Mavzu: Xotira Reja: Xotira haqida tushuncha Xotira turlari



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə1/6
tarix30.11.2022
ölçüsü1,95 Mb.
#71560
  1   2   3   4   5   6
portal.guldu.uz- Multimediya vositalari (1)


MAVZU: Xotira
Reja:

1.
    • Xotira turlari

2.
    • Xotira tasavvurlari

3.
4.
Xotira borasidagi nazariyalar
Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ulami eslash yoki xotirlash jarayoni dir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta'sirida shakllantiradi. Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim bo’lgan voqea, hodisalami yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o’rinda xotira borasidagi ta'riflarga qaytsak, ko’pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta'riflanadi. "Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi".
Xotira haqida tushuncha
Xotiraning nerv-fiziologik asoslari
Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, ya'ni o’zgaruvchanlik, qo’zqatuvchilar ta’sirida o’zida go’yo bir iz qoldirisb, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchaniik xususiyatiga ega bo’lib, uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofhi o’rab olgan borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchaniik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishi, xotira samarasining susayishi, ba’zi paytda odamning toliqishiga sabab bo’ladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o’tishi bilan susayadi. Masalan. keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari gapirganlari sedan chiqib, o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining ko’rsatkichi bosh miya po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi, davomli saqlanishi va ulaming tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi. Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir.
I.I.PAVLOV
" Muvaqqat nerv bog’lanishlari - deb yozadi I. P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o'zimizda ham b o ’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga и psixik hodisa hatndir, turli-tuman harakat; taassurot be ’Imasa harflar, so zla r va fikrlar о ’rtasida paydo bo ’ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlamipsixologlar assosiasiyaiar deb ataydilar”

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin