O`z asarlari bilan nafaqat O`zbekiston, balki butun Turkiston xalqlari ma'naviyati ravnaqiga hissa qo`shgan adibni 1937-yilning 31-dekabrida yangi yil kechasi ikkinchi bor olib ketishdi. Bu davrda Stalin boshqarib turgan qataon mashinasi shitob bilan ishlar va uning yaxshi yurmoi uchun yangidan-yangi qurbonlar zarur edi. Adolatning ko`chasidan ham o`tmagan hukumatning uchlik sudi 1938- yilning 5- oktabrida XX asr o`zbek nasrining eng yirik vakilini, asrimizdagi o`zbeklarning eng fidoyilaridan birini o`limga hukm qildi. Dahshatli jihati shundaki, hukm 4- oktabrda, ya'ni hukm chiqishidan bir kun oldin ijro etilgan edi. Qotillar o`zbekning chin iste'dodlarini yo`qotishga shoshilishgandi.