ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida siyosat iqtisodiyotdan ustun bo’lib, uning rivojlanish yo’nalishlarini belgilab berardi. Bu tuzumning iqtisodiy negizini davlat va kolxoz-kooperativ mulkchilik shakllaridan iborat umumxalq mulki tashkil etardi. Davlat asosiy ishlab chiqarish fondlarining 90 foizdan ortig’iga ega bo’lib, iqtisodiyotda yakka hokimlikni o’rnatgan edi. Buning oqibatida davlat iqtisodiyotni, iqtisodiy hayotni bir markazdan ma'muriy-buyruqbozlik asosida boshqarib borar edi.

Jamiyat a'zolari ijtimoiy mulkka egalik qilish huquqidan mahrum edilar. Tadbirkorlik, biznes bilan shug’ullanish qonun bilan man etilgan edi. Bunday faoliyat bilan shug’ullanganlar chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka tortilar edilar.

Kishilarning mulkdan, uning natijalarini tasarruf etishdan begonalashganligi tufayli, mehnat motivatsiyasi sust. Pirovard natijada sobiq ittifoq chuqur tanazzulga uchradi.

Ma'lumki, shaxsning mulkdor bo’lish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, o’zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin shug’ullanish hamda shunga muvofiq cheklanmagan daromad olish va yaxshi yashash imkoniyatlariga ega bo’lish kabi huquqlarini amalga oshirishni faqat ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotigina ta'minlashga qodirdir.

Mustaqillikka erishgan O’zbekiston ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda.

Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi» (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: O’zbekiston, 2003. 11-bet) deb belgilab qo’yilgan.

Amaldagi islohotlarning asosiy maqsadi haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: «Barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat» (Karimov I.A.. O’zbekiston buyuk kelajak sari. -T.: O’zbekiston, 1998. 281-282-betlar.), - deb ta'kidlagan.

Erkin ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm bo’lib, demokratiyaning umumbashariy tamoyili hisoblanadi. Iqtisodiy plyuralizm tushunchasi mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining xilma-xil bo’lishida o’z ifodasini topadi. Shu boisdan ham ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti o’z mohiyatiga ko’ra ko’p ukladli poliiqtisodiyot bo’lib, unda turli mulk shakllari va xo’jalik ukladlarining teng huquqliligi, muvozanatda bo’lishi hamda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi ta'minlanadi.

Demokratik jamiyatga monand demokratik iqtisodiy tamoyillar erkin bozor iqtisodiyotining quyidagi tub belgilarida o’z ifodasini topadi. 1) xususiy mulk; 2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 3) shaxsiy manfaatning inson xatti-harakatining bosh motivi ekanligi; 4) raqobat; 5) erkin narx tizimi; 6) davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi (qarang: 1-chizma).

Demokratik jamiyatning asosi bo’lgan erkin bozor iqtisodiyotining tub belgilari

O’zbekistonda shakllanayotgan xususiy mulk ikki turdan iborat bo’ladi: birinchisi, yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning, dehqon va fermerlarning xususiy mulki, ikkinchisi, ularning shirkat xo’jaliklaridagi paylari, aktsiyadorlik jamiyatlaridagi aktsiyalari, uyushmalardagi ulushlaridan iborat korporativ xususiy mulk. Yakka va korporativ (ulushli) xususiy mulk egalari mulkdor hisoblanib, ularning mulkka bo’lgan huquqlari dahlsizligi davlat tomonidan himoyalandi. O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolik kodeksida» «mulk huquqi shaxsning o’ziga qarashli mol-mulkka o’z xohishi bilan va o’z manfaatlarini ko’zlab egalik qilishi, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o’zining mulk huquqini, kim tomonidan bo’lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilishi huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir» (O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. -T.: 19, 164-modda.). O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida esa mulkdor huquqining daxlsizligi bilan birga, uning mas'uliyati ham belgilab berilgan. Xususan, unda «mulkdor mulkiga o’z xohishiga ko’ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart» (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O’zbekiston, 2003. 11-bet), deb ta'kidlangan. Xususiy mulk miqyoslarining kengayib borishiga olib keladi.

Tadbirkorlik erkinligi ayrim shaxslar va ularning uyushmalari, guruhlarining foyda, daromad olish maqsadida ma'lum sohada xo’jalik, iqtisodiy faoliyat yuritish erkinligini bildiradi. Bu shuningdek, u yoki bu tarmoqqa tadbirkorlarning o’z xohishlariga ko’ra kirishini va undan chiqishini ham anglatadi.

Tanlash erkinligi iste'molchilar huquqlari va manfaatlarining ustunligini, ularning o’z xohishi, istaklari, didi, daromadiga mos tovar va xizmatlarni tanlash erkinligiga ega ekanliklarini ifodalaydi. Buning uchun birinchidan, tovar, xizmatlar hamda resurs bozorlari ham qimmat, ham arzon, bir-birlarining o’rnini bosuvchi va to’ldiruvchi tovarlar bilan to’lgan bo’lishi, ikkinchidan, davlat iste'molchilarni ularning hayoti va salomatligiga ziyon va zarar etkazuvchi tovarlardan himoya qiladi. Shu maqsadlarda O’zbekiston Respublikasining «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonuni amalga oshirilmoqda. Unga binoan iste'molchilar tovar (ish, xizmat) va ularni ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi)lar haqida to’g’ri va to’liq ma'lumot olish, tovarlarni erkin tanlash huquqiga egadirlar. Tovar, ish, xizmat iste'molchining hayoti, sog’lig’i va mol-mulki uchun xavfli nuqsonga ega bo’lgani hamda ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining g’ayriqonuniy harakati tufayli etkazilgan moddiy ziyon, ma'naviy zararning to’liq hajmda qoplanishi ta'minlanadi.

Tovarning nuqsonlari bo’yicha iste'molchining talablari u kassa yoki tovar chekini, kafolat muddati belgilangan tovarlar bo’yicha esa tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda ko’riladi. Bunday tovarlar boshqa nuqsonsiz tovarlarga almashtirilib beriladi yoki zararning o’rni pul bilan qoplanadi. Iste'molchi huquqlarining himoya qilinishi, uning tanlash erkinligini ta'minlanishi demokratik iqtisodiy tamoyilining ro’yobga chiqarilishini anglatadi. Shuning uchun Vazirlar Mahkamasining 2002 yilda qabul qilingan muhim qarorlariga muvofiq respublikaga iste'mol tovarlarini noqonuniy yo’l bilan olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlarining ko’rilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Kishilar naf, foyda va daromad olish uchun intilib, o’zlarida bor bo’lgan qobiliyatlari va imkoniyatlarini ishga soladilar. Raqobat iqtisodiyot sub'ektlarining shaxsiy manfaatlarini ro’yobga chiqarishning chegarasini belgilaydi. Shuningdek, raqobat ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarning iste'molchi, xaridorlar manfaati, didi, xohishini inobatga olishga bir-biridan arzonroq va sifatliroq tovarlar ishlab chiqarish maqsadida yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga undaydi.

Raqobat va erkin narx tizimiga asoslangan bozor iqtisodiyotida hukumat va davlatning roli cheklangan bo’ladi. Davlat bozor mexanizmining amal qilishiga ko’maklashadi. Buning uchun davlat iqtisodiyot sub'ektlari faoliyatining qonuniy bazasini yaratib, ularning faoliyat, “o’yin” qoidalarini belgilaydi. Aholining turmush darajasi barqaror o’sib borishini, kam ta'minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, boy-kambag’allar o’rtasidagi farqlarning keskinlashib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida aholi daromadlarini soliqlar, transfert to’lovlari vositasida qayta taqsimlaydi, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o’sishni ta'minlash maqsadida soliq, byudjet va pul-kredit vositalari orqali iqtisodiyotni tartibga soladi. Davlat bozor mexanizmi to’la-to’kis bajara olmagan vazifalarni o’z zimmasiga olib, raqobat muhitini saqlaydi, iqtisodiyot sub'ektlarining erkin faoliyatini ta'minlaydi hamda jamiyat uchun kerak bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’z zimmasiga oladi. Demak, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar insonga munosib turmush sharoitlarini yaratishga, kishining erkin tadbirkorlik va mehnat qilish, tanlash erkinligini hamda mulkdor bo’lishdek muhim demokratik huquqlarini ta'minlashga, iqtisodiy hayotni demokratlashtirishga qaratilgandir.

JAMIYATNING MA'NAVIY YANGILANISHI DEMOKRATIK FUQAROLIK JAMIYATINI BARPO ETISH OMILI

Ma'naviy yangilanishi – demokratik jamiyatning demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish omili. Tarix – xalq ma'naviyatining asosi.

Mustaqillikni mustahkamlash jamiyat taraqqiyotining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy jabhalarida tub tarixiy burilish bilan bog’liq bir qator muammolarni va vazifalarni hal etishni taqozo etadi. Ana shunday ulkan vazifa va mas'uliyat xalqimizdan bir tomondan, ma'naviy yangilanish jarayonini to’liq idrok etishni, ikkinchi tomondan esa, demokratik jamiyat qurishda unga tayanishni taqozo etmoqda. Negaki, milliy-ma'naviy yangilanish, yuksalish, taraqqiyot omiliga aylanmoqda. Shu bois, mustaqillik yillarida jahon tsivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo’shgan buyuk allomalarimizning merosini ham yangidan ijodiy o’zlashtirish hayotiy ehtiyojga aylandi. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Hoja Bahouddin Naqshband, Hoja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa ko’plab buyuk siymolarimiz ilmiy-adabiy merosini o’rganish mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik jamiyatning milliy-ma'naviy negizlarini tashkil etmoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma'naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi.

Biz ma'naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma'naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz.( Karimov I.A O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taіdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997, 137-138-betlar.) Masalaning xuddi shu jihatiga urg’u berib, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov o’zining «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida bayon etilgan oltita ustuvor yo’nalishning bajarilishi kerak bo’lgan ulkan vazifalar paydo bo’ldi. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’z taqdirining chinakam egasi, o’ziga xos milliy ma'naviyat va madaniyatning sohibiga aylandi.( Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. 6-jild. -T.:O’zbekiston, 1998. 125-bet.)

O’zbekiston bugungi kunda tom ma'nodagi asrga teng buyuk voqealarni boshidan kechirmoqda. Tarixdan ma'lumki, biror xalq hayotida tub burilish sodir bo’layotgan davrlarda jamiyat yangi istiqbollar sari bormog’i uchun ijtimoiy munosabatlarni shunga muvofiq o’zgartirmog’i lozim bo’ladi. Shu bois ijtimoiy muhitdagi o’zgarishlar shaxsning va butun jamiyatning tafakkurida, dunyoqarashida, ma'naviy olamida o’zgarishlarni taqozo etadi.

XX asrning ulug’ gumanisti A.Shveytser: “Voqelikni shakllantiruvchi kuchlar ichida ma'naviyat birinchidir”(Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarni izchillik bilan amalga Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l – demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. T.II. -T.: O’zbekiston, 2003. 34-b.), - degan edi. Biz bugun ulkan imkoniyatlar davrida yashamoqdamiz. Biroq, ularni real voqelikka aylantirish yo’lidagi g’ov va xafv-xatarlar ham mavjudligicha qolmoqda.

Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish uchun avvalo, insonlar ongida tub o’zgarishlar yuz berishi zarur. Zero, kishilar tafakkurini band etgan eski andozalardan, tor qoliplardan, o’z umrini yashab bo’lgan aqidalardan xalos etmay turib, yangi davr, tarixiy taraqqiyot bilan tabiiy ravishda qo’l ushlashib keladigan yangidan-yangi muammolarni hal etib bo’lmaydi.

Prezident I.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida mustaqil taraqqiyotimizga xavf solayotgan tashqi va ichki tahdidlar va ularning oldini olish yo’llari haqida batafsil fikr yuritib, ma'naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning ahamiyatiga alohida urg’u beradi: va “Biron-bir jamiyat ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay turib, o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”( Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqiyot y?lida. 6-jild. -T.: O’zbekiston, 1998. 125-bet.), - deya alohida ta'kidlagan edi.



Darhaqiqat, jamiyatni ma'naviy jihatdan yangilamay, kishilar tafakkurini o’zgartirmay turib, demokratik jamiyatni qurish, bozor iqtisodiyotiga o’tish, umuman hech qanday taraqqiyotga erishish mumkin emas. Zero, demokratik fuqarolik jamiyati yuksak ma'naviyat va keng ma'rifat tantana qilgan jamiyatdir.



Yüklə 26,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin