1-laboratoriya ishi



Yüklə 320,11 Kb.
səhifə1/2
tarix08.03.2023
ölçüsü320,11 Kb.
#87012
  1   2
1.3-Laboratoriya ishi




1-LABORATORIYA ISHI


MAVZU: MANTIQIY DASTURLANADIGAN KONTROLLERLARINING ASOSIY BLOKLARI BILAN TANISHISH
Ishdan maqsad: Dasturlanadigan mantiqiy kontrollerlarining ichki tuzilishi va asosiy bloklari bilan tanishish.
NAZARIY MA’LUMOT
Dasturlanadigan mantiqiy kontrollerlar (PLC) – bu, sanoat muhitiga maxsus moslashtirilgan har xil qurilma va dasturlardan tashkil topgan sanoat mikrokontroller tizimidir.
PLC (Programmable Logic Controller – Dasturli mantiqiy bosharuv qurilmasi) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida zarur bo‘lgan ketma-ket keluvchi elektr zanjirlarining o‘rnini almashtirish uchun kashf etilgan qurilmadir. PLC kirish va chiqish signallariga va ularning holatiga, ya’ni ularning o‘chgan/yonganligiga mos ravishda ishlaydi. Foydalanuvchi istagan natijalariga erishishi uchun, maxsus dastur yordamida dastur tuzadi va uni kompyuterga kiritadi.

3.1-rasm. Simatic S7 200 dasturiy mantiqiy kontrolleri


PLC lar hozirgi kunda ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanilmoqda. Agar hozirda ishlab chiqarish bo‘lsa va uning imkoniyatlari yaxshi bo‘lsa, demakki u yerda PLC bor.





PLC ni tashkil etgan tipik komponentlar blok sxemasi quyidagi rasm 9.2 da aks ettirilgan. Asosiy e’tibor kirish va chiqish portlariga qaratilgan. Chunki bu yerda markaziy Xotira qurilmasi (CPU) blokidan ishdan chiqaruvchi ta’sirlarni ajratish himoyasiga ehtiyoj seziladi. Sababi bu ta’sirlar sanoat muhitida CPU ga kirish liniyalari orqali kirib keladi. Dasturlovchi qurilma sifatida FBD, LAD, va STL dasturlash tillarida dastur tuzish uchun kompyuter xizmat qiladi.


Xotira maxsus funksiyalarga ega bo‘lgan bloklarga bo‘linadi. Xotiraning ba’zi qismlari kirish va chiqish holatlarini saqlash uchun foydalaniladi. Haqiqiy kirish holati maxsus xotira bitida 0 yoki 1 bo‘lib saqlanadi. Har bir kirish yoki chiqih portlarining xotirada mos ravishda bittadan biti bor. Xotiraning boshqa qismlari foydalanuvchi dasturida ishlatiladigan o‘zgaruvchilar uchun o‘zgaruvchi tarkiblarini saqlash uchun foydalaniladi. Masalan, taymer yoki hisoblovchi (counter) qiymatlari xotiraning ushbu qismida saqlanadi.


3.2-rasm. Simatic S7 200 dasturlanadigan kontrollerining kengaytirish


modullari

Dasturli mantiqiy boshqaruv kontrollerlari avtomtlashtirilgan mashina hamda jarayonlarni boshqarishga mo‘ljallangan qurilmalardir. PLC shaxsiy kompyuterlar bilan ayrim jihatlardan o‘xshashdir. Masalan, markaziy Xotira qurilmasi, operativ Xotira qurilmasi, dasturlar va qismlararo bog’likliklar. Shaxsiy kompyuterlarga o‘xshamagan holda, PLC lar ishlab chiqarish muhitiga moslashgan, tashqi dunyo bilan kirish hamda chiqish modullari bilan bog’langan holda bir necha komponenetlarni o‘z ishiga oladi.


PLC asosan uch o‘zak qismlarga bo‘linadi. (rasm 3.3)



  • Elektr manbai qurilmasi va modullar joylashgan qurilma (PS and rack);

  • Markaziy Xotira qurilmasi (CPU)

  • Kirish-chiqish modullari seksiyasi (I/O section)

3.3-rasm. Dasturlanadigan kontrollerning tashqi qurilmalari


PLC hajm jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. Ba’zilari uyali telefon hajmicha bo‘lsa, mukammal avtomatlashtirilgan jarayonni boshqaruvchi PLC lar bir muncha kattaroq hajmni talab etadi.


Elektr manbai qurilmasi markaziy xotira qurilmasiga elektr energiyani yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Ko‘p PLC kontrollerlari 24 V da, ba’zilari esa 220V ga quvvatda ishlaydi. Ba’zi PLC kontrollerlarida elektr ta’minotini alohida modul sifatida ko‘rish mumkin. Bunday elektr ta’minoti qurilmasiga ega bo‘lgan PLC kontrollerlari tashqi ko‘rinishi ulkan bo‘lgan. Hozirgi kichik va o‘rta hajmdagi PLC kontrolleri seriyalarining elektr ta’minoti qurilmasi o‘zida joylashgan. Elektr ta’minotchi yetarli energiyani ta’minlashi uchun dasturli- mantiqiy boshqaruv qurilmasi foydalanuvchisi kirish-chiqish moduliga qancha energiya zarurligini bilishi kerak. PLC tashqi tuzilishini yanada yaxshiroq tushunib olish uchun elektr manbai qurilmasi hamda modullar joylashgan
qurilmani qoldiramizda, qolgan barcha qismlarni olib tashlaymiz. U holda PLC
quyidagi ko‘rinishni oladi.

3.4-rasm. Dasturlanadigan kontrollerlarning ichki qurilmalari


Modullar joylashgan qurilma asosida bir necha ulash manbalari bo‘lib, markaziy Xotira qurilmsi bilan bog’lanuvchi modullarni bog’lashda xizmat qiladi. Modullar joylashgan qurilma boshqaruv tizimi talabiga qarab turli hajmda bo‘lishi mumkin. Elektr manbai qurilmasi modullar joylashgan qurilmaning eng birinchi ulash manbasiga ulanadi va odatda +24V elektr tokida ishlaydi.



Yüklə 320,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin