O’qituvchining topshirigiga binoan talaba laboratoriya ishini quyidagi tartibda bajaradi: - Kompyuter monitorida «NI MS 14» dasturining «Bosh oynasi»ni ochadi (1-rasm).
Sinusoidal o‘zgaruvchan kuchlanishga aktiv qarshilik, induktiv g‘altak va sig‘im ketma-ket ulangan elektr zanjirida rezonansgacha bo‘lgan jarayon
Sinusoidal o’zgaruvchan tokli kuchlanishga aktiv qarshilik, induktiv g’altak va sig’im ketma-ket ulangan elektr zanjirning virtual sxemasini (6.1-rasm) yig’adi hamda tok, kuchlanishlar, aktiv quvvat va
quvvat koeffitsiyentining qiymatlarini o’lchash uchun virtual o’lchov asboblarini ulaydi.
Sinusoidal o’zgaruvchan tok va kuchlanishlar ossillogrammalarini kuzatish uchun ossillografni ulaydi.
Ulash (1 raqami) tugmasini bosib, virtual sxemani (6.2-rasm) ishga tushiradi va o’lchov asboblari ko’rsatgan tok, kuchlanishlar, quvvat va quvvat koeffitsiyenti qiymatlarini 6.1-jadvaldagi
«O’lchashlar» qatoriga yozadi. So’ngra «Hisoblashlar» qatorini to’ldiradi.
Tajribadan olingan qiymatlar asosida tok va kuchlanishlar vektor diagrammasini quradi.
Rezonansda tok va kuchlanishlarning tebranma harakat ossillogrammalarini kuzatadi.