1.Litotrof bakteriyalar – biozararlanish qо‘zg‘atuvchilari. 2. Organotrof bakteriyalar – biozararlanish qо‘zg‘atuvchilari. 3. Biozararlanishni qо‘zg‘atuvchi zamburug‘larning biologik xususiyatlari. Mikroorganizmlar ta’sirida yog‘ochlar zararlanishini о‘rganish 19 asrda boshlangan bо‘lsa, qog‘oz, kitob va hujjatlar zararlanishi 20 asrning boshlarida, sanoatda qо‘llaniladigan materiallarning zamburug‘lar bilan zararlanishi 20 asrning о‘rtalarida tadqiq qilina boshlandi. Ma’lumotlarga kо‘ra 2-nchi jahon urushi yillarida tropik mintaqalarda har xil mamlakatlar armiyalarining kо‘p aslaha-anjomlari mikroorganizmlar ta’sirida yо‘qotilgan. Shu sababdan, masalan, Yangi Gvineyada Avstraliya armiyasining brezent, chodir, kiyim, oyoq kiyim, rezinadan tayyorlangan buyumlar, elektr asbob-uskunalar, radiostansiyalar va b. butunlay yaroqsiz holga kelgan.
Materiallarga mikroorganizmlardan zamburug‘lar eng katta zarar yetkazishi isbotlangan
Litotrof bakteriyalar – biozararlanish qо‘zg‘atuvchilari Litotroflardan biozararlanishning eng faol namoyandalari sulfattiklovchi, tion, nitrifikator va temir bakteriyalaridir. Ular qо‘zg‘atadigan metallar korroziyasi, beton, tosh, g‘isht va boshqa materiallar yemirilishining о‘lchami g‘oyat katta.
Sulfattiklovchi (sulfatreduksiya qiluvchi, desulfatlovchi) bakteriyalar (STB, DSB) – pо‘lat, temir va alyuminiyda asosiy anaerob korroziya qо‘zg‘atuvchilaridir. Taxmin qilinishicha, ular qо‘zg‘atadigan korroziyaning mexanizmi ushbu bakteriyalar hayot kechirishi davrida hosil bо‘ladigan qattiq temir sulfidi katod depolyarizatsiyasini jadallashtirishi yoki bakteriyalar polyarizatsiyalangan vodorodni iste’mol qilishidir.
kо‘payadi;
Har xil darajada bioparchalangan neftdagi о‘zgarishlar