1. Logistik strategik reja tuzish bosqichlarini tushuntiring



Yüklə 18,77 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü18,77 Kb.
#42598
botirova logistika


18-Variant

1.Logistik strategik reja tuzish bosqichlarini tushuntiring.

2.Logistikani o'rganish ob'ekti nima va u qanday parametrlar bilan tavsiflanadi?

3.Logistika transport tizimiga qanday ta'sir qiladi?

1 . Logistikaning rejalashtirish vazifalari — logistik faoliyatning kelajakdagi aniq parametrlarini belgilovchi loyihalar ishlab chiqilishi natijasida korxona logistik tizimining maqsadi amalga oshadi. Logistikani rejalashtirish — tartibga solingan, kelajakda maqsadga erishish parametrlarini belgilovchi logistik ma’lumotlarni qayta ishlashga asoslangan logistik loyiha ishlab chiqish jarayoni. Konseptual rejalashtirishning maqsadi — korxona resurslarim ko'psonli tarqoq harakatlarga sochilishining oldini olish.

Rejalashtirish bosqichlari:



  • maqsadlarni ifodalash;

  • muammolarni qo‘va bilish;

  • variantlarni izlash;

  • oldindan aytib berish;

  • baholash va qaror qabui qilish.

Muddatlarga ko‘ra rejalashtirish turlari:

strategik rejalashtirish — biznesning amaldagi saviyasini ko‘tarib turgan shakli va usuliga, muntazam ravishda o'zgarib turgan tashqi muhit sharoitida rivojlanishiga tegishli. Strategik izchillashtirishda faqatgina yirik va strategik, 10 yildan 20 yilgacha vaqt oralig‘iga bog‘liq bo'lgan maqsadlar ifodalanadi;

uzoq muddatli rejalashtirish — investitsiya rejalari va iste’molchilarga xizmat ko'rsatish dasturlari tuziladi. 10 yilgacha bo‘lgan vaqt qamrab olinadi;

o‘rta muddatli rejalashtirish — uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Bunda rejalashtirishning moliyaviy, iqtisodiy, texnik va texnologik jihatlari hisobga olinadi. Bunday rejalashtirishning vaqt bilan belgilanadigan oralig'i (besh yil atrofida) investitsiyaga, ayniqsa asbob-uskunalar va bino tayyorlash, maxsus jihoz tayyorlatish uchun vaqtga ehtiyoj borligi bilan izohlanadi;

o‘zgaruvchan qisqa muddatli rejalashtirish.

Faoliyat sohasi bo‘yicha rejalashtirish turlari:



  • savdoni rejalashtirish;

  • materiallarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish;

  • mahsulot sotib olishni rejalashtirish;

  • ishlab chiqarishni rejalashtirish.

Rejalashtirish tizimiga qo‘yiladigan talablar:

hujjat bilan ta’minlanishi — rejali hisob-kitoblarni kelishish davmida reja bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish uchun rejaning asosiy tarkibiy qismlari hujjatlashtirilgan bo‘lishi lozim;

mukammallik,

aniqlik — rejlashtirish obyektlarining xususiyatiari qay darajada aniq o'lchanishi lozimligini to‘g‘ri tanlash hamda rejaning qismlari va mazmunini aniqlash muhimdir.

muvofiqlik — rejalashtirish tizimining barcha alohida rejalari yaxlit holga keltiriladi va muvofiqlashtiriladi. Muvofiqlik eng avval rejaning tarkibiy qismlariga va alohida rejalar o'rtasidagi bog‘lqlikka tegishli. Rejalarning mazmuni jihatidan maqsadlar, prognozlar, tadbirlar, mablag‘lar, rejalar va muddati uchun mas’ul shaxslar harakati muvofiqlashtiriladi. Alohida rejalarning zarurligi, shoshilinchliligi, iyerarxiyaligi, izchilligi va o'zgaruvchanlik darajasi yuzasidan muvofiqlashtirilishi talab etiladi. Rejalarning yaxlit holga keltirilishi turli darajadagi rejalar muvofiqligini o‘z ichiga oladi.

Rejalar muvofiqligi — biron darajadagi rejalaming muvofiq- lashtirilishi butun bir tizim faoliyatini rejalashtirish, ya’ni logistik ish tartibini bajarishga qaratilgan bir-biri bilan bog'liq materiallar oqimini qayta ishlash, standart va texnik sharoitlar rejalarini ishlab chiqish demakdir.

Iqtisodiy rejalashtirish narxiar, baholar, ish haqi va boshqa xarajatlarning umumiy tendensiyasini baholashda zamr bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Tarmoqli rejalashtirish tarmoq modellarini va jadvallarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.

Logistika vazifalari korxonaning umumiy biznes-rejasiga kiri- tilishi lozim. Shu tariqa bozor sharoitini tahlil etish va ish harakati uslubini belgilash jarayonida xaridorlar talabini aniqlash va taqsimlash vositalarini tanlash zarur bo'ladi. Ish harakatining boshqa turlarini baholash va keyinchalik ko'proq raqobat ko‘rsatayotgan strategiyani aniqlash jarayonida tovarlarni yetkazib berish, saqlash va harakatlantirish bilan bogliq omillar hisobga olinishi kerak. Kompaniyalar aksariyat hollarda uyushgan rejalashtirishga logistika masalalari kiritmaydi va shuning uchun foyda olmaydi. Buning sababi materiallar oqimi boshqaruvi jarayonining o'zgaruvchan mohiyatidadir. Bunday korxonalarda logistikani ta’minot bilan tenglashtiradilar, qisqa muddatli omil sifatida izohlaydilar, uzoq muddatli rejalashtirish bilan kamdan-kam bog‘laydilar.

Yuqori o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lgan logistika ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli omil bo‘lgani sababli ular orasidagi irqni belgilash juda murakkab. Biroq logistikaga qilinadigan moliyaviy va moddiy xarajatlar miqdori, shuningdek, logistikaning korxona raqobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatish darajasi bunday farqni aniq belgilashni talab etadi, ayniqsa, umumiy biznes-rejaga logistika elementlari kiritilishi zarur bo‘lgan hollarda.

2. Logistika murakkab ishlab chiqarish-sotish komplekslarini o‘rganadi, bu kompleksiar ta’minot, asosiy ishlab chiqarish, tran­sport va sotuv sohalarida tashkuiy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi. Bu kompleksiarning o‘ziga xos xususiyatiari quyidagilardan iborat: asosiy vositalar va ishchi guruhlarning katta maydonga tarqalganligi; texnik vositalar asosiy qismining yuqori fond sig‘imi; logistik tizim elementlari ba’zilarining mobilligi va boshqalarining ma’lum jug‘rofik mintaqaga qattiq bog‘liqligi; katta miqdordagi aralash tizimostilar (yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilar, resurslarni yetkazib beruvchilar va hokazo) ishining natijasiga bog‘liq. Ко‘rib chiqilgan xususiyatlar logistik tizimda moddiy va axborot oqimlarining o‘tishiga va hajmiga ta’sir qiladi hamda material o‘tkazuvchi zanjirning alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida yuzaga keladigan tashkiliy va iqtisodiy munosabatlar tabiatini aniqlaydi. Fan sifatida logistikaning predmeti bo‘lib tovar harakati sohasida xarid, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bosqichlaridagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar xizmat qiladi. Logistika fan sifatida logistik tizimlarni tashkil etishning umumiy xususiyatiarini, qonun va qonuniyatlarini o‘rganadi. Logistikaning fan sifatida tuzilmasi bo‘lib tovar harakati jarayoniga tegishli bo'lgan qonuniyatlar va aloqalarni oTnatish hisoblanadi. Bu moddiy va axborot oqimlarini boshqarishning samarali shakl va uslublarini amaliyotda aniqlash va qo‘llash maqsadida amalga oshiriladi. Logistika fanining umumiy uslubi bo‘lib tadqiqotning dialektik uslubi hisoblanadi. Aniq masalalar yechimini topish uchun fanda tizimli yondashuv, amallarni tadqiqot qilish uslublari va tizimlar iyerxariyasidan foydalaniladi.



3. Taqdimotni tashkil etish bilan shug'ullanadigan fanning bo'limi transport deb ataladi. Transport logistikasi asoslari oltita asosiy qoidada ko'rsatilishi mumkin:

  1. tashish uchun optimal transport rejimini tanlash;

  2. transport usulini tanlash;

  3. tashuvchini tanlash, boshqa logistika hamkorlari bilan shartnomalar tuzish;

  4. etkazib berish yo'nalishlarini qurish;

  5. transport va saqlash jarayonlarini birlashtirish;

  6. tovar ayirboshlash jarayonining parametrlarini optimallashtirish (xarajatlarni kamaytirish, transport tezligini oshirish).

Yüklə 18,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin