F.de Sossyur konsepsiyasida sistema tennini bilan birgalikda
struktuva termini ham muhim ahamiyatga ega. Sistema va struktura
terminlarini farqlash lozim.
Sistema (yun. systema - yaxlit; qismlardan tarkib topgan) so‘zi
o‘zbek tilida polisemantik so‘z sifatida o‘nlab ma’nolarda
qo'llanadi. Uning muqobili sifatida tizim so‘zi ham qo‘llanadi.
Tilshunoslikda sistema termini «o'zaro azviy bog'iangan qismlardan, unswiardan tarkib topgan butunlik», ya'ni bir butun b o iib uyushgan tii unsurlah majmui» ma7nosida qoTlanadi.
Struktura (lot. structura - tuzilish; bogTanish) so‘zi «muayyan narsalaming iuzilishi, qurilishi; tarkibiy qismlaming o 'zaro bogiiqligi» ma'nosini anglatadi. G.P.Meinikovning talqinicha,
struktura deganda, o‘zaro aloqada boTgan qismlardan tarkib topgan
va o‘zaio aloqadorlikka ega boTgan muraklcab birlik, butunlik tushuniladi. Struktura sistemaga xos, uni xarakterlovchi xususiyatlardan biridir1. Tilshunoslik nuqtayi nazaridan struktura deganda
tilning tuzilishi yoki ayrim til birliklarining qurilish tarixi
tushuniladi.
Bir xil qiymatga ega boTgan til birliklari majinui til sathlari
deb yuritiladi.
Til ichki tuzilishiga ko‘ra bir-biriga bogTiq, biri ikkinchisini
taqozo etuvchi sathlardan iboratligiga ko‘ra sistemadir
Til sistema sifatida quyidagi sathlarga boTinadi:
)) fonetik-fonologik sath;
2) lug‘aviy sath;
3 ) grammatiksath.
Tilning har bir sathi o‘z birliklariga ega. Masalan, fonema - fonologik sath birligi.
Tilshunoslik fani bir necha boTimlarga boTinadi va ularning har
biri tilning sathlari bilan bogTiq maTum masalalami o‘rganadi.
Til sistema sifatida ichki to’zilishga, strukturaga ega. Tilning ichki to’zilishi (strukturasi) ko’p sathlidir.
Tilning qimmat jihatdan bir xil birliklarining yig’indisi lingvistik sath deb yuritiladi. Masalan, fonologik sath, morfemik sath kabi. Ma'lum bir tildagi fonemalarning o’zaro munosabati majmui fonologik sathni, morfemalar munosabati majmui esa morfemik sathni tashkil etadi.
Lingvistik sath tushunchasi hozirgi tilshunoslikda keng tarqalgan bo’lsa ham, lekin tilni sathlarga bo’lishda xilma-xillik ko’zga tashlanadi. Shunday bo’lishga haramasdan, deyarli barcha tilshunoslar tilning quyidagi sathlarini birdek tan oladilar: ) fonologik sath, 2) morfemik sath, 3) leksik sath, 4) morfologik sath, 5) sintaktik sath, 6) ustsintaktik (supersintaktik) sath.
Yuqoridagi sathlarning har biri o’zining birligiga ega: fonologik sath birligi-fonema; morfemik sath birligi - morfema; leksik sath birligi - leksema; morfologik sath birligi –so’z shakl; sintaktik sath birligi - sintaksema; ustsintaktik sath birligi - matn (tekst).
Kursatib o’tilgan sathlar quyidan yuqoriga harab qat'iy tartibda joylashadi. har bir yuqori sath birligi o’zidan bir daraja quyi sath birliklarishing sintagmatik munosabatidan tashkil topadi (bundan faqat leksik sath birligi mustasno), fonemalarning sintagmatik munosabatidan morfemik sath birligi morfema hosil bo’ladi (shu jumladan leksik morfema ham) .
Morfemalarning sintagmatik munosabatidan esa morfologik sath birligi bo’lgan so’z shakl vujudga keladi. So’z shakl, o’z navbatida, morfemalarga (tug’rirog’i, morfema variantlariga) bo’linadi va boshqalar.