1-Laboratoriya mashg’uloti


Shaxsiy kompyuterning qo'shimcha qurilmalari



Yüklə 381,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix21.10.2023
ölçüsü381,75 Kb.
#158540
1   2   3   4
1-Laboratoriya mashg\'uloti (1)

Shaxsiy kompyuterning qo'shimcha qurilmalari.
Printer - ma'lumotlarni qog'ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili mavjud: 
bosma (matritsa-o'yma qolip), purkovchi, lazerli. Bosma printerda qog'ozdagi bosilayotgan 
satr bo'ylab harakatlanadigan maxsus qurilmaga o'rnatilgan metall ignachalar qog'oz va 
qurilma orasiga o'rnatilgan rangli tasmaga tegib qog'ozda iz qoldirib ma'lumotlarni hosil 
qiladi, shu nuqtalarning to'plami esa qog'ozga belgilar yoki shakllarni chiqarilishini 
ta'minlaydi. Ko'rinib turibdiki, bosma printerdan chiqarilayotgan axborotlarning rangi 
o'rnatilgan tasma rangiga mos bo'ladi.
Purkovchi printer- qog'ozga chiqariladigan ma'lumotlarni, maxsus idishdagi 
suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo'li bilan hosil qiladi.
Lazer printeri- ma'lumotlarni chop etishda rang solingan maxsus barabanga elektr 
maydonini ta'sir ettirishdan foydalanadi. Bunday printerlar tez va soz ishlaydi, qog'ozga 
chiqariladigan axborotli mahsulotning sifati yuqoridir. Bosma yoki purkovchi printer bir 
minutda bir bet ma'lumot chop etsa, lazer printerining shunday ko'rsatkichi o'n betdan ortiq. 
Purkovchi va lazer printerlarda ma'lumotlarni turli rangli qilib chop etish imkoniyati 
mavjud.Yurgichni boshqarish va qo'shimcha boshqarish vazifalarni bajaruvchi 
qurilmalarning quyidagi xillari mavjud: "sichqoncha", trekbol, joystik. "Sichqoncha" - biror 
sirt bo'ylab surib yurgizilganda ichida joylashgan sharcha harakatga keladi, hosil bo'lgan 
signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda yurgichning mos harakatlari yuzaga keladi. 
"Sichqonchada" o'rnatilgan tugmalar ko'magida boshqaruvchi buyruqlarni jo'natish mumkin.


Trekbol - sichqoncha"ning to'nkarib qo'yilgan holatiga o'xshaydi, undan asosan 
notebook xilidagi ko'chma kompyuterlardan foydalaniladi.
Joystik - tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat 
o'yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo'llanadi.
Plotter (grafyasagich) - chizmalarni qog'ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma. 
Qog'ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar 
300x300 sm o'lchamgacha bo'lgan katta qog'ozlarga ham chiqarilishi mumkin.
Skaner - foto rasm, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish 
uchun ishlatiladi. Demak, rasm, shakl yoki matnni albatta bevosita kompyuterda hosil qilish 
shart emas, balki uni oldin tashqarida tayyorlab olib 
kompyuterga kiritish sharoitini yaratib, bu rasmdan 
kompyuterda ko'rsatmali foydalanish imkoniyatini beradi. 
Hozirda stol usti skanerlari va qo'l skanerlari keng tarqalgan. 
Stol usti skanerlari o'z navbatida planshet, rulon, 
proeksionxillarga bo'linadi. Skanerning har bir turi qo'yilgan masalaga mos ravishda bajara 
oladigan vazifaga qarab o'z joyida qo'llanadi.
Strimer - vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun, uning 
nusxasini ko'chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Strimer ma'lumotlarni 
magnit tasmalarga juda tez ko'chirishni tashkil etadi. Magnit lentalar sifatida audio yoki 
video tasmalardan foydalaniladi.
Modem - kompyuter signallarini telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha 
telefon signallarini kompyuter signallariga aylantirishni ta' minlovchi maxsus qurilma. 
Demak, modem telefon tarmoqlari orqali kompyuterlami o’zaro boglash imkoniyatini 
yaratib berar ekan. Modem kompyuterda o’zgarmas tok orqali hosil qilingan signallami turli 
chastotali tovush signallarining kombinatsiyasiga aylantiradi va shu
jarayonni teskari 
tartibda ham bajaradi. Bu esa yakka kompyuterdan foydalanganga qaraganda, ancha katta 
hajmdagi axborot bilan ishlash imkoniyatlarini ochib beradi.
Soundblaster - axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga 
aylantirib beruvchi qurilma. Soundblaster qurilmasining chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich 
yoki ovoz kolonkalarini ulash mumkin, bu bilan kompyuterning multimedia imkoniyatlarini 
to’liq namoyon etishga yo’l ochiladi.
Multimedia - matn, tovushli ma’lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi 
axborot texnologiyasi. Multimedia uchun zamonaviy CD - ROM texnologiyalar 
taqdimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD - ROM 
Conference) bo'lib o'tdi va bu sana video va audioaxborotli to'laqonli multimedianing paydo 
bo'lishining boshlanishi deb hisoblanadi.

Yüklə 381,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin