Международный научный журнал № 12(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июля , 2023
176
ALISHER NAVOIYNING «HAYRAT UL-ABROR» DOSTONIDAGI 10-MAQOLAT TAHLILI
(TO'G'RILIK VA EGRILIK TO'G'RISIDA)
Tovboyeva Gavhar
Oʻzbekiston-Finlandiya
Pedagogika instituti talabasi
Gulbahor Raximova
Oʻzbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti dotsenti
Besh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she'r.
Temur tig'i etmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Annotasiya:
Ushbu maqola buyuk bobokalonimiz, soʻz mulkining sultoni Mir Alisher
Navoiyning behisob meroslaridan biri boʻlgan "Xamsa" asarining birinchi dostoni «Hayrat
ul-abror», ya'ni «Yaxshi kishilarning hayratlanishi» ning birgina toʻgʻrilik va egrilik haqidagi
10-maqolatiga bagʻishlangan. Unda toʻgʻrilikning foydali tomonlari va "Sher bilan durroj"
hikoyatidagi sher va durroj shaxsiyati tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar:
Xamsa,«Hayrat ul-abror», maqolam, iymon, toʻgʻrilik, egrilik, yoʻl, sham,
bogʻbon, xato, sher, durroj
Shunday insonlar borki ular hech qachon oʻlmaydi. Ular uchun jismoniy oʻlim
ahamiyatga ega emas. Ular hayotlik chogʻida abadiylik binosini bunyod etgan. Oʻz ijodlari
ichida yashaydi, qalbdan qalbga sayohat qiladi. Ular uchun na masofa , na vaqtning oʻlchovi
bor. Quyosh insonni jismonan sogʻlom etsa, ular hadya etgan iliqlik koʻngillarni ma'nan
yuksaltiradi. Bunday insonlar hayot yoʻlini oʻrganish, ulardan oʻrnak olish har birimiz uchun
ham farz, ham qarzdir. Mana shunday insonlardan biri soʻz mulkining sultoni Alisher
Navoiydir. Uning ijod ummonidan bir tomchisini qarab oʻtamiz. Navoiyning «Xamsa»
asariga kirgan birinchi doston «Hayrat ul-abror», ya'ni «Yaxshi kishilarning hayratlanishi»
deb nomlanadi. Mazkur doston 63 bob, 20 ta maqolatdan tashkil topgan. Har bir maqolat
bir mavzuga bag'ishlangan bo'lib, shoir, avvalo, o'quvchini bu mavzu bilan tanishtiradi.
So'ngra o'sha mavzuga munosabat bildirib, uni har jihatdan tasvirlaydi. O'quvchining
tasavvurlari aniq bo'lishi uchun juda ko'p qiyoslar, obrazli o'xshatmalar keltiradi va eng
so'ngida mavzuga mutanosib ibratli hikoyat bayon qiladi. Biz ko'rib o'tmoqchi bo'lgan
o'ninchi maqolat ham xuddi shunday qurilishga ega. Dostonning bu maqolati rostlik,
to'g'rilik tushunchalariga bag'ishlangan.
Bobomiz har bir inson o'ziga to'g'rilikni odat qilmog'i haqida so'z yuritarkan, turli
narsa va hodisalarning, kundalik turmushda ishlatadigan juda ko'p buyum va jihozlarning
to'g'ri va egri xususiyatlarini solishtiradi. Masalan, biron manzilga bormoqchi bo'lsangiz,
Международный научный журнал № 12(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июля , 2023
177
o'sha yerga eltuvchi to'g'ri yo'l bo'lsa-yu, Siz aylanma yo'ldan yursangiz, albatta manzilga
kechroq yetasiz. Sham o'zi to'g'ri bo'lgani holda, uni tikka qo'yib yondirasiz. Atrofga shu'la
sochib, kishilarga uzoq vaqt yorug'lik beradi. Shuning uchun ham u kerakli narsa sifatida
e'zozlanadi, ehtiyot qilinadi. Shu'laga intilgan parvona - maydagina kapalak uning atrofida
aylanib, egri harakatlar qilgani uchun o'sha shu'laga urilib yonib ketadi. Yoki rubob, dutor,
tor kabi cholg'ularga e'tibor qiIsangiz, cholg'uchiIar torlardan yoqimli kuylar chiqarish
uchun sozlab olishadi. Ya'ni torni tarang tortishadi. Tor egri holatda tursa, cholg'u
sozlanmagan bo'ladi, demak unda kuyni yaxshi ijro etib bo'lmaydi. Shoir bu qiyos orqali
odamlar to'g'ri yurib, to'g'ri ish tutsalar, o'zgalarga ham, o'zlariga ham foyda keltiradiIar;
ulardan manfaat ko'rgan kishilarning hurmatini qozonadilar; qayerda bo'lmasin, izzat
ko'radilar, deydi. Aksincha, to'g'ri ish yuritmay, biror yomon g'araz bilan har xiI aylanma,
egri harakatlar qilsalar, ularning holi voy, xuddi parvonadek kuyib-yonib qoladilar. Egrilik
borib-borib har xiI yomon illatlarga yetaklaydi. Fikri egri bo'lgan, Xudodan, qonundan
qo'rqmaydigan odam hamma ishni o'zim xohlaganimcha qilaverishim mumkin, deb
hisoblaydi. Birovlarning narsasiga, mol-mulkiga ko'z tikadi, oʻgʻrilikdan hayiqmaydi.
Koʻpgina davlatlarda qadim zamonlardanoq qo'li egri, o'g'ri odamlarni qo'lini kesib,
jazolashgan. Navoiy bobomiz yashagan davrda ham shunday tartib hukmron bo'lgan. Shoir
dostonda ana shu jazo usulini nazarda tutib, qo'li egri odamlarni xalq qo'lini kesib
"to'g'rilaydi" , deydi. Kimki to'g'rilik yo'li qanday ekanligini bilmoqchi bo'lsa, bu yo'l ikki xil
bo'ladi, deb aytadi. Birinchisi, to'g'ri so'z odam. Agar u to'g'ri so'zli bo'lsa, uning ishi, o'zi
ham to'g'ri bo'lishi kerak. Ikkinchi toifa kishilar andisha bilan, betgachoparlik qila olmay,
«to'g'ri» deguvchilardir. Navoiy birinchi toifani to'liq ma' qullagan holda, ikkinchisi ham
«yomon emas» deya inkor qilmaydi. Chunki bunday kishilar asli egri maqsadlilar emas. Ular
yaxshilik ko'zlab, murosa-madora ma'nosida, azbaroyi ezgu niyatda yolg'onni «to'g'ri»
deydilar. Albatta, iloji boricha yolg'onni gapirmagan ma'qul. Ammo sharoit majbur etsa,
toza ko'ngilda ish bitmog'i uchun yolg'onni tasdiqlash ayb emas. Shu o'rinda shoir o'z
zamonasidan biroz noliydi. Odamlar rostgo'ylikdan chekinayotgani, yolg'on-yashiq kuchayib
ketayotganidan xavfsiraydi. Xudoning buyurgan amallari, to'g'ri deb bandalariga ko'rsatgan
yo'riqlarini noto'g'ri tushunuvchilar bor. Xato gapirishga oʻrgangan odam noto'g'ri fikrni
to'g'ri deb qabul qiladi. Shundanmi, shoir o'z atrofini qamragan odamlardan to'g'ri, rost
gapirgani qashshoqlik, yetishmovchilikdan boshqa narsani bilmaydi, deydi. Barchajamoa
istagi egrilik bo'lsa, sen o'z haqligingni isbotlashga har qancha urinma, baribir hech narsa
qilolmaysan hamda ularga yoqmaysan. Zero, egrilikning ham, to'g'rilikning ham o'z ta'rifi
bor. Egrilik yolg'ondan paydo bo'ladi, to'g'rilik haqiqatdan. Demak, muallif, yolg'on so'zlash,
yolg'on harakat qilish egrilikka olib keladi, deb hisoblaydi. So'zining isboti uchun bog'bon va
dehqonning ishini misol keltiradi. Bog'bon yaratajak bog'ini reja bo'yicha, ya'ni daraxtlarni
bir tartibda ekib, parvarish qilmasa, har yerda tarvaqaylab, qiyshiq-qing'ir o'sgan daraxtlar
bog'ni changalzorga aylantiradi. Dehqon esa urug' sochadigan yerini shudgor qilib, so'ng
mola bosmasa, ya'ni tekis qilib olmasa, sochgan urug'i bir xilda unib chiqmaydi. Chunki
notekis yerda ekinlar bir xil sug'orilmaydi. Ba'zi joylarga suv ko'proq tushadi, ba'zijoylarga
Международный научный журнал № 12(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июля , 2023
178
esa kamroq. Xuddi quyosh ham sokin turgan suvda to'g'ri va to'la aks etsa, chayqalgan
suvda nurlar sinib egri ko'ringandek. Demak, hamma tirikjonzot batartiblikdan, reja va
to'g'ri parvarishdan quvvat olsa, nega insonlar shulardan o'rnak olmaydi?! Yolg'on gapiradi
va egri yuradi. Agar bilmagan holda yolg'on so'zlansa, so'ng bilgach, undan qochilsa, buni
ayb deb bo'lmaydi. Chunki o'sha odam baribir to'g'ri yo'lga tushib oladi-da. Bu bilan hazrat
Navoiy inson hayotda adashishi, chalg'ib qolishi mumkin; lekin vaqti bilan o'z xatosini
anglasa va bundan afsuslanib, uni tuzatishga urinsa, u holat kechiriladi, deb tushuntiradi.
Ammo yolg'on gapirish odatga aylangan bo'lsa, mana bu yomon, kechirilmaydigan gunoh.
Musulmon odam, mard kishi hech qachon yolg'on so'zlamaydi. Yolg'on so'zlaydigan
odamni musulmon demaydilar. Yolg'onchining gapi hech qachon e'tibor topmaydi. Agar u
xalqni yolg'on gaplari bilan aldab yurgan bo'lsa ham, Xudoni aldolmaydi-ku! Navoiy bunda
«Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi» degan xalq maqoliga monand fila aytadi. Ya'ni: -
" yolg'onni xaloyiq ko'zidan qancha yashiIfuasinlar, maxfiy saqlashga urinmasinlar, bari bir
oxirida yolg'on o'zini ma'lum qiladi" .
Agar majbur bo'lib qolganingda ham rost gapni aytish iloji bo'lmasa, yolg'onni ham
gapirma, deydi. Shu tariqa yolg'onning kishilar tabiatidagi yaramas va badbin illatligini,
uning oqibatlarini qator qiyos-u o'xshatishlar bilan qoralab kelib, muallif, asar badiiy
qurilmasiga ko'ra bu o'rinda ham majoziy bir hikoyatga murojaat qiladi. Ya'ni "Sher bilan
durroj" haqidagi ramziy rivoyatni keltirib, o'z tikrlarini yanada ta'sirliroq bo'lishiga erishadi.
Alisher Navoiy aynan sher va obrazi orqali majoziy ma'nolarni ifodalashni o'z oldiga
maqsad qilib qo'ygani albatta hech birmizga sir emas . Biroq ushbu hayvonlarning aksida
esa butun insoniyatning nuqsoni ifodalanishi bejiz emas . Majoz orqali insonning
xarakterini tasvirlash kabi g'oyalar Navoiy ijodidan ham o'rin egallagan .
( Ey durroj ! ) Mening senga hech qasdim , dushmanligim yo'q . Xotirjam bo'lib , meni
o'zingga ishonchli do'st deb bil . Qo'rqishni yig'ishtir , hamdamim , sirdoshim bo'l ; aysh va
xursandlik vaqtida birga kuylashadiganim bo'l . Men ham sening kuylaringni eshitib , shod
bo'lay ; nag malaring bilan qayg'udan ozod boay Shart shuki , senga bir ziyon yetsa , falak
seni hiyla bilan bandga solsa , marhama qo'lini senga yordam uchun cho'zay , bosh panjam
bilan dushmanni yerga barobo Sadoqat masalasida o'zimni ko'rsatib , seni dushman
tuzog'idan xat .
Bunda sher obrazi ko'rinishdan vahshiy va yirtqich bo'lib ko'rinsada , aslida u samimiy
birovga yomonlikni aslo ravo ko'rmaydigan bir jonzot hisoblanadi . Biroq butun hayvonlar
undan hadiksirab , qo'rqib yashar , doimo undan qochishga urinishardi . Bu zot esa hech
kim kutmagan bir ishni amalga oshirdi . U qo'rqib parvoz qilib yurgan qushga qarab , sen
bilan do'st bo'lishni , sening kuyingdan har doim baxramandlikni , ham yomon , ham yaxshi
kunimda yonimda bo'lishingni , sirdoshim , hamrohim bo'lib qolishni istashini aytib qoladi .
Shu bilan birgalikda mabodo durrojning boshiga musibat tushsa , uni qutqarishga tayyor
sadoqatli bir do'st ekanligini isbotlamoqchi bo'ladi . Bundan tashqari sadoqat deya
ataluvchi tuyg'uni va xislatni shu yo'lda ishlatishini aytib o'tadi . Sultonning tepasida humo
Международный научный журнал № 12(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июля , 2023
179
qushi aylanganday , sher boshida durroj aylanib parvoz qilardi . Sher uning sayrashini
eshitib , kuyida yolg'on borligini fahm qilib , der edi :
- Yolg'on gapirma , yomon boʻladi . To'g'ri odamlar oldida yolg'on qoralanadi. Durroj
pandni eshitmas , o'zi bilan o'zi mast , ataylab fig'onini hech pasaytirmas edi . Bir kun bir
ovchi uni tutish uchun o'z tuzog'ini yoygan edi , u don bilan suvni ko'rib , uning oldiga
borgach , ovchi uning ustiga tuzoqni tortdi . Tuzoqda u baxtsiz qichqirib , bir necha bor : «
Dod , meni tutdilar ! » - dedi . Bu so'z sher qulog'iga eshitildi , lekin uning bu ashulasini har
galgidek yolg'on deb o'yladi . Bunaqa yolg'onlarni u ko'p eshitgani uchun ( durrojning ) chin
qichqirig'ini ham yolg'on deb gumon qildi . U qancha rostakamiga qichqirmasin , rostini
ham yolg'on deb hisobladi . Uni qutqarish uchun iltifot ko'rsatmadi , natijada uning hayoti
qirqildi .
Yuqorida keltirilgan parcha Durrojning yolg'on ishlatib , sherni sinamoqchi bo'lgani ,
sher unga bir necha bor ogohlantirish bergan bo'lsada, qush unga parvo qilmaydi , o'z
bilganidan qolmay manmanlik , takabburlik ila yolg'on ishlatadi . Uning yolg'onlari axiyri
uning boshiga yetib , ya'ni uni ayanchli taqdir sari olib boradi . U nogahon ovchi qo'ygan
tuzoqqa tushib , butun vujudi ila kuylab nola tortsada , sher uning ovozini eshitib , yana
yolg'on ishlatayotgandir deb o'ylaydi va uning qichqrib dod solishiga parvo qilmaydi .
Natijada o'zining yolg'on qilmishlari uni hayotiga nuqta qo'yadi . U
o'zining o'ylamay qilgan ishining oqibati yomonlikka olib kelishini o'ylamagan edi . Har
bir yolg'onchilikning mana shunday oqibatlari borligini shoirimiz o'z hikoyatlarida tasvirlab ,
insonlarni to'g'riso'zlikka chaqiradilar . Kimki beixtiyor rost gapirsa , yolg'on gapirsa ham ,
xalq uni rost deydi . So'zda , Navoiy , nima desang ham rostini gapir ; rostni kuylagan
ohanglarga tahsin ayt .
Albatta yolg'onchilik qilib o'z umriga zomin bo'lgan Durroj qismatini Navoiy zo'r
majoziy obrazlar orqali talqin qilgan . Shoir rostgo'ylikni , halolllikni , mehnatsevarlikni ham
qadrlab , bunday xislatlarni o'z asarlarida mohirona tasvirlab beradi . Durroj obrazi orqali
Navoiy o'sha davrdagi yolg'onchi , muttaham , kazzob , takabbur va manman insonlarni
ochishga harakat qilib , insonlar tomonidan aytilgan har bir rost va yolg'on so'zlarini xalq
birdek qabul qilishligini ham uqtirib ketadi . Ularning yolg'on ishlarining oxiri mana shunday
yakun topishiga ishora qilib , insonlarni tog'ri yo'lga boshlashga chaqiradi . Yolg'onchilar
hech qachon va hech qayerda obro ' topa olmaydi . Ularni xalq qoralab , nafrat bilan tilga
oladi . Navoiy hazratlari har qanday holatda ham rost gapirishlikka chorlab , rostgo'ylik bu
insonning ziynati ekanligini ham ta'kidlab o'tganlar . Navoiy asarlarining tarbiyaviy
ahamiyati shundaki , unda insonning illatlari qoralanib , uning o'rnida ezgulik doimo
g'olibligi tan olinadi . Yoshlarni tarbiyalashda bunday hikoyalar o'rni benihoya cheksizdir .
Chunki Navoiy o'gitlari va undagi chuqur ma'no butun insoniyat olamini yomonlik
dunyosidan ogoh qiluvchi nasihat maktabi va ibrat namunasi bo'lib qoladi .
Международный научный журнал № 12(100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июля , 2023
180
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Rahimova G. Ona tili va adabiyot (Bolalar adabiyoti). – Samarqand: SamDU nashri.
2022. – 303 b.
2. Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) www. ziyo.uz kutubxonasi 3.
https://tafakkur.net/sher-va-durroj/alisher-navoiy.uz 4.civil.uz.kutubxona
Dostları ilə paylaş: |