Abdulla Qodiriy (1894 1938) reja



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/3
tarix01.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#105564
  1   2   3
Abdulla Qodiriy

Abdulla Qodiriy (1894 - 1938)

REJA:

  • Abdulla Qodiriy (1894 - 1938)

Hayot va ijod yo`li.

  • 1894- yil 10- aprelida Toshkent shahrida bobon oilasida dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy o`z davrining maktab va madrasalarida o`qiganligi, ilmga chanqoqligi va ulkan iste'dodi tufayli zamonasining eng bilimdon kishilaridan biriga aylandi.
  • Oiladagi yo`qchilik tufayli mahalladagi maktabga kechikibroq borgan Abdulla ikki-uch yil ichida tuzukkina savodxon bo`ldi.

Bo`lajak yozuvchi rus-tuzum maktabini tugatib, tirikchilik ko`yida yurgan kezlarida Rasulmuhammad otliq savdogar boy qo`lida ishboshqaruvchilik qildi. Savdogar insofli, ochiq fikrli, oydin kishilarni hurmatlaydigan boylardan edi. Abdulla uning do`konlarida ishlab yurib, zamonasining bir qator ilor fikrli kishilari bilan tanishdi, suhbatlar qurdi. 1914- yilda boyning Rahbaroy ismli qiziga uylanib. Nafiza, Habibulla, Adiba, Anisa, Ma'sud kabi farzandlar ko`rdi.

  • Bo`lajak yozuvchi rus-tuzum maktabini tugatib, tirikchilik ko`yida yurgan kezlarida Rasulmuhammad otliq savdogar boy qo`lida ishboshqaruvchilik qildi. Savdogar insofli, ochiq fikrli, oydin kishilarni hurmatlaydigan boylardan edi. Abdulla uning do`konlarida ishlab yurib, zamonasining bir qator ilor fikrli kishilari bilan tanishdi, suhbatlar qurdi. 1914- yilda boyning Rahbaroy ismli qiziga uylanib. Nafiza, Habibulla, Adiba, Anisa, Ma'sud kabi farzandlar ko`rdi.

Qodiriyning ijodiy faoliyati

  • "Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadiron gazetalarni o`qib, dunyoda gazeta degan gap borliiga imon keltirdim. 1913- yilda o`zbckcha "Sadoyi Turkiston", "Samarqand", "Oina" gazetalari chiqa boshlagach, menda shularga gap yozib yurish fikri uyondi" — deb yozadi adib keyinchalik. "Sadoyi Turkiston" gazetasining 1914- yil 1- aprcl sonida Abdulla Qodiriy deb imzo chekilgan "Yangi masjid va maktab" sarlavhali xabar bosilgan. Qodiriy yozuvchilik faoliyatiga birinchi qadamni shu tarzda qo`ygan. Oradan ko`p o`tmay, "Millatimga", "Ahvolimiz" she'rlari, "Baxtsiz kuyov" dramasi, "Juvonboz" hikoyasi chiqdi. Jadidchilik oyalari bilan suorilib, jamiyat azolarini dan puxta bo`Imasa-da, zamoni uchun dolzarb edi. Yosh yozuvchi bu asarlarida davrning muhim masalalarini kowtaradi, millatning ahvolini yaxshilashni astoydil istashini ko`rsatadi. Lekin niyat bilan badiiy ifodaning orasida haligancha masofa bor edi. Qodiriy ilk asarlarida fikrlarini ochiq aytish, oyani yalanoch ifodalash yo`lidan bordi.
  • Har qanday ishda bo`lgani singari asarlarini yozishga ham oyat puxta tayyorgarlik ko`radigan yozuvchi 1917 — 1918- yillardan boshlab asosiy asari bo`lmish "O`tkan kunlar" romani uchun material yiishga kirishdi. U xalqning hayoti, ahvoli-ruhiyasini yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. o`zbekning qanday xalq ekanligini ko`rsatib beradigan katta hajmli asarga ulkan ehtiyoj borligini sezardi. Adib rornanni 1919- yildan yoza boshladi. 1922-yilda birinchi o`zbek romanining dastlabki boblari "Inqilob" jurnalida chop etildi. 1925- yilda romanning bo`limlari alohida-alohida uch kitob tarzida, 1926- yilda esa "o`tkan kunlar" yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi. 1928- yilda adibning ikkinchi romani "Mehrobdan chayon" nashr etildi. 1934- yilda kolxozlashtirish tufayli o`zbeklar hayotida ro`y bergan o`zgarishlarni aks ettiradigan ‘‘Obid ketmon" qissasini yozdi.
  • Bulardan tashqari, adib necha o`nlab publitsistik maqolalar, badiiy saviyasi baland hikoyalar ham yaratdi. Qodiriy "Amir Umarxonning kanizagi" “Namoz o`ri” "Dahshat" singari romanlar yozmoqchi bo`lib, materiallar to`plagani haqida ma’lumotlar bor. Ammo qonsiragan sho`rolar tuzumi adibning bu rejalari amalga oshuviga qoy’madi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin