1-laboratoriya mashg’uloti Statik ma'lumotlar tuzilmalarini o'rganish



Yüklə 40,96 Kb.
səhifə2/6
tarix04.04.2023
ölçüsü40,96 Kb.
#92975
1   2   3   4   5   6
Laboratoriya topshiriq - 1 (2)

Vektorlar. Vektor bu bir xil toifadagi elementlarning tartibli ketma ketligi bo’lib, massivdan farqi uning o’lchami dastur bajarilishi davomida o’zgarishi mumkin,yani vektor bu dinamik massiv hisoblanadi.
Vektorlarni turlicha initsializatsiyalash usullari mavjud:
vector vec0; // bo’sh vektor
const int size = 8;
const int value = 1024;
vector vec1(size);//8 ta elementga ega, elementlar qiymatlari 0 ga teng
vectorvec2(size,value);//8 ta elementga ega, elementlar qiymatlari 1024 ga teng
inta[4] = { 0, 1, 1, 2 };
vector vec3(a,a+4);//4 ta elementga ega, elementlar qiymatlari a massivinikiga teng
vector vec4(vec2);//vec2 ning nusxasi
Vektorlarning massivga nisbatan qulayligi haqida quyidagilarni bayon qilmoqchimiz:

  • Vektorlar bilan ishlash uchun standart kutubxona funksiyalari mavjud bo’lib, ular yordamida turli amallarni siklsiz, bir qator kod yordamida bajarish mumkin. Ulardan ayrimlarini keltirib o’tamiz:

  • test.at(i) - test[i] kabi yozuv bilan bir xil, faqat bunda agar i-element mavjud bo’lmasa, dastur hatolik ko’rsatmaydi;

  • test.asign(n,m)–vektorga n ta elementni m qiymat bilan yozadi;

  • test.asign(start,end)–boshqa vektorning boshi va oxirini ko’rsatuvchi iteratorlar startdan end gacha bo’lgan elementlarni ushbu vektorga kiritadi;

  • test.front()–1-elementga murojaat;

  • test.back() –oxirgi elementga murojaat;

  • test.begin()–vektor 1-elementi iteratori;

  • test.end()–vektor oxiri iteratori(oxirgi elementidan keying adresni ko’rsatadi);

  • test.clear()–vektorni tozalash;

  • test.erase(i)yokitest.erase(start,end)–i-iterator elementini yoki start va end oralig’idagi elementlarni o’chiradi;

  • test.size()–vektordagi elementlar sonini aniqlaydi;

  • test.swap(test2) - test va test2 vektorlar elementlarini almashtiradi;

  • test.insert(a,b) - test vektoriga iterator ko’rsatayotgan a elementdan oldin b elementni kiritadi, bunda iterator kiritilgan elementni ko’rsatadi;

  • test.insert(a,n,b)b elementdan n ta kiritadi;

  • test.insert(a,start,end) - start va end iteratorlari oralig’idagi elementlarni a dan oldin kiritadi.

  • begin() va end() iteratorlari mos ravishdaxotirada vektorning birinchi elementini va oxirgi elementidan keyingi adresni ko‘rsatadi.Shu o‘rinda iterator nimaligiga aniqlik kiritsak. Iterator bi birorta o‘zgaruvchiga ko‘rsatkich hisoblanadi. Iterator bizga kerak qiymatlarni qayerdaligini biladi va uning qiymatini bizga chiqarib beradi. Itaratorlar asosan konteynerlar bilan ishlashda qo‘llaniladi. Iterator yaratish uchun quyidagini yozish kerak:

iterator_nomi::iterator nomi;
Masalan:vector ::iterator begin=vec.begin();
string::iterator end,cur;
Satrlar ham konteyner hisoblanadi. Endi iterator ko‘rsatayotgan element quyidagicha olinadi.
cout<<*cur<
Bu erda tushunarliki, * belgisi cur iteratorni emas, u ko‘rsatayotgan qiymatni ko‘rsatadi.
cur++; // keying elementga o‘tish
cur+=10; // <=>cur=cur+10 10 ta elementdan keyinga o‘tish
Vektor elementlarinni iterator bilan ekranga chiqarishni ko‘ramiz:
vector test;
string buffer = "";
//elementlarni kiritilsh
do {
getline(cin, buffer);
if (buffer.size() > 0) test.push_back(buffer);
} while (buffer != "");
vector::iterator cur;
for (cur=test.begin();cur
cout<<*cur<

  • 2ta uzunligi teng bo‘lgan vektorni siklsiz solishtirish mumkin. Bunda ularning mos elementlari qiymatlari solishtiriladi. Masalan:

#include
#include
using namespace std;
int main()
{
vector array1(3);
array1[0] = 4;
array1[1] = 2;
array1[2] = 1;
vector array2(3);
array2[0] = 4;
array2[1] = 2;
array2[2] = 1;
// vektorlarni solishtirish
if (array1 == array2) {
cout << "array1 == array2" << endl;
}
return 0;
}

  • Vektor elementlarini siklsiz ekranga chiqarish mumkin:

#include
#include
#include
using namespace std;
int main()
{
vector array1;
array1.insert(array1.end(), 4);
array1.insert(array1.end(), 3);
array1.insert(array1.end(), 1);
copy( array1.begin(), // vektor boshi iteratori
array1.end(), // vektor oxiri iteratori
ostream_iterator(cout," ") //chiqarish potoki iteratori
);
return 0;
}

  • Vectorlar yordamida ikki o‘lchovli massivlarni ham yaratish mumkin. Masalan:

#include
#include
using namespace std;
int main ()
{
const int row=10;
const int col=2;
vector> tab(row);
for(int i=0; i
{
tab[i].resize(col);
for(int j=0; j
cout<<'\n';
}
cout<
system("pause");
}
1-misol. Vektor va vektorlar ustida amal bajarish dasturi.
#include
#include
using namespace std;
int main()
{
vector q;
q.push_back(10); q.push_back(11); q.push_back(12);
vector v;
for(int i=0; i<5; ++i){
v.push_back(i);
}
// v vektori elementlari 0 1 2 3 4
std::vector::iterator it = v.begin() + 1;
// 2-el.dan oldin 33 ni kiritish:
it = v.insert(it, 33);
// v vektori elementlari 0 33 1 2 3 4
//q vektor elementlarini v vector 2-el.dan oldin kiritish:
v.insert(it, q.begin(), q.end());
// v vektori elementlari 0 10 11 12 33 1 2 3 4
it = v.begin() + 3;
// it v vektorning 4-el.ni ko‘rsatyapti
// 4-el.dan oldin 3 marta -1ni kiritamiz:
v.insert(it, 3, -1);
// v vektor el.lari 0 10 11 -1 -1 -1 12 33 1 2 3 4
// v vektorning 5 – el-tini o‘chiramiz
it = v.begin() + 4;
v.erase(it);
// v vektor el.lari 0 10 11 -1 -1 12 33 1 2 3 4
v.clear();//v vektorni o‘chirish
return 0;
}

Yüklə 40,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin