Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
101
G‘arib ishlaridinki yo‘q anga had
Biri erdi ya’juj ollig‘a sad. 
Masohat qilib borcha ofoqni, 
Ne ofoqkim, charxi nuh toqni. 
Chu qildi masohat masolik aro, 
Yig‘och etti ta’yin mamolik aro
14

Tanobeki, massoh qildi quloch
Qilib o‘n iki ming qari bir yig‘och
15

Aning sa’yidin topti bori sabil 
Nishone qachon bir yig‘och o‘lsa mil
16

Manozilda tarhi rabot ayladi 
Ki, andin musofir nishon ayladi. 
Chu ma’murani tuzdi qilmay darang, 
Tengiz mayli qildi, nechukkim nahang. 
Su uzra surub benihoyat kema, 
Solib anda bori keraklik nima. 
Necha yil suv uzra xirom ayladi, 
Jazoyirda gohi maqom ayladi. 
Haq ehsonidin bahri zoxir aro, 
Bilodikim erdi jazoyir aro. 
Borin fath qildi suv uzra yurub
Birin chun olib, ilgarirak surub. 
Chu yer qolmadi olmog‘on suda ham, 
Bu ishlar bila bo‘lmay osuda ham. 
Su mavji kibi iztirob ayladi, 
Muhit o‘rtasig‘a shitob ayladi. 
Chu bo‘ldi yeri nuqtagohi Muhit
Quyi suvu ustun sipehri basit. 
Qilib suv tubin ko‘rmak andishae, 
Hamul hikmat ahli yasab shishae. 
Kirib shishag‘a ranju tashvir ila, 
Aning og‘zini berkitib qir ila, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
102
Tanobeki, bo‘lg‘ay necha ming qari, 
Yeshilgan, kelur chog‘da daryo sari. 
Bir uchin qilib shisha davrig‘a rust, 
Yana bir uchin tutturub elga chust. 
Bu yanglig‘ qilib cho‘kti daryo quyi, 
Ani qa’rig‘a chekti daryo suyi. 
G‘aroyibki daryoda bo‘lg‘ay nihon. 
Anga zohir o‘ldi jahon dar jahon. 
Alardin ravo aylabon komini, 
Kema ichra qo‘ydi yana gomini. 
Va lekin bu so‘zda erur ixtilof
Yerida demakdin emasmen maof. 
Yana azm qildi qurug‘luqqa bot, 
Chiqib ayladi azmi obi hayot. 
Qoronquda aylab yorug‘luq talab, 
Ani topmayin qoytti xushklab. 
Qurug‘luq aro Xizr o‘lub rahbari, 
Tengiz ichra Ilyos edi yovari. 
Bu ishlar qilibkim, kishi qilmayin, 
Kishidin bu nav’ ishlar aytilmayin. 
Valoyat qilib Tengridin multamas, 
Nubuvvatqa dog‘i topib dastras. 
Bo‘lub oncha davlat muyassar anga
Yana oncha kishvar musaxxar anga 
Ki, sabtig‘a yo‘nsa kishi xomae, 
Keraktur raqam topsa «Shahnoma»e. 
Va lekin bu daftarda gunjoyishi, 
Yemas siqqudek borcha oroyishi. 
Zaruratdin alqissa har hol ila
Aning qissasin surdum ijmol ila. 
Ado bo‘ldi har bayt aro daftare, 
Har uy ichra qildim nihon kishvare. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin