Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
23
rabbikallazi xalaq» xalqig‘a bosh induruldi va emdi isho niyatidin otil tab’ni g‘aflat uyqusig‘a 
borg‘oli qo‘ymayin
Kel, ey tole’i sa’du baxti baland 
Ki, sizdin bo‘lur odami arjumand. 
Angakim tushar qaysingiz soyasi, 
Quyoshdin biyikrak bo‘lur poyasi. 
Angakim yetar ikingizdin madad
1

Madadkori Haqdur azal to abad. 
Karam aylab iki qo‘lum qo‘ldangiz, 
So‘z iqlimi sori meni yo‘ldangiz. 
Bu vodiy aro Xizri
2
rohim bo‘lung, 
Qayon yuz ketursam panohim bo‘lung. 
Burundin chu ko‘rguzdunguz yorliq, 
Base yetti sizdin madadkorliq. 
Kichik erkanimdin bo‘lub qoshima, 
Ulug‘ muddao soldingiz boshima
3

Chu olimg‘a kelgan biyik tog‘ edi, 
Toshi itigu yo‘li bo‘rtog‘ edi. 
Bu bo‘rtog‘liq birla yuz pech anga, 
Chiqa olmag‘udek kishi hech anga. 
Chiqar yo‘lida to‘rt oromgoh
4

Beshinchisi maqsad biloishtiboh. 
Har oromgohida yuz nav’ ranj, 
Vale tutqach orom zimnida ganj. 
Anga chiqmoq o‘lmay kishining ishi, 
Magarkim chiqib bir, iki, uch kishi
5

Manga chunki sizdin madad bor edi, 
Ne sizdinki, Tengri madadkor edi. 
Chiqorg‘a chu qildim azimat durust
Qadam urdum ul aqba yo‘lig‘a chust. 
Qilay deb maqom ul falakvash sarir, 
Itik tosh ayog‘img‘a erdi harir. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
24
Qadam urmog‘im bemadoro bo‘lub 
Kim, ul xora yo‘lumda xoro bo‘lub. 
Qilib tang‘a osudalig‘ni harom, 
Hamul to‘rt manzilni qildim xirom. 
Yo‘lum ichra manzil chu bu to‘rt edi, 
Chiqorim biyik, o‘ylakim o‘rt edi. 
Solib chun biyik yo‘lg‘a chiqmoqqa xez, 
Makon tay qilib, o‘t kibi garmu tez. 
Ne manzilg‘a yetguncha gar ranj o‘lub, 
Vale bahra manzilda bir ganj o‘lub. 
Qo‘yuldi chu to‘rtunchi manzilg‘a gom, 
Dedimkim, qilay to‘rt-besh kun maqom 
Ki, yo‘l ranjidin notanumand edim, 
Tinorg‘a, base orzumand edim. 
Necha kunki daf’ o‘ldi farsudaliq, 
Mizojimg‘a yuzlandi osudaliq. 
Tabiatki xo‘yi kasolatdurur, 
Taraddud anga sa’b holatdurur. 
Xususanki tovsholmish o‘lg‘ay base, 
Qotig‘ po‘yadin tolmish o‘lg‘ay base. 
Besh-o‘n kunchakim bo‘ldum oromjo‘y. 
Nishoti mayu nuqldin komjo‘y. 
Havo andoq aylabdur oni lavand
Tarab tanbalu, komu g‘aflat tanand, 
Ki, juz mayli komu murod aylamas, 
Qadam yo‘lg‘a urmog‘ni yod aylamas. 
Desam azm targ‘ibig‘a yuz masal, 
Aning daf’ig‘a ko‘rguzub ming hiyal. 
Yo‘l emgaklarin yod qilg‘on zamon, 
Bo‘lur xotiri azm etardin ramon. 
Dame bemayu nuql masrur emas
Manga oning islohi maqdur emas. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin