1. Lizing operatsiyalari va uning asosiy elementlari Lizing shartnomasi va turlari



Yüklə 86,51 Kb.
səhifə5/10
tarix08.04.2023
ölçüsü86,51 Kb.
#95014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 Lizing operatsiyalari va uning asosiy elementlari Lizing shar (2)

2. Lizing shartnomasi va turlari


Lizing shartnomasi yozma ravishda tuziladi. Lizing shartnomasida uning shakli, turi va tuzilishi aniqlanadi. Lizing shartnomasi boshqa lizing subyektlari bilan majburiy va birga keladigan shartnomalarni tuzish orqali vujudga keladi.
Majburiy shartnomalarga pul mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risidagi shartnoma, garov shartnomasi, kafolat shartnomasi, kafi llik shartnomasi va boshqalar kiradi.
Lizing shartnomasida quyidagi muhim shartlar bo‘lishi kerak:

  • lizing predmetining aniq ta’rifi , ya’ni shakli, turi va boshqalar;

  • beriladigan egalik huquqining hajmi, ya’ni ko‘p yoki kam-lik;

  • lizing predmetini berish tartibi va joy nomi;

  • lizing shartnomasining amal qilish muddati;

  • lizing predmetining balans hisobi tartibi;

  • kompleks lizing shartnomasiga asosan lizingni amalga oshi-ruvchi tomonidan taklif qilinadigan qo‘shimcha xizmatlar ro‘yxati;

  • lizing shartnomasining umumiy summasi va lizingni amalga oshiruvchiga beriladigan mukofot hajmi;

  • hisob-kitob tartibi (to‘lovlar grafi gi);

  • lizingni amalga oshiruvchi va qabul qiluvchining majbu-riyatlarini aniqlash, risklarni hisobga olgan holda lizing predmetini qayta sug‘urtalash (agar shartnomada boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa).

Lizing shartnomasiga asosan lizingni amalga oshiruvchi:

  • moliyaviy yoki aralash lizingni amalga oshirganda belgilan-gan sotuvchidan o‘z ixtiyoriga belgilangan mulkni, belgilangan to‘lov uchun yoki oldin qo‘lga kiritilgan mulkni aniq muddatga, belgilangan shartlar asosida lizing predmeti sifatida lizingni qabul qiluvchiga topshirish;

  • lizing shartnomasi tarkibidan kelib chiqadigan boshqa maj-buriyatlarni bajarish;

  • lizing shartnomasida majburiy tartibda lizing shartnoma-sini va mulk hisob-kitobini tugatilishiga olib keluvchi, tomonlarning e’tirozisiz qabul qilingan majburiyatlar ko‘rsatilishi kerak.

Lizing shartnomasi lizingni amalga oshiruvchi tomonidan liz ing muddatini cho‘zish yoki shartnoma shartlari o‘zgarishini ko‘zda tutishi mumkin.
Agar shartnomada lizing predmetiga pul mablag‘larini investitsiya qilinganligi va lizingni qabul qiluvchiga lizing predmetining berilishi haqida ko‘rsatmalar bo‘lsa, uning lizing shartnomasi deb baho beriladi.
Lizing predmeti hamma buyumlari, jihozlari va hujjatlari (texnik pasporti va boshqalar) bilan birga beriladi (agar lizing shartnomasida boshqa holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa).
Lizing predmeti ishdan chiqqan holda sotuvchi kafolat xizmatini bajarishi lozim (agar bu lizing shartnomasida ko‘zda tutilgan bo‘lsa).
Lizing predmetini o‘rtacha va joriy ta’mirlash hamda texnik xizmat ko‘rsatilishi lizingni qabul qiluvchi hisobiga amalga oshiriladi, asosiy (kapital) ta’mirlash esa lizingni amalga oshiruvchi tomonidan bajariladi (agar lizing shartnomasida boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa).
Lizingning turli shakllari mavjud. Qo‘llanilish ko‘lami, mintaqasi bo‘yicha lizing: ichki va xalqaro bo‘lishi mumkin. Ichki lizingni amalga oshiruvchi, lizingni qabul qiluvchi va sotuvchi O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblanadilar.
Muddati bo‘yicha lizinglar quyidagilarga bo‘linadi:

  • uzoq muddatli (3 yilgacha) – haqiqiy lizing;

  • o‘rta muddatli (l,5 yildan 3 yilgacha) – xayring;– qisqa muddatli (l yilgacha) – renting.

Turi bo‘yicha lizing quyidagicha bo‘linadi; – moliyaviy;

  • operativ (tezkor).

Moliyaviy lizingda lizingni amalga oshiruvchi qabul qiluvchining ko‘rsatmasiga binoan ko‘rsatilgan mulkni aniq sotuvchidan olib, mulkni unga lizing predmeti sifatida belgilangan to‘lov asosida, belgilangan muddatga va belgilangan shartlar asosida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishga berish tushuniladi.
Bunda lizing muddatining davomiyligi lizing predmetining umumiy amortizatsiyasi muddatiga teng yoki undan oshib ketishi mumkin.
Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugashi bilan liz ing predmeti lizingni qabul qiluvchining ixtiyoriga o‘tadi. Mol iyaviy lizing to‘g‘ri va qaytadigan bo‘ladi. To‘g‘ri lizing li zingni qabul qiluvchi ega bo‘lgan texnik imkoniyatini qayta jihozlashga muhtoj bo‘lganda afzaldir.
Lizingni amalga oshiruvchi bu kelishuv bo‘yicha 100 % miqdorda olinadigan mulkni moliyalashtiradi.
To‘g‘ri moliyaviy lizing quyidagi chizma bo‘yicha amalga oshiriladi.
7-chizma


  1. Lizing kompaniyasi fi rma tomonidan lizingni qabul qiluvchi va sotuvchi uch tomonlama ijara haqidagi shartnomaning tuzilishi.

  2. Lizingni qabul qiluvchiga asosiy vositalarini yetkazib be rish.

  3. Lizing fi rmasi sotuvchiga asosiy vositalar qiymatini to‘la beradi.

  4. Lizingni qabul qiluvchi lizing fi rmasiga ijara to‘lovlarini to‘lab beradi.

Lizing kelishuvining mexanizmi quyidagicha: xo‘jalik subyektiga asosiy vosita (belgilangan mulk) zarur. U sotuvchini (ishlab chiqaruvchi zavodni) topadi va lizing fi rmasiga asosiy vositaning qiymati, texnik ko‘rsatkichlari va ishlatish usullari haqida ma’lumot beradi.
Lizing kompaniyasi sotuvchiga asosiy vositalarining qiymatini to‘lab beradi va uni lizingning oxirgi muddatida sotib olish huquqi bilan xo‘jalik subyektiga ijaraga berish to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Bir vaqtning o‘zida lizing fi rmasi sotuvchi bilan asosiy vositalarni sotib olish to‘g‘risida shartnomani ham tuzadi.
Asosiy vositalar xo‘jalik subyektiga bevosita sotuvchi tomonidan kelib tushadi.
Lizing qabul qiluvchi lizing shartnomasiga asosan lizing fi rmasiga to‘lovlarni amalga oshiradi.
Qaytadigan lizing moliyaviy lizingning bir turi bo‘lib, unda liz ing predmetini sotuvchi bir vaqtning o‘zida lizing qabul qiluvchi sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Mohiyatan qaytadigan lizing operatsiyalari deganda, lizing qa bul qiluvchining qo‘shimcha moliyaviy resurslarini o‘z asosiy fondl arini garovga qo‘yish yo‘li bilan jalb qilishi tushuniladi. Bu esa kredit operatsiyalarining muqobili sifatida qaralishi mumk in. Qaytadigan lizingning o‘ziga xos jihati shundaki, lizingni amalga oshiruvchi lizingni qabul qiluvchiga mulkni olib shu vaqtning o‘zida shu mulkni uning o‘ziga lizingga beradi. Shunday qilib, kor xona qaytadigan lizingda moliyaviy mablag‘larga ega bo‘ladi, qaytarish kafolati esa lizingni amalga oshiruvchiga berilgan o‘zining shaxsiy mulki hisoblanadi. Bank amaliyotida qaytariluvchi liz ingning mohiyati shundaki, bank korxonadan asbob-uskunalarni sotib oladi va keyin unga bu asbob-uskunani ijaraga beradi. Shunday qi lib sotuvchi ijaraga oluvchi hisoblanadi. Banklar amaliyotida mijoz kreditni qaytara olmaganda, uning garovga olgan mol-mulkini kreditning qaytishi sifatida qabul qilgandan keyin, uni boshqa mijozga lizingga berish mumkin.
Operativ lizingda esa lizingni amalga oshiruvchi mulkni tav akkalchilik qilib sotib oladi va keyin uni lizingni qabul qiluvchiga lizing predmeti sifatida belgilangan to‘lov shaklida, belgilangan muddatga va belgilangan shartlar asosida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishga beradi. Lizing muddati shartnoma asosida belgilanadi.
Lizing qabul qiluvchi operativ lizingni quyidagi 2 holatda tanlaydi:

  • lizing mulki vaqtinchalik kerak bo‘lganda, masalan bir mar-talik ishlarni bajarishga yoki individual loyihani amalga oshirish uchun;

  • ijaraga berilayotgan mulk tez ma’naviy eskirishga uchragan-da, operativ lizingning muddati tugaganda, yanada mukammalroq, foydaliroq mulk paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollarda qo‘llanishi mumkin.

Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, lizing to‘g‘ri investitsiyalar qatoriga kiradi, chunki lizingni qabul qiluvchi lizingni amalga oshiruvchiga material va pul shaklida amalga oshirilgan investitsion xarajatlarni (ushlovlarni) va mukofotlarni to‘lab borishi kerak. Investitsion xarajatlar va mukofotlar summasi lizing shartnomasining umumiy summasini tashkil etadi.
Lizing to‘lovlarining hajmi, shakli va davriyligi lizing shartnomasida belgilanadi.
Shartnomada lizing to‘lovlarini lizing predmeti ishlatilgan vaqtdan boshlab, 180 kundan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi ko‘zda tutiladi.

Yüklə 86,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin