XXII
HIKMAT
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, adolat natijasi ne nav’ ishlar bo‘la olg‘aykim, ul natija
umidiga kishi ul yo‘lg‘a qadam solg‘ay va Arastug‘a jahonkushoyliq tili ochilmoq va adl natijasi
jahongirlik erkinin sobit qilmoq va odilg‘a ul jahon saodati ham topilmoq
Yana shoh Arastug‘a qildi xitob
«Ki, ey donishoyinu hikmatmaob!
Shahekim erur adlning jozimi,
Ne ishlar ekin adlning lozimig‘»
Dedi: «Shahki adl o‘lsa oyin anga,
Musaxxardurur dunyoyu din anga.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
96
Bu olamda bo‘lmog‘liq ofoqgir,
Yana olam ahlida jannatsarir.
Bu olam olurni burun sharh etay,
Yana o‘zga olamg‘a dog‘i yetay.
Shahekim anga adl bunyod o‘lur,
Natija bukim, mulki obod o‘lur.
Chu mulk o‘ldi obodu xalqi g‘ani,
Yaqindurki, ma’mur o‘lur maxzani.
Chu maxzanni bu nav’ ma’mur etar,
Sipohig‘a beshak mavojib yetar.
Sipohi qachon shahg‘a tolib kelur,
Adusig‘a, shak yo‘qki, g‘olib kelur.
Qachon bir adusini past ayladi,
Aning mulkini zerdast ayladi.
Iki mulk afzun qilur quvvatin,
Yana xasmining sindurur shavkatin.
Bu tartib ila chunki tarhin solur,
Ajab yo‘q, agar dahr mulkin olur.
Yana ulki chun adli zohirdurur,
Bori qavm ila xayli shokirdurur.
Sipohiysi gar tig‘ urar beadad,
Raiyat duo birla aylar madad.
Qachon qildi ming xasmi kinxoh o‘qi,
Yarim kecha qilg‘oncha bir oh o‘qi.
Yana ulki chun adl bo‘lmish fani,
Adu xayli dog‘i tilarlar ani.
Raoyosi tunlar ilik ochibon,
Sipohiysi borib anga qochibon.
Birov topsa bir ishga muncha sabab,
Jahongir bo‘lmog‘lig‘i ne ajabg‘
Bu bir muddao chunki topti vuqu’,
Yana birga emdi qiloyin shuru’.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |