Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
91
Yana bir bukim aylab o‘zni safih, 
Haq axloqig‘a xulqi qolmas shabih. 
Yana buki elga solib iztirob, 
Qilur zulmi obodlarni xarob. 
Yana ulki, chun zulme mavjud o‘lur, 
Bori xalq ko‘ngliga mardud o‘lur. 
Ne mardudluqkim, bo‘lur el ishi – 
Tunu kun aning jonining qarg‘ishi. 
Ne damkim urar xalq nuqsonig‘a, 
Qilur tez do‘zax o‘tin jonig‘a. 
Ulus dushmani desa bo‘lmas ani 
Ki, bor ul haqiqatda o‘z dushmani. 
Necha zulmkim elga zolim qilur, 
O‘z-o‘ziga ko‘prak qilur – Haq bilur. 
Ne zolimki, bir kimsaga zulm etar, 
Iki foida zulmkashga yetar. 
Bir ulkim, qiyomat kuni ajri bor, 
Angakim bu zulm aylamish, zajri bor. 
Yana buki, mazlum erur ot anga, 
Kishi aylamas zulm isbot anga. 
Vale kimsakim zulm anga komdur, 
Bu olamda mardudu badnomdur. 
Makon chun qilur o‘zga olam sori, 
O‘tar betavaqquf jahannam sori. 
Qayu shohkim adldin fard erur, 
Ham o‘z jonig‘a zulmidin dard erur. 
Kivursa o‘zin odil el sonig‘a, 
Ne zulm elga aylar, ne o‘z jonig‘a. 
Agar bilsa shah adl etar hirfasin, 
Nechuk bergay o‘z ilgidin sirfasin. 
Necha sirfadin shah keraktur yiroq, 
Bu yerda vale sirfasi yaxshiroq. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
92
Shahekim, anga adl bo‘lg‘ay qiliq, 
Yerur aylasa sirfa besirfaliq. 
XXI
Mahmud hikoyatikim, ajal og‘ir uyqusig‘a borg‘ondin so‘ngra Mas’udning tushiga kirdi va adolat 
aynin paydo qilur uchun anga pandlar berdi va nasihat zilolidin aning yuziga bir suv urdikim, ani 
g‘aflatuyqisidin seskandurdi 
Yeshittimki, Mahmudi
1
g‘oziyg‘a dahr 
Chu jomi hayot ichra hal qildi zahr. 
Qilib «irjii» nag‘masin istimo’, 
Ruju’ etti olamg‘a aylab vido’. 
Jahondin uzar chog‘da payvandini 
Valiahd etib erdi farzandini. 
Chu ul ayladi tarki dori fano, 
Firoqida o‘g‘lig‘a erdi ano. 
Hamono laqab erdi Mas’ud anga, 
Kirib tushga bir kecha Mahmud anga, 
O‘g‘ulg‘a ajab nav’ qildi zuhur, 
Boshidin-ayog‘ig‘acha g‘arqi nur. 
Bo‘lub turfa bog‘e aning maskani, 
Dema bog‘kim, ravzaning gulshani. 
Damo-dam fuzunroq nishoti aning, 
Oshib har zamon inbisoti aning. 
Zumurraddin ollida havzeki, aql 
Kelib ojiz avsofin aylarda naql. 
Mudavvar kelib charxi axzar kibi, 
Suvi lavnu ta’m ichra kavsar kibi. 
Qirog‘ida ul havzning bir daraxt, 
Solib shoh uza soya andoqki baxt. 
Qilib past tubo qadin poyasi, 
Hamul ravza sahnin tutub soyasi. 
Yana ravzaning sabzasi za’faron, 
Isi xastalar jismidin za’fron. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin