5.Keynschilik nazariyasining keyingi rivojlanishi;
6. Fridmanning pulning zamonaviy miqdoriy nazariyasi.
Reja:
PUL NAZARIYALARI – pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantrishga ta’siri haqidagi nazariyalardir.
PUL NAZARIYALARNING KELIB CHIQISH SABABLARI:
Metallik nazariyasi
Ushbu nazariya namoyondalari qimmatbaho metallar oltin va kumushgina pul vazifasini o’tay oladi degan g’oyani ilgari surishgan.
Ular oltin va kumush pulning barcha vazifalarini bajaradi.
Jamiyatning boyligi qimmatbaho metallarning mavjud zaxirasi bilan o’lchanadi, ya’ni qaysi mamlakatda oltin va kumush zaxirasi ko’p bo’lsa, o’sha jamiyat boy bo’ladi degan xulosaga kelishgan.
Ular vaqti kelib metall pullar o’rnini qog’oz pullar egallashini tushunib yetishmaydi.
Ishlab chiqarish sharoitining tubdan o’zgarishi, uning yiriklashishi sanoat kapitalining o’sishi iqtisod fani oldiga qator vazifalar qo’ydi. Huddi shu davrda pul nazariyalari to’g’risidagi ilk fikrlar yuzaga keldi. Bu nazariyalar: metallik va nominallik pul nazariyalari bo’lib, ularning o’sha davrdagi muammolarni yechishdagi o’rni beqiyosdir.
Bu nazariya XIX asrning birinchi yarmida rivojlanib kelayotgan sanoat burjuaziyasini qoniqtira olmadi va inqirozga yuz tutdi. Lekin XIX asrning II yarmiga kelib nemis iqtisodchisi K.Knis metallik nazariyasini himoya qilib chiqdi. Bu g’oyaning tiklanishiga 1873-yilda Germaniyada kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo’ldi.