Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
105
Va yo mulku johig‘a qilmoq nazar, 
Aning ko‘ngliga mutlaq etmay guzar. 
Qachon qilsalar kin iki narra sher, 
Yaqinkim, bo‘lur navjuvonroq daler. 
Qachon kin chog‘i bo‘lg‘ay andeshasi 
Ki, ko‘prakdurur xasmning peshasi. 
Iki ajdaho bo‘lsalar kinasanj, 
Tafovut ne, ko‘prak esa yerda ganj. 
Tengizda balig‘ bo‘lsa haddin ulug‘, 
Nahang o‘lmas osebidin qayg‘ulug‘. 
Skandargakim yovar aflok edi, 
Bisot ichra har kun tarabnok edi 
Ki, Doro qoshidin yetishti rasul, 
Aning ostonig‘a qildi nuzul. 
Parastandalardin chu bor istadi, 
Ani ollig‘a shahriyor istadi. 
Qadam urg‘och-o‘q ko‘rdi chun shohni, 
Supurdi yuzi birla dargohni. 
Parastandaliq rasmi chun soz etib, 
So‘ziga duoni sarog‘oz etib. 
Duoeki, bo‘lg‘ay sazovor anga, 
Julus amri aylab jahondor anga. 
Chu o‘lturdi qosid tikib yerga ko‘z, 
Ne yoro anga surmayin derga so‘zg‘ 
Skandar shukuhi qilib lol ani, 
Qayu lolkim, dangu behol ani. 
Qilib shoh andin bu ma’nini fahm 
Ki, farru shukuhi anga soldi vahm. 
So‘z aytib, aning sori solmay ko‘zin, 
Anga tegrukim, topti qosid o‘zin. 
Ko‘ngul bosqonin chunki fahm etti shoh, 
Savol etti shohona aylab nigoh 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
106
Ki: «Doro shahi komron xushmudurg‘ 
Anga mulk oyini dilkashmudurg‘» 
Qo‘pub, yer o‘pub berdi qosid javob, 
Yana komkorona qildi xitob 
Ki: «Bu nav’ kelmakta komingni ayt, 
Nekim dedi Doro payomingni ayt!» 
Yana yer o‘pub qosidi rahxirom, 
Dedi: «K-ey shahanshohi oliymaqom, 
Chu so‘rdung so‘zumni, erur noguzir 
Ki, bo‘lg‘aymen ollingda farmonpazir. 
Hamono burunroq malik Faylaqus 
Ki, Rum andin o‘lmish edi nav’arus, 
Qilib erdi ming bayza har yil qabul, 
Zari mag‘ribiydin toparg‘a vusul. 
Bo‘lub ermish uch yilki ul komyob, 
Bo‘lubtur bihisht ichra oromyob. 
Bu uch yilg‘i taqsim topqon xiroj 
Ki, andin edi do‘stluqqa rivoj. 
Magar shoh devonig‘a ketmamish, 
Yetar maxzan ichra magar yetmamish. 
Mening kelganimdin bu erdi murod 
Ki, gar lutf etib shohi oliynajod, 
Ani bersa, aylab hisob, eltayin, 
Yo‘q ersa, ne aytur javob – eltayin». 
Skandarga keldi bu so‘z bas qatig‘, 
g‘azab zahridin komi bo‘ldi achig‘. 
Yuzi rangi ko‘rguzdi o‘tdin nishon, 
Bo‘lurg‘a jahon ichra otashfishon. 
Yana lahzae boshin aylab quyi, 
Hamul o‘t uza urdi hikmat suyi 
Ki, ifroti hilmu kamoli xirad, 
g‘azab xayli andeshasin qildi rad. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin