1. Lizing operatsiyalari va uning asosiy elementlari Lizing shartnomasi va turlari



Yüklə 86,51 Kb.
səhifə7/10
tarix08.04.2023
ölçüsü86,51 Kb.
#95014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 Lizing operatsiyalari va uning asosiy elementlari Lizing shar (2)

Minimal to‘lovlar usuli. Bu usul bo‘yicha lizing uchun to‘lovlar quyidagi formula asosida bajariladi:
T = A + K + M + K1 + S.
T – lizing to‘lovlarining umumiy summasi;
A – lizing mulki bo‘yicha amortizatsiya chegirmalari;
K – lizingni amalga oshirgan tomondan kredit resurslarini ishlatganligi uchun to‘lovlar, so‘mda;
M – lizing shartnomasi bo‘yicha lizingni amalga oshiruvchi to- monidan taqdim etilgan mulk uchun komission mukofotlar, so‘mda;
K1 – shartnoma asosida lizingni amalga oshiruvchi tomonidan lizingni qabul qiluvchiga taqdim etiladigan qo‘shimcha xizmatlar qiymati.
S – qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), so‘mda.
Misol.
Lizingga beriladigan jihozning qiymati 400 ming so‘m. Lizing muddati – 2 yil, amortizatsiya normasi – 15 %, kredit uchun foiz – yillik 20 %. Shartnoma bo‘yicha kelishilgan stavkadagi lizingni amalga oshiruvchining komission mukofotlari – 4 % (jihozlarning yillik qiymati bo‘yicha) lizingni amalga oshiruvchi lizingni qabul qiluvchiga jihozlarni eltib berish, montaj qilish va xodimlarni o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha 10 ming so‘mlik xizmat ko‘rsatadi. Jihozlarni realizatsiya qilishdan kelgan tushum uchun 20 % QQS stavkasi.
Yillik amortizatsiya chegirmalari summalari. A = 15 % × × 400 = 60 ming so‘m.
Lizingni amalga oshiruvchi tomonidan kredit resurslaridan foydalanganligi uchun to‘lov quyidagicha hisoblanadi:
Lizingning birinchi yili – yil boshida jihozlarning qiymati 400 ming so‘m va yil oxirida 340 ming so‘m (400–60).
Kredit resurslarining o‘rtacha yillik qiymati:
(400 + 340) : 2 = 370 so‘m.
To‘lov:
K=20 % + 370 = 74 ming so‘m.
Lizingning 2-yili. Kredit resurslarining o‘rtacha yillik qiymati:
(340 + (340 – 60)) : 2 = 310 ming so‘m.
To‘lov:
K = 20 % × 310 = 62 ming so‘m.
Komission mukofotlarning yillik summasi:
M = 4 % × 400 = 16 ming so‘m.
Qo‘shimcha xizmatlar uchun yillik to‘lov.
K = 10 : 2 = 5 ming so‘m.
QQS:
Lizingning birinchi yili, yillik tushum (K + M + K), 74 + 16 + 5 = 95 ming so‘m.
Lizingning ikkinchi yili yillik tushum (K + M + K), 62 + 16 + 5 = 83 ming so‘m.
QQS = 20 % × 83 = 16,6 ming so‘m.
Lizing to‘lovining summasi (yig‘indisi): lizingning birinchi yili:
T = 60 + 74 + 16 + 5 + 19 = 174 ming so‘m.
Lizingning ikkinchi yili.
T = 60 + 62 + 16 + 5 + 16,6 = 159,6 ming so‘m.
Lizing shartnomasi intellektual mulkka egalik qilish huquqini qo‘lga kiritishni (nou-xau, litsenzion huquq, tovar belgisi, markasi huquqi va boshqalar), shef-montaj ishlarini amalga oshirishni, kafolat bergandan keyingi xizmat va ta’mirlash ishlarini va boshqalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Lizing shartnomasi qatnashchilari kelishuv asosida li zing predmeti bo‘yicha tezlashtirilgan amortizatsiyani hisoblashni qo‘llashlari mumkin. Bunda amortizatsiyani hisoblash usuli bo‘yicha amortizatsion chegirmalar normasi 3 dan katta bo‘lmagan tezlashtirilgan koeffi tsiyentga ko‘payadi.

Yüklə 86,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin