1. Litotrof bakteriyalar – biozararlanish qо‘zg‘atuvchilari



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2022
ölçüsü59,5 Kb.
#71034
1   2
1426073886 60453

Neft guruhlari

ARI solishtirma og‘irligi

Oltingugurt (og‘irlik %)

Vanadiy, ‰

Nikel, ‰

Parchalanmagan

32

0,6

30,6

16,4

О‘rtacha darajada parchalangan

13

1,6

224,0

75,1

Kuchli parchalangan

4

1,5

137,5

68,5




Neft guruhlari

Tо‘yingan karbonvorodlar

Aromatik karbonvorodlar

Polyar karbonvorodlar

Asfalt

Parchalanmagan

55%

23%

21%

2%

О‘rtacha darajada parchalangan

25%

21%

39%

14%

Kuchli parchalangan

20%

21%

41%

21%



Tion bakteriyalari oltingugurt va sulfatlarning har xil tiklangan birikmalarini oksidlaydi. Ular tufayli murakkab metall inshootlari, tosh va temirbeton qurilmalar, rezinali asbob-uskuna va jihozlar (shina, shlang) korroziyaga uchraydi. Tiobatsillalar oksidlashi mumkin bо‘lgan oltingugurtning tiklangan birikmalari ma’lum; bular – oltingugurt (S), vodorod sulfid, tiosulfat (S2O3), tritionat (S3O6), tiotsianat (CNS) va b. Oltingugurt birikmalarini oksidlashda ajraladigan energiyani tiobatsillalar о‘sish va biosintez uchun qо‘llaydi. Ularning asosiy turlari Thiobacillus turkumiga mansub, tayoqcha shaklli, gramsalbiy, mayda (1-4x0,5 mkm). Aksariyati polyar tomonlarida xivchinchali va harakatchan. Kо‘payishi binar bо‘linish orqali. Ba’zi turlari hujayra ichi membranalarining rivojlangan tarmoqlariga ega.
Nitrifikator bakteriyalar ammiakni oksidlash paytida ajratiladigan azot kislotasining ta’siri vositasida metallarda korroziya va serkovak qurilish materiallarida biozararlanish qо‘zg‘atadi. Bu jarayon 2 bosqichda о‘tadi. Birinchi bosqichni 5 ta, xususan Nitrosomonas, Nitrosococcus, Nitrosospira, Nitrosolobus va Nitrosovibrio turkumlariga mansub turlar amalga oshiradi:

NH4+ + 1,5O2 → NO2 + 2H+ + H2O + 270,7 kDj/mol


Ikkinchi bosqichda Nitrobacter, Nitrospira va Nitrococcus turkumlariga mansub turlar ishtirok etadi:


NO2 + 0,5O2 → NO3 + 77,4 kDj/mol


Har ikki bosqichda ajralib chiqqan energiyani nitrifikatorlar hujayralari о‘sishi va normal hayot kechirishi uchun ishlatadi.


Temir bakteriyalar qatoriga temirning tiklangan birikmalarini oksidlovchi va temir oksidlaridan hujayralari ustida chо‘kindi qatlami hosil qiluvchi, taksonomik jihatdan har xil guruhlarga mansub mikroorganizmlar, jumladan ipsimon bakteriyalar, sian bakteriyalari, fleksibakteriyalar va mikoplazmalar kiradi. Bularni faqat shartli ravishda (oldindan shunday qilingani uchun) litotroflar guruhiga qо‘shishadi.
Temir bakteriyalari 2 guruhga bо‘linadi. Birinchi guruhga obligat atsidofil xemolitoavtotroflar kiradi.
Organotrof bakteriyalar – biozararlanish qо‘zg‘atuvchilari
Litotrof bakteriyalar anorganik moddalar о‘zgarishi vositasida energiya olishi uchun, asosan metalllar va boshqa anorganik qurilish va sanoat materiallarida biozararlanish qо‘zg‘atadi. Organotroflar esa organik moddalarni oksidlashda hosil bо‘lgan energiyadan foydalanadi. Shu sababli ularning kо‘pchiligi organik moddalardan tashkil topgan sanoat materiallarida faol biozararlanish qо‘zg‘atuvchilardir. Shu bilan birga ulardan ba’zilari hosil qiladigan agressiv metabolitlari (organik kislotalar, ammiak, vodorod sulfid va b.) bilan metallarda korroziya qо‘zg‘atadi.
Ayniqsa neftni qayta ishlab olinadigan yonilg‘i, moylash materiallari va boshqa materiallarning bakterial parchalanishi diqqatga sazovordir.
Biozararlanishni qо‘zg‘atuvchi zamburug‘larning biologik xususiyatlari
Zamburug‘larning ba’zi morfologik, fiziologik va genetik xususiyatlari ular biozararlanishni qо‘zg‘atuvchi organizmlar orasida dominant vaziyatni egallashi uchun imkon yaratadi.
Materiallar zararlanishi uchun atrof-muhitda mikroorganizmlar bо‘lishi lozim. Zamburug‘lar yer kurrasining barcha qismlarida, tuproq, suv va havoda juda keng tarqalgan. Materiallarni zararlovchi zamburug‘larning kо‘pchiligi yuqori darajadagi kо‘payish energiyasiga ega. Misol uchun, quruq sporali (Aspergillus, Penicillium, Trichoderma va Scopulariopsis turkumlariga mansub) turlar yuz ming va millionlab konidiya hosil qiladi.
Biozararlashda mikroorganizmlar orasidagi zamburug‘larning dominant roli ularning juda boy fermentativ apparati ta’minlaydigan metabolik xususiyatlari bilan bog‘liq. Zamburug‘lar invertaza, amilaza, proteaza, lipaza, fosfataza, tannaza, -aminokislotalar oksidazasi, pektin fermentlari, polifeniloksidaza, katalaza, sellyulazalar kompleksi va boshqa fermentlarni hosil qiladi. Boshqa mikroorganizmlarga nisbatan zamburug‘larning fermentativ apparati juda boy. Uning vositasida zamburug‘lar boshqa mikroorganizmlar ishlata olmaydigan substratlarda ham har xil kimyoviy о‘zgartirishlar yuzaga keltiradi va bunday substratlarni о‘zlashtiradi. Shu sabadan ular har qanday sanoat uskunasini о‘z vaqtidan oldin ishdan chiqara oladi.
Ekologik nuqtai nazardan zamburug‘lar organizmlarning juda о‘zgaruvchan va harakatchan guruhidir. Zamburug‘lar о‘zgaruvchanligi mexanizmlaridan biri – geterokarioz. Atrof-muhit sharoitlari о‘zgarishiga javoban geterokariotik mitseliyda u yoki bu tipga mansub yadrolar soni о‘zgarishi va natijada atrof-muhitning о‘zgargan sharoitiga zamburug‘ moslashishi mumkin. Tо‘xtovsiz yangi materiallar yaratilishi va yangi biotoplar paydo bо‘lishi jarayonida zamburug‘larning bu xususiyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Mikroorganizmlar ta’sirida rо‘y beradigan bioyemirilishlar faqat qandaydir bir guruh namoyandalari emas, balki ham bakteriyalar, ham zamburug‘larni о‘z ichiga oluvchi kompleks ta’sirida amalga oshadi. Yuqorida izhor qilingan faktlar asosida, mikrobiologik shikastlanish bilan kurash choralarini ishlab chiqish jarayonida zararlanuvchi materiallarda zamburug‘ va bakteriyalarni о‘z ichiga oluvchi va har xil ekologik sharoitlarda о‘zgaruvchi assotsiatsiyalar paydo bо‘lishi mumkinligini har doim diqqat markazida tutish lozim.
Xulosa


Bugungi kunda biozararlanishga qarshi asosiy kurash sterategiyasi material va buyumlarni lokal himoya qilishdir. Shunga kо‘ra dastlabki etaplarda muammo alohida tor yо‘nalishlarda rivojlanib, deyarli bir-biri bilan bog‘lanmagan edi. Hozirgi davrda alohida yо‘nalishlar orasida aloqa bir muncha yо‘lga qо‘yildi. Biologik, kimyoviy va texnik kabi partnerlar (raqiblar) orasidagi aloqa biozararlanish muammolarini yechishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ular biozararlanishni inventarizatsiya va boshqa masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadilar.
Material va buyumlarning biozararlovchi agentlarini inventrizatsiya qilish katta ahamiyatga ega. Tirik organizmlar, zararlanish obyektlari hamda himoya usullari kiritilgan biozararlanish katalogini tuzish yangi biotsidli materiallar ishlab chiqarishda istiqbolli bashorat va tadbirlar dasturlarini yaratish uchun nihoyatda zarurdir.
Biozararlanishni aniqlash va katalogizatsiya qilish, nafaqat material va buyumlarga hujum qiluvchi tirik organizmlarning turli-tumanligi vaholanki biozararlash agentlar doirasining kengayib borishi bilan ham murakkablashadi. Yangi materiallar va biosfera yangi himoya vosita va formalaridan foydalanadi.
Bugungi kunda biozararlanishlar tо‘g‘risidagi bilimlar tirik organizmlar, materiallar va mahsulotlar tuproq, suv va yer usti muhitlari sharoitidagi “tо‘qnashuvli” о‘zaro munosabatlarining murakkab mozaikasini eslatadi. Biozararlanishlar bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik vaziyatlarining bahosi va analizi mozaika barcha yacheykalarini saralash yо‘li bilan amalga oshira olmaydi. Bu masalani, hech bо‘lmaganda kо‘zga kо‘rinadigan vaqtda, bajarilmaydigan qiladi. Jonivorlar, о‘simliklar va mikroorganizmlarni turli xil guruhlarda, materiallar va mahsulotlarning turli darajalarida, ularning bir biri bilan о‘zaro munosabatlarida biozararlanish xususiyatlari namoyon bо‘lishiga о‘xshash, parallel xosiyatlarni izlash kerak.


ADABIYOTLAR



  1. Aktualniye voprosi biopovrejdeniy / Pod red. B.V.Bocharova. M.,1983. 236 s.

  2. BiopovrejdeniY. ucheb. posobiye /Pod red. V.D.Ilicheva.-Moskva: Vissh.shk., 1987.352 s

  3. Zashita materialov i texnicheskix ustroystv ot ptits / Pod red. V.D.Ilicheva. M., 1984. 239 s.

  4. Ilichev V. D. Upravleniye povedeniyem ptits. M., 1984. 303 s.

  5. Ilichev V. D., Bocharov B. V., Gorlenko M. V. Ekologicheskiye osnovi zashiti ot biopovrejdeniy. M., 1985. 261 s.

  6. Kurs nizshix rasteniy. M., 1981. 519 s.

  7. Metodi eksperimentalnoy mikologi. Spravochnik. Kiyev: Naukova dumka, 1982, 552 s.

  8. Mikroorganizmi i nizshiye rasteniya – razrushiteli materialov i izdeliy / Pod red. M.V. Gorlenko. M., 1979. 255 s.

  9. Yakobi V. E. Biologicheskiye osnovi predotvrasheniya stolknoveniy samoletov s ptitsami. M., 1977. 166 s.

  10. Ellis M.B. Dematiaccous Hyphomycetes. CMI, Kew, Surrey, England, 1971, 608 p.

  11. Ellis M.B. More Dematiaccous Hyphomycetes. CMI, Kew, Surrey, England, 1976, 507 p.

  12. Gams W., van der A H.A ., van der Plaats A.J., Samson R.A., Stalpers J.A. CBS course of Mycology. Third edition. Inst. Of the Royal Neth. Acad. Of Arts and Sci., Baarn, 1987, 139 p.

Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin