www.ziyouz.com
kutubxonasi
25
Azimat anga mundin ar qolsa kech,
Ne emgakki chektim, erur borcha hech.
Xususanki zanjirlar birla ham,
Agar cheksalar, yo‘lg‘a qo‘ymas qadam.
Nasihat mizojig‘a dargir yo‘q,
Kuchum yetmasu o‘zga tadbir yo‘q.
Yarim yo‘lda qolmoq erur mushkil ish,
Manga tushgan ish kimsaga tushmamish.
Bu dostonki surdum–kinoyatdurur,
g‘araz andin, ushbu hikoyatdurur
Ki, Haqdin ato chu manga bor edi,
Yana baxtu iqbol ham yor edi
Ki, chun «Xamsa» azmin durust ayladim,
Kamargohig‘a panja rust ayladim.
Yetishmay ko‘p ul ishta panjamg‘a ranj,
Nasib o‘ldi besh ganjidin to‘rt ganj.
Ne vasf aylayin, chunki har kim yetar,
Taammul agar qilsa, ma’lum etar.
Ki ganj, o‘yla yo‘qtur Faridung‘a ham.
Faridun demay, balki Qorung‘a
6
ham.
Va lekin beshinchida tab’i najand,
Necha kun bo‘lub lahvg‘a poyband.
Qadah durdig‘a qo‘l uzotibdurur,
Ayog‘i bu loy ichra botibdurur.
Ani tortmog‘liqni bu loydin,
Hamul bodai xotiroloydin.
Necha o‘z qoshimdin qilurmen xayol,
Xirad ul xayolimni aytur mahol.
Uyekim, vahaldin chekar yuz kishi,
Ani chekmak ermasdurur mo‘r ishi.
Bu ishdinki tab’im haroson erur,
Agar Tengri lutf etsa oson erur.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
26
Qachon cheksa oni inoyat qo‘li,
Ilayinda ochsa hidoyat yo‘li.
Talab yo‘lida tolpina, tirmana,
Ne dushvor manzilg‘a yetmak yanag‘
Chu Haqdin edi ul saodat manga,
Bu dushvor ish ichra jalodat manga.
Bu dam hamki, mushkilrak o‘lmish ishim,
Yerur Tengri ollinda-o‘q nolishim.
Agar lutfini aylasa yovarim,
Tilimni yozug‘larga uzrovarim.
Chekib borcha oludalig‘din ayoq,
Tutub bori behudalig‘din qiroq.
Nadomat ko‘zin ashknok aylabon,
Hamul suv bila g‘usli pok aylabon.
Solib ko‘ngluma so‘z demak niyatin,
Kiyib egnima dog‘i so‘z kisvatin.
Suxanvarlig‘ asbobini soz etib,
Duri nazm sochmog‘lig‘ og‘oz etib.
Tuzay nazm mulkida shohona bazm,
Hamul bazm sori qilay yona azm.
Bilik taxti uzra chiqib o‘lturay,
Xayol elchisin har taraf chopturay.
Namudori rasmi rayosat qilib,
Ibo aylaganga siyosat qilib.
Maoniy sipohini jon mulkidin,
Ne jon mulkidin, lomakon mulkidin,
Yasoq birla yetkurtayin favj-favj
Ki, tutsun cherik ne hazizu ne avj.
Yig‘ilg‘och sipah, tarki bazm aylayin,
Jahongirlik sori azm aylayin.
Solib tang‘a so‘z javshanu bagtarin,
Qo‘yub bosh uza pok nazm afsarin.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |