www.ziyouz.com
kutubxonasi
67
Ki, Dorog‘a berdi qizin shohi Rum,
Yasab zeb ila, o‘ylakim naxli mum.
Bir ish bo‘ldikim, bemadoro ani,
Atosig‘a qaytardi Doro ani.
Hamonoki sur aylagan tun – sahob
Sadafqa to‘kub erdi durri xushob.
Chu vaqt o‘ldi, fosh ayladi ul sadaf,
Durekim, jahon topti andin sharaf.
Yana bo‘yla so‘z dog‘i mazkur erur
Ki, «Ta’rixi furs» ichra mastur erur.
Ki, olamda iki Skandar emish
Ki, ikisi davronda dovar emish.
Biri ulki, Doro bila qildi razm,
Biri buki, sad bog‘layu etti azm.
Va lekin bu fursatki donoyi dahr,
7
Berur erdi bu qissadin elga bahr.
Ki, jomi safo urdi elga salo
Ki, Jomiyg‘a yetkurmasun Haq balo.
Skandar ishi erdi manzum anga,
Bori holati erdi ma’lum anga.
Manga ham chu mashg‘ulluq bu edi,
Tavorix ollimda o‘tru edi.
Bu yerda meni chunki ajz etti lol,
O‘pub yerni, donodin ettim savol.
Skandarga iki ekanni adad,
Chu ollinda tahqiq edi, qildi rad:
«Ul ishlar, – dedi, – birga voqe’durur,
Guvohi aning nassi qote’durur»
8
.
Aningdekki aslin Nizomiy dedi,
Hamul nav’ farzona Jomiy dedi
Kim, ul Faylaqus o‘g‘li ermish yaqin,
Yemas ahli ta’rix tardidi chin.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
68
Qilindi chu tahqiq tadqiq ila.
Qilay emdi tadqiq tahqiq ila.
Bu yanglig‘ bayon etti ta’rixsanj
Ki, chun yovar o‘ldi saroyi sipanj.
Skandarni topti malik Faylaqus,
Yasab mulkin andoqki zebo arus.
Ochib baxshishu bazl abvobini,
Tuzatti base sur asbobini.
Mulukona tartibu oyin bila,
Yorutti ko‘zin ul jahonbin bila.
Qilib hifzig‘a kecha-kunduz qiyom,
Fuzunroq etib dam-badam ehtimom.
Berib parvarishqa munosib xo‘rish,
Munosib xo‘rishdin topib parvarish.
Ani asramay koxu ayvon aro,
Yasab yer ko‘ngul ichra, bal jon aro.
Nechukkim tengiz durri shohonasin,
Tengiz yo‘qki, kon la’li yakdonasin.
Anga tegrukim bo‘ldi lafzi durust,
Taallum ishi vojib o‘ldi naxust.
Naqumohis
9
ollinda dastur edi
Ki, hikmatqa olamda mashhur edi.
Sipehr avjig‘a fikri sur’atnamoy,
Falak sayridin royi mushkilkushoy.
Nazar chobukin chun qilib tezbin,
Bo‘lub noziri vajhi aynul-yaqin.
Kishi yo‘q bilik ichra monand anga,
Arastui farzona farzand anga.
Chu tadbir ila daf’i ofot etib,
Aning royidin shah mubohot etib.
Bori ilm aro, o‘yla sohib kamol
Ki, komil aningdek topilmoq mahol.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |