1. Lombard tashkilotlari faoliyatini tashkil etish asoslari Markaziy bankning lombard tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish mexanizmi II bob


MIKROMOLIYA TASHKILOTLARI VA LOMBARDLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA



Yüklə 53,57 Kb.
səhifə9/12
tarix25.10.2023
ölçüsü53,57 Kb.
#161303
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu; Lombardlar tashkil qilish va ular faoliyatini nazorat qil-fayllar.org

2.MIKROMOLIYA TASHKILOTLARI VA LOMBARDLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan ko‘char mol-mulklarni (ashyolarni) lombardda garovga qo‘yish, saqlash, lombarddan talab qilib olinmagan ashyolarni sotish hamda undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Lombard, zarur hollarda, garovga yoki vaqtinchalik saqlashga topshirilayotgan mol-mulkka (ashyoga) egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki boshqa dalillarni talab qilishga haqli.



Lombardlar tomonidan mikroqarzlarni rasmiylashtirish va berish tartibi
45. Garov asosida mikroqarzning berilishi lombard bilan jismoniy shaxs o‘rtasida tuziladigan mikroqarz shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Lombardda mol-mulklarni garovga qo‘yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi garov pattasini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
46. Mikroqarz olish uchun lombardga garovga topshiriladigan mol-mulk tomonlar kelishuviga asosan baholanadi.
47. Lombard quyidagilarni bajarishi shart:
garov narsasini xavfsiz saqlash uchun choralar ko‘rishi;
garov narsasi yo‘qolishi xavf-xatari paydo bo‘lganligi yoki shikast yetkazilganligi to‘g‘risida garovga qo‘yuvchiga darhol xabar berishi;
mikroqarz shartnomasining shartlari bajarilganida garov narsasini mulk egasiga yoki uchinchi shaxsga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mulk egasining ishonchnomasi asosida darhol qaytarishi;
garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi foydasiga sug‘urtalashi;
garovga qo‘yuvchining talabiga asosan mikroqarz shartnomasidan kelib chiqqan majburiyatlarning garovga qo‘yuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan qisman yoki to‘liq bajarilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma berishi.
48. Garovga qo‘yilgan ashyolarni sotishdan tushgan summa, agar shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, mikroqarz, u bo‘yicha hisoblangan foizlar, neustoyka, ijro muddati o‘tganligi natijasida yuzaga kelgan zararlarni qoplash, shuningdek, saqlash va sug‘urta uchun to‘lov, garovga olingan mol-mulkni sotish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qaratiladi. Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning talablari miqdoridan oshsa, tafovuti garovga qo‘yuvchiga qaytariladi.

Yüklə 53,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin