Trekbol - sichqoncha"ning to'nkarib qo'yilgan holatiga o'xshaydi, undan asosan
notebook xilidagi ko'chma kompyuterlardan foydalaniladi.
Joystik - tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat
o'yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo'llanadi.
Plotter (grafyasagich) - chizmalarni qog'ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma.
Qog'ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar
300x300 sm o'lchamgacha bo'lgan katta qog'ozlarga ham chiqarilishi mumkin.
Skaner - foto rasm, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish
uchun ishlatiladi. Demak, rasm, shakl yoki matnni albatta bevosita kompyuterda hosil qilish
shart emas, balki uni oldin tashqarida tayyorlab olib
kompyuterga kiritish sharoitini yaratib, bu rasmdan
kompyuterda ko'rsatmali foydalanish imkoniyatini beradi.
Hozirda stol usti skanerlari va qo'l skanerlari keng tarqalgan.
Stol usti skanerlari o'z navbatida planshet, rulon,
proeksionxillarga bo'linadi. Skanerning har bir turi qo'yilgan masalaga mos ravishda bajara
oladigan vazifaga qarab o'z joyida qo'llanadi.
Strimer - vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun, uning
nusxasini ko'chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Strimer ma'lumotlarni
magnit tasmalarga juda tez ko'chirishni tashkil etadi. Magnit lentalar sifatida audio yoki
video tasmalardan foydalaniladi.
Modem - kompyuter signallarini telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha
telefon signallarini kompyuter signallariga aylantirishni ta' minlovchi maxsus qurilma.
Demak, modem telefon tarmoqlari orqali kompyuterlami o’zaro boglash imkoniyatini
yaratib berar ekan. Modem kompyuterda o’zgarmas tok orqali hosil qilingan signallami turli
chastotali tovush signallarining kombinatsiyasiga aylantiradi va shu
jarayonni teskari
tartibda ham bajaradi. Bu esa yakka kompyuterdan foydalanganga qaraganda, ancha katta
hajmdagi axborot bilan ishlash imkoniyatlarini ochib beradi.
Soundblaster - axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga
aylantirib beruvchi qurilma. Soundblaster qurilmasining chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich
yoki ovoz kolonkalarini ulash mumkin, bu bilan kompyuterning multimedia imkoniyatlarini
to’liq namoyon etishga yo’l ochiladi.
Multimedia - matn, tovushli ma’lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi
axborot texnologiyasi. Multimedia uchun zamonaviy CD - ROM texnologiyalar
taqdimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD - ROM
Conference) bo'lib o'tdi va bu sana video va audioaxborotli to'laqonli multimedianing paydo
bo'lishining boshlanishi deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: