1-Laboratoriya mashg’uloti



Yüklə 381,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix21.10.2023
ölçüsü381,75 Kb.
#158540
  1   2   3   4
1-Laboratoriya mashg\'uloti (1)



1-Laboratoriya mashg’uloti. 
 
Mavzu: Sistema bloki komponentlarini o’rganish. Kompyuterga asosiy va qo’shmcha 
qurilmalarini ulash va ularning xarakteristikalari bilan tanishish. Kompyuter tizimli 
blokini qismlarga ajratish, tizimli blokiga texnik xizmat ko’rsatish.
 
Ishdan maqasad: 
Sistema bloki komponentlarini o’rganish. Kompyuterga asosiy va 
qo'shmcha qurilmalarini ulash va ulaming xarakteristikalari bilan tanishish. Kompyuter 
tizimli blokini qismlarga ajratish, tizimli blokiga texnik xizmat ko'rsatish haqida bilim, 
malaka va ko’nikmalarni shakllantirish.
Nazariy ma’lumot: 
 
Kompyuterning asosiy korpusidagi qurilma va vositalarni yetarlicha energiya bilan 
ta’minlovchi moslama kompyuterning energiya blokidir.Uning asosiy vazifasi aytilgan 
vositalarni energiya bilan ta’minlash , havo almashtirish, va protsessor ichini sovutishdir.
Personal kompyuterlarda tok manbai blokiga uchta asosiy funksiya yuklangan:
-personal kompyuterni elektr energiya bilan ta’minlash
-ichki sistemalarni sovutish
-ichki komponentlarni himoyalash

Sistema bloki, asosan, korpus, asosiy plata, protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, 
quvvat blokidan iborat. Asosiy plata yaxlit asosga yig’ilgan electron sxemalar bo’lib, unga 
ba’zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali -shinalar yordamida bog’lanadi. 
Protsessor -arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi.xotira bilan bog’lanadi va barcha 
qurilmalar ishini boshqaradi.
Protsessor ,asosan,quyidagi qismlardan iborat:
-arifmetik mantiqiy qurilma  
-ma’lumotlar va adreslar shinasi
-registrlar -buyruq jamlagichi
-kesh,ya’ni kichik hajmli o’ta tezkor xotira-qo’zg’aluvchan vergulli sonlar matematik 
soprotsessori Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan 
navbatdagi buyruqni o’qish va bajarish,natijani yozib qo’yish hamda kiyingi bajariladigan 
buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir.Demak protsessor berilgan dastur va 
zarur ma’lumotlar asosida inson aralashuvisz kompyuterning avtomatik ishlashini 
ta’minlovchi qurilma ekan.Registr-ma’lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchlik saqlab turish 
uchun mo’ljallangan qurilma Tovush platasi -axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audio 
axborotni tovushlarga aylantirib qurilma.Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich 
yoki karnaylarni ulash mumkin.Tovush platasi o’z mikroprotsessoriga ega bo’lib tovushni 
kiritishda analog-raqamli o’zgartirish va chiqarishda o’zgartirishni ta’minlaydi.Video-plata- 
murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashini ta’minlab beruvchi plata.Bu plata 
o’z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo’ladi.Zamonaviy video -plata hajmli va uch 
o’lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega .Hozirgi kundagi Juda ko’p dasturlar va 
o’yinlar 64Mb yoki 128Mb sig’imli video-platalr bilangina ishlaydi. Birinchi shaxsiy 
kompyuter 1973 yilda Fransiyada Nruohg Trohg Ti tomonidan yaratilgan. Dastlab 
yaratilgan maskur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu 
kompyuter 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi 
tomonidan mukammallashtirilib, dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy 
ravishda chiqarila boshladi. Shundan beri kompyuter hayotimizga mustaxkam joylashib, 
axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi. 
Kompyuter, deganda turli hajmdagi, har xil ko’rinishdagi axborotlarni tezlik bilan 
ishlab berishni ta'minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.
Hozirda 
hilma-hil zamonaviy kompyuterlar insonga holis hizmat qilmoqda. Ularning tashqi 
ko'rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar, (ya'ni apparatli ta'minoti) 


bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o'xshashlik borligini 
ko'ramiz. Har qanday kompyuter apparatli ta'minoti, asosiy va qo'shimcha qurilmalardan 
tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta'minlasa, qo'shimcha qurilmalar 
kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi. 

Yüklə 381,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin