CPU sovutish tizimi. Asosiy yuk protsessorga tushadi, natijada katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi va qurilma sovutilishi kerak. Protsessor kuchiga qarab, havo sovutish tizimining o‘lchamlari ham farq qiladi. Issiqlik miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, protsessor sovutgichlarining o‘lchamlari shunchalik katta bo‘ladi.
9-rasm. CPU sovutgichlari Operativ xotira.Bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda ish vaqtidagi barcha dastur va ma’lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko‘pincha vaqtinchalik xotira deb ham ataladi, chunki undagi dastur va ma’lumotlar faqat kompyuter yoniqligida yoki kompyuter qayta yuklangunicha saqlanadi. Kompyuter o‘chirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha ma’lumotlar saqlab qo‘yilishi lozim. Operativ xotira ba’zida ixtiyoriy murojaat qilish mumkin bo‘lgan saqlash qurilmasi deb ham yuritiladi. Buning ma’nosi shundan iboratki, operativ xotiradagi ma’lumotlarga murojat undagi ma’lumotlarning ketma- ketligiga bog‘liq emas.
10-rasm. Operativ xotira Operativ xotirani bugungacha bir necha xil tip (tur) lari bor.
1. SIMM;
2. DIMM;
3.DDR;
4.DDR1;
5. DDR2;
6. DDR3;
7. DDR4;
Bular bir-biridan ko‘rinishi, xotira hajmi, chastotasi va boshqa parametrlari bilan farqlanadi.
11-rasm. Operativxotiraturlarinibir-biridan farqi
Operativ xotira tipidan kelib chiqib bir-biridan farqlanadi. Ona platada operativ xotira qurilmasi uchun 2 va undan ortiq joy bo‘lishi ham mumkin. Bugungi kunga kelib DDR4 turidagi operativ xotiralarni 2-4-8 Gb hajmlilari va undanda yuqori hajmlilari ham bor. DDR2 turidagi operativ xotiralarda 1-2 Gb yuqori hajm hisoblanar edi. Operativ xotirani xotira hajmi haqida gap ketganida operatsion tizimni ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Chunki agar, operatsion tizim maksimum 2 Gb ma’lumot bilan ishlay olsayu, operativ xotira hajmi 8 Gb bo‘lsa, unda qolgan 6 Gb ishlatilmay yotaveradi. Tuzlishi jihatidan DDR3 - DDR2 dan ancha kichikroq ko‘rinishda bo‘lsada, ko‘pgina parametrlari undan yuqoridir.