1-Laboratoriya mashg’uloti


Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari



Yüklə 381,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix21.10.2023
ölçüsü381,75 Kb.
#158540
1   2   3   4
1-Laboratoriya mashg\'uloti (1)

Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari
.
Asosiy qurilmalarga sistema bloki, 
monitor va klaviatura kiradi. Qo'shimcha qurilmalarga "sichqoncha" manipulyatori, printer, 
plotter, skaner, nurli pero va boshqalar misol bo'ladi. Sistema blokini asosiy xotira
protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy xotira o'z navbatida tezkor xotira 
qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan (DXQ) iborat. Tezkor xotira qurilmasida 
kompyuterga kiritiladigan va uning ish jarayoni davomida hosil bo'luvchi barcha axborotlar 
va ma'lumotlarni ishlash uchun zarur bo'ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki, 
tezkor xotira qurilmasida saqlanib turgan ma'lumotlar kompyuterlar elektr manba'dan 
uzilganda yoki qayta yuklangan vaqtda o'chib ketadi. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan 
tashkil topgan.
Registr - ma'lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun 
mo'ljallangan qurilma. Har bir registr o'z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger 
mitti kondensator bo'lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda - "1", zaryadlanmagan 
holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli 
ekanini belgilaydi.
Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning 
har bir razryadida bir bit axborot joylashadi, ya'ni 0 yoki 1. 8 bit axborot 
birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o'z tartib 
raqamiga, ya'ni adresiga ega bo'ladi. Uyachaning sig'imi mashina so’zi 
uzunligini belgilab beradi. Mashina so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina 
so'zining uzunligi
4, 8 baytga teng bo'lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to'rt 
yoki sakkiz bayt birlashib bitta mashina so'zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira 
uyachasi ham o'z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang'ich bayt adresi bilan 
ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access Memory 
- tanlov bo'yicha istagan qismiga o'tish mumkin bo'lgan xotira), chunki undagi bor, istagan 
adresli uyachaga to'g'ridan-to'g'ri o'tish imkoniyati mavjud. 
Tezkor xotira qurilmasining bir qismida kompyuter ekranidagi joriy tasvirga mos 
keluvchi ma'lumotlar saqlanadi, uni shartli ravishda videoxotira deb yuritiladi. Agar tezkor 
xotirani IBM PC rusumidagi kompyuterlar uchun olsak, u quyidagicha taqsimlanadi: 
dastlabki 640 Kbayti foydalanuvchi dasturlari va ma'lumotlar uchun, 1 Mbaytgacha bo'lgan 
qismi sistemali foydalanish uchun. Doimiy xotira qurilmasida kompyuter ishlagan paytda 
yozilgan axborot o'zgarmasdan doim saqlanadi. Unda odatda, kompyuterning har 
yoqilishida uning barcha asosiy qurilmalarining sozligini tekshiruvchi dasturlar, 
diskyurituvchi, monitor, klaviatura qurilmalarining ishini boshqaruvchi dasturlar, operatsion 
sistema diskning qaysi joyida joylashganligi haqidagi axborotlar joylashgan bo'ladi.
Protsessor - kompyuterning asosiy qurilmasi. Protsessor arifmetik va mantiqiy 
amallar bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha mahalliy qurilmalarning ishini 
boshqaradi. Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan 
navbatdagi buyruqni o'qish va bajarish, natijani yozib qo'yish hamda keyingi bajariladigan 
buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayon. 
Dastur - kompyuter bajarishi lozim bo'lgan buyruq va ko'rsatmalarining izchil ketma- 
ketligi. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqarishni amalga oshirish, 
ma'lumotlarni zarur joydan o'qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish boshqa 
qurilmalarning izlanishini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.
Demak, protsessor berilgan dastur va zarur malumotlar asosida odam aralashuvisiz 
kompyuterning avtomatik ishlashini ta'minlovchi qurilma ekan. Zamonaviy kompyuterlarda 
protsessor vazifasini mikroprotsessor, ya'ni o'ta katta integral sxemalar bajarmoqda, u 10 
mm kvadratdan ham kichik yuzada joylashgan yagona yarim o'tkazgichli kristalda (kremniy 


yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topadi. Misol sifatida 
ko'radigan bo'lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o'z ichida 5,5 milliondan ortiq 
tranzistorlarni saqlaydi. Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va 
razryadlar soni bilan belgilanadi Tezlik protsessorni 1 sekundda bajargan amallar miqdori 
bilan belgilanadi va Gs bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 
million amal) tezlikka ega bo'lsa Pentium protsessori uchun bu ko'rsatkich 850 MGsga teng. 
Protsessorning razryadlari soni uning bir vaqtning o'zida baravariga ishlash mumkin bo'lgan 
bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli prssessorlar keng 
qo'llanmoqda. Protsessorning tezligini oshirish uchun hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli 
matematik hamprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yo'lga qo'yilgan. Komppyuter 
qurilmalari orasidagi axborot almashinuvi sistema magistrali - shinalar (elektr simlarining 
bog'lamlari) ko'magida amalga oshiriladi. Shinadagi simlar kompyuterning hamma 
qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishi uchun uch xil shina xizmat ko'rsatadi: 
berilganlar (berilgan malumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Bog'lamdagi 
simlarning miqdori, shinaning razryadlari sonini belgilaydi. Aniq protsessorga mos i80386, 
16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar 
shinasiga ega ekanligini, ya'ni bir vaqtning o'zida 16 bit axborot va 2
A
32= 4 Gbayt hajmdagi 
adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyatini mavjudligini bildiradi. Protsessor 
va 
asosiy xotira kompyuterning sistema bloke
ichidagi asosiy platada joylashadi. Unga 
diskyurituvchi, printer kabi qo'shimcha qurilmalarni ulash uchun kontrollerlardan, ya'ni 
maxsus platalardan foydalaniladi. Ular ona platadagi maxsus qirqimlarga joylanadi, portlar 
deb yuritiluvchi ikkinchi uchlariga qo'shimcha qurilmalar bevosita ulanadilar.
Ma'lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari. Kompyuterga turli shakldagi 
axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi 
qurilmalarni ma'lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari 
(MKCHQ) deb yuritiladi.
Ularni ba'zida maxalliy qurilmalar 
deb xam ataydilar.Eng asosiy ma'lumotlarni kiritish - 
chiqarish 
qurilmalari, 
safiga 
monitor 
(displey), 
klaviatura va diskyuritu vchi qurilmalari kiradi. Kompyuterga turli shakldagi axborotlar 
kiritishning yollaridan biri klaviaturada joylashgan tugmalar ko'magida amalga oshiriladi. 
Aniq bir tugmani yoki tugmalar birikmasini bosilishiga aynan mos ikkilik kodni kiritilishiga 
olib keladi, Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan - mikrosxema ma'lum bir tugma 
bosilishida hosil bo'ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi. 
Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlaming zarur 
qismini ekranda yoritib berishni ta'minlaydi. Monitor matn yoki grafik rejimda ishlaydi. 
Matn rejimida ekran belgi o'rinlari deb yuritiluvchi alohida qismlarga bo'linadi. Grafik 
rejimda ekran piksel deb ataluvchi nuqtalar to'plamidan tashkil topadi. Ikkala rejimda ham 
belgi yoki pikselning ranglari, fonning rangi, ravshanligi va boshqa parametrlar xaqidagi 
ma'lumotlar videoxotirada saqlanadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori 
monitorning imkon darajasi, deb ataladi.
Diskyurituvchi - disklarni aylantirishga xizmat qiluvchi 
motor moslamasi hamda ularga ma'lumot yozish va o'qish magnit 
boshchasidan tashkil topuvchi qurilma. Disklar asosan uchga 
bo'linadi: egiluvchan disk, qattiq disk (vinchester) hamda kompakt 
disk (CD ROM - Compakt - Disk - Read Only Memory).
Egiluvchan disk va qattiq disklarga axborotlar sektorlarga 
bo'lingan halqasimon yo'lchalar bo'ylab yoziladi. Disklar temir 
moddasini saqlovchi qotishmadan tayyorlanib ularning magnitlangan qismi birlarni, qolgan 
qismlari esa nollarni ifodalaydi. Sektor va yo'lchalar o'z tartib raqamlariga ega bo'lib, har bir 
sektorning sig'imi 0.5 Kbayt ni tashkil etadi.Egiluvchan disk asosan ikki xil bo'lib ular 
diametrlarining uzunliklari bilan farqlanadilar (3,5 dyuymli- 98 mm, 5,25 dyuymli - 133 
mm). Egiluvchan disk uni himoya qiluvchi maxsus qattiq plastik qutilarda saqlanadi. 


Diskning sig'imi yo'lchalarning zichligi va uning ishchi tomonlari 
soniga bog'liq. Zichliklarning bir karrali (SD - Single Density), ikki 
karrali (DD- Double Density), to'rt karrali (QD-Quadruply Density) va 
yuqori darajali (HD- High Density) xillari mavjud. Diskning faqat bir 
tomonidan foydalanish mumkin bo'lsa, u - SS - Single Sided belgi 
bilan va diskning, ikki tomonini ishlatish imkoniyati bo'lsa - DS - 
Double Sided belgilari bilan tamg'alanadi.Masalan, DS/HD xildagi 3.5 
dyuymli diskning axborot sig'imi 1.44 Mbayt ni, 5.25 dyuymli disk uchun esa 1.2 Mbayt ni 
tashkil etadi.
Vinchesterlar kompyuterning ichida joylashgan bo'lib, uning hajmi bir necha 
Gbaytgacha boradi. Vinchester deganda silindrsimon shaklidagi maxsus germetik idishga 
joylashtirilgan bir o'qqa mustahkamlangan ustma-ust joylashgan disklaming majmuini 
tushuniladi. Kompyuter ichida birdaniga bir necha vinchesterlar joylashishi ham mumkin. 
Kompakt disklarning axborot sig'imi o'rta hisobda 640 Mbayt ni tashkil etadi. Undagi 
axborotlarni yozish yo'lchalari spiralsimon shaklda bo'lib, ma'lumotlarni o'qish va yozish 
lazer nuri ko'magida amalga oshiriladi. Kompakt disklar oltin yoki alyuminiy 
qotishmalaridan tayyorlanib, doirasimon plastik ichiga joylangan holatda bo'ladi.
 
Kompakt disklar bilan ishlashga mo'ljallangan diskdonning vazifasi ham oddiy
diskdonnikiga o'xshash ammo ish prinsipi magnitlanishga emas, balki lazer nuridan 
foydalanishga asoslangan. Kompakt diskning zarur qismlari nur beribqizitib bo'rttiriladi. 
Kompakt disklar bilan ishlashga mo'ljallangan diskdon ichida kichik quvvatda berilgan nur
kompakt diskning bo'rtib chiqqan qismlariga borib urilib akslanadi. Nurning akslanib 
qaytgani haqidagi signal birlarni, teskarisi esa nollarni ifodalaydi. Hozirgi davrda sig'imi 10 
Gbaytgacha boradigan kompakt disklarni ishlab chiqish yo'lga qo'yilmoqda. Kompakt 
disklarda axborot saqlash qulay bo'lsada, uning ish tezligi vinchesternikiga qaraganda 
sekindir. Ushbu disklarning diametrlari ham 5.25 yoki 3.5 dyuymlik bo'ladi. 
Magnit disklarning yangi xillariga misol sifatida magnitooptik disklarni keltirishimiz 
mumkin. Bu disklarni yaratishda magnit va optik texnologiyaning yutuqlari birlashgan. 
Magnitooptik disklarning ustunligi ularning sig'imlarining kattaligi, olib yurish mumkinligi, 
ish tezligining kattaligidir. Demak, xuddi shu diametrli egiluvchan disklarga qaraganda 
o'rtacha olganda ularning sig’imlari hajmi 300, axborotlarni o'qish yoki yozish tezligi esa 10 
barobardan ham ortiq kattadir.

Yüklə 381,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin