1.Loyihalash asoslari fanining maqsad va vazifalari.
2.Bino va inshootlar qurishda konstruktiv elementlar nimalardan iborat va ularning qurilayotgan inshoot echimidagi o’rni.
Binolaming konstruksiyalari, ularning nomi va vazifalari quyida
keltirilgan:
1. Poydevorlar — binoning yerosti qismi bo'lib, ular bino og‘irligini
o'ziga qabul qilib, uni asosga uzatuvchi konstruksiyalardir.
2. Devorlar — o‘z vazifasiga va joylashishiga ko'ra ichki va tashqi
to‘siq, ya’ni xonani tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi yoki xonalami
bir-biridan ajratib turuvchi eiementlar.
Devorlar yuk ko'tamvchi va yuk ko'tarmaydigan turlarga bo'linadi.
Yuk ko'tamvchi devorlar yuqorida joylashgan konstruksiyalar, jihozlar,
mebellar va shu kabilardan tushadigan og'irlikni ko'tarib turadi. Ham
ichki, ham tashqi devorlar yuk ko'tamvchi bo'lishi mumkin. Binolami
kichik-kichik xonalaiga ajratuvchi to'siq (parda) devorlar yuk ko'tarmaydigan
hisoblanadi. Bunday devorlar, odatda, poydevorsiz bo'ladi. To'siq vazifasini
o'tovchi devorlar poydevorlarga yoki poydevor to'siniga tayanib, o'zini
ko'tarib turuvchi va ustunlarga ilingan osma devorlar tarzida ham bo'lishi
mumkin.
3. Alohida tayanchlar - tom yopmasi va oraliq yopmalardan tushayotgan
yukni poydevorga uzatuvchi vertikal vaziyatdagi yuk ko'tamvchi elementlardir
(ustunlar, tirgaklar).
4. Qavatlararo yopmalar — binoning ichki bo'shlig'ini qavatlarga bo'ladi
va ustunlarga maxsus mahkamlangan rigel yoki «progon xari» deyiluvchi
to'sinlarga yotqiziladi, ayrim hollarda esa to'g'ridan-to'g'ri ustunga
mahkamlanadi.
3.Qishloq joylarida uy-joy qurilishiga qo’yiladigan oziga xos talablar.
Qishloq joylarida Mahalliy devor materiallari orasida ma’lum darajada birikkan, kuydirilgan tuproqlardan qilingan devor materiallari tabiiy toshlar bilan bir qatorda turadi. Bu materialdan asosan o'rmonsiz, quruq iqlimli va yozi uzoq bo'lgan rayonlar ( 0 ‘rta Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Qrim, Ukraina)da uylar quriladi. Tuproq materiallaridan devorlar quyma (maxsus qoliplar yordamida) yoki oldindan tayyorlangan yig'ma tuproq bloklardan ko'tariladi. Bunday devorlarga to'ldiruvchisiz toza loydan quyilgan xom g'ishtlardan, somonli loydan tayyorlangan xom g'ishtlardan ko'tarilgan devorlar misol bo'ladi. Bunday devorlami suvga chidamliligini oshirish uchun ularga ohak, saqich yoki qatron qo'shiladi. Bunday bloklar terrolitli deb ataladi. Tuproq bloklar terilgandan so'ng 5% gacha, quyma devorlarda 18% gacha hajmi kichrayishini nazarda tutish kerak.
4.Turar joy binolarining klassifikatsiyasi .
Standartlashtirish, tiplashtirish va unifikatsiyalashtirish deganda nimalarni tushunasiz.
Turar uy-joylar o‘zining har xil xususiyatlariga qarab quyidagilarga bolinadi
A) aholini joylashtIrish usuliga qarab uy-joylar 2 guruhga bo'linadi
1. qishloq tipidagi hovlili uylar;
2. shahar tipidagi hovlili uylar;
3. kam qavatli uylar;
4. o'rta qavatli uylar;
5. ko’p qavatli uylar;
6. baland qavatli uylar;
7. bolalar intemati;
8. yoshlar yotoqxonasi;
9. oilali yoshlar yotoqxonasi;
10. qariyalar uyi;
11. kommunal mehmonxonalar;
12. turistlar mehmonxonasi
13. tranzit mehmonxonalar;
14. yil bo'yi dam olish uylari;
15. mavsumiy dam olish uylari;
16. kundalik dam olish uylari;
17. pansionatlar.
5.Loyiha topshirigi nima ekanligini ayting.
Loyiha vaqt va resurs cheklovlari sharoitida aniq belgilangan maqsadlarga erishish uchun o'zaro bog'liq harakatlar va qarorlarning yig'indisidir. Har bir loyiha noyob mahsulot, xizmat yoki natija yaratishga qaratilgan.
Shunday qilib, loyihani boshqarish barcha loyihalarni yaratish, ishlarni rejalashtirish, prognoz qilish va amalga oshirishni o'z ichiga oladi.
Loyihani rejalashtirish doirasida quyidagilar nazarda tutiladi:
— ish jadvalini tuzish (bajarilgan ishlarning davomiyligi va o'zaro bog'liqligi belgilanadi);
— resurslarni taqsimlash;
— loyihani amalga oshirish xarajatlarini hisoblash;
— taqsimlangan manbalar bilan asosiy loyiha rejasini yakuniy shakllantirish.
Loyihani boshqarish - bu loyiha rahbari yoki loyiha menejerining javobgarligiga kiradi.
Qurilish loyihalarini to'liq tavsiflovchi ko'rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
— qurilish loyihalarining sifat darajasi;
— yangilik darajasi;
— raqobatbardoshlik darajasi.
Sifat darajasi bu holatda uchta pozitsiyadan ko'rib chiqiladi: birinchidan, tugallangan obyektni ishlatish paytida ko'rib chiqiladigan va baholanadigan qurilish ishlarining sifati. Ikkinchidan, mijoz uchun ham, oxirgi foydalanuvchi uchun ham iqtisodiy samaradorlik va foyda. Uchinchidan, loyihaning me'yoriy sifati - bu davlat va mahalliy qonunchilik va ijro etuvchi organlar tomonidan belgilangan loyiha hujjatlari talablariga muvofiqlik darajasi.
Loyihaning innovatsionligi - bu uning yangiligi va qabul qilingan standartlardan farqliligi, ammo anologning xususiyatlarini saqlab qoluvchi, istemolchilik va iqtisodiy ahamiyatiga salbiy ta’sir etmasligi lozim.
6.SHaharsozlikda turar joy binolari va jamoat binolarini joylashtirishda qo’yiladigan talablar.
Shahar, turarjoy hududiga yoki alohida turarjoy uyiga yer maydonini
tanlash o'ta mas’uliyatli ishdir, chunki bu yerda aholining yashashi uchun
hamma shart-sharoit mavjud bo'lishi va kelgusi avlodlaming yashashlarini
hisobga olish zarur. Shaharsozlik masalasi yuqori kursda alohida o'tiladi.
Shuning uchun, biz faqatgina shaharsozlikni alohida turar uy-joy uchun
yer maydoni sathi balandroq, suv to'planmaydigan, yerga suv shaxobchalari o'tkazish va ko'kalamzorlashtirish imkoniyatiga ega bo'lgan, undan
tashqari sanoat va ishlab chiqarish korxonalaridan sanitariya-gigiyenik jihatdan uzoqroq masofada bo'lishi kerak.
Shuningdek, bino boshqa turarjoy va jamoat binolaridan, ma’lum bir
joyda joylashgan quyoshga nisbatan yaxshi qaratilgan bo'lishi va yaxshi
shamollatilishi kerak. Uy bundan tashqari ko'cha shovqinidan ma’lum bir
uzoq masofada joylashtirilishi, ko'chaning qizil chizig'idan ko'kalamzor va
shovqindan saqlanadigan to'siqlar orqali ajratilishi kerak.
8.Galereyali turar joy binolarining turlari , ularning afzalliklari va kamchilik tomonlari.
10.Binoning hajmiy- rejaviy va konstruktiv echimlari deganda nimani tushunasiz.
Binoning hajmiy va konstruktiv echimini aniqlash, alohida kon-struktiv
elementlarning binoda joylashish holatini ko‘rsatish maq-sadida qirqim chiziladi.
Qirqim binoning xayolan vertikal tekislik bilan kesib qaralganda ko‘rinadigan
tasviridir. Qirqimning bino planidagi o‘rni undagi derazalar, tashqi darvozalar va
eshiklar, zina-lar qirqimga tushadigan qilib belgilab olinadi. Agar belgilangan asosiy
qirqimda bino ayrim uchastkalarining o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatish imkoni
bo‘lmasa, qirqim binoning biror qismi uchun chizi-lishi mumkin.
Qirqimlarni bino planidagi holatiga qarab ko‘ndalang va bo‘ylama qirqimlarga
ajratiladi. Qirqim tekisligi oddiy (bitta tekislikdan iborat) yoki pog‘onasimon
(binoning turli qismlarini kesgan o‘zaro pa-rallel tekisliklardan tashkil topgan)
bo‘lishi mumkin. Odatda, oddiy qirqim tekisligidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Qirqim tekisligiga qarash yo‘nalishi, odatda, planda pastdan yuqo-riga va
o‘ngdan chapga qabul qilinadi. Bino ko‘ndalang qirqimini chiz-ganda qirqim
tekisligini tomning bo‘ylama progoniga perpendikulyar qilib o‘tkaziladi. Bo‘ylama
qirqim esa, unga parallel qilib belgilana-di.
Qirqimlar arxitekturaviy va konstruktiv qirqimlarga bo‘linadi. Arxitekturaviy
qirqim, odatda loyihalashning loyiha bosqichida ba-jariladi. U bino loyihasining
kompozitsiyasini aniqlab olishga xiz-mat qiladi. Bunday qirqimda xonalarning,
deraza va eshik o‘rinlari, sokol va boshqa me’moriy elementlarning balandligi
ko‘rsatiladi. CHordoq yopmasining qalinligi, tom konstruksiyasi va poydevor ko‘rsatilmaydi.
12.Sektsiyali turar - joy binolari va ularning turlari.
Seksiyali turar-joy uylari qavatlar, uzunligi hamda konfiguratsiyasi bo‘yicha farq qiladigan bir tipli bir nechta blok-seksiyalardan tashkil topadigan binodir.
Cekstiya (bo‘linma) deb bir guruh xonadonlarni zinapoya yoki lift tuguni atrofidagi to‘plamga aytiladi. Har bir qavatda ikki, uch yoki to‘rt xonadon birlashib seksiyani, ya’ni uning yirik bir to‘plamini tashkil etiladi.
Seksiyalarning tarhiy yechimi xonadonlar soniga qavatlardagi zinapoya tuguni maydonchasiga chiqiladigan joyga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p sonli a’zolarga ega bo‘lgan oilalarni bir, ikki, uch xonali (kichik va o‘rta kattalikdagi oilalar uchun) xonadonli bloklashtirilgan uylarga joylashtirishni e’tiborga olgan holda bitta qavatga uch yoki to‘rtta blok seksiyalarni ishlab chiqish tavsiya etiladi.
Xonadonlarning oriyentatsiyasi insolyatsiya talablariga javob bermog‘i lozim, ya’ni bir-, ikki-, uch xonali xonadonlarning kamida bitta xonasiga quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishini ta’minlash taqozo etiladi.
Bino hajmini ratsional yechish ko‘pincha minimal issiqlik yo‘qotuvchanlikni ta’minlash orqali aniqlanadi. Bunga korpus enini kattalashtirish, tabiiy yorug‘lik tushishiga ehtiyoj sezilmaydigan xonalarni o‘rta qismga joylashtirish bilan erishish mumkin, bunda yashash xonasining enini tashqi devorlarga biriktirish taqozo etiladi
16.Kam qavatli binolar,ularning turlari, shahar va qishloq sharoitida ularga qo’yiladigan talablar.
Ko‘p xonadonli uylardan farqli ravishda, kam qavatli qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uylar yuqori gigiyenik sifatlarga ega, bular yashash talablariga to‘liqroq javob beradi. Xonadonlar katta yorug‘lik frontiga ega bo‘lib – barcha tomondan yoki ikki xonadonli uylarda uch tomondan yoritilgani sababli, uylar yaxshi insolyatsiyaga ega va barcha xonalar yaxshi shamollatiladi. Ularni qurish osonroq, chunki ko‘p hollarda uylar chegaralangan yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin. Yer uchastkasida binoning alohida joylashuvi yashash sharoitini yaxshilaydi. Xonadonlar shovqinli yo‘llar va qo‘shni maydonlardan uzoqroq joylashtirilgan bo‘ladi. Ikki xonadonli uylarda xonadonlarning qo‘shnichiligiga noqulaylik tug‘dirmaydi. Kirish eshiklari, ayvonchalar va terassalar uyning turli tomonidan joylashtirilgan bo‘lib, bir-biri bilan kesishmaydi. Xonadonlarning alohidaligi ular orasida qurilgan xo‘jalik qurilmalari yoki ajratuvchi devorlarni qurishga imkon beradi.
Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uylar o‘zining yer maydoniga ko‘ra ikki xil bo‘ladi, shahar va qishloq uylari. Shahar va qishloq hovlili uylari asosan 1yoki 2 qavatli qilib quriladi. Ular yer maydonining katta –kichikligiga qarab, yerdan foydalanish harakteriga ko‘ra va arxitekturaviy-tarhiy yechimi bo‘yicha farqlanadi.
23.Turar –joy, jamoat binolari , umuman bino va inshootlarni loyihalashda va qurishida mahallaiy iqlim sharoitlarining konstruktiv echimlarga ta’siri.
O’zbеkistоn shаrоitidа turаr-jоy binоlаrini lоyihаlаsh uchun qo’yilаdigаn аsоsiy tаlаblаrni bir nеchа guruhlаrgа аjrаtish mumkin: 1 guruhni turаr-jоy binоlаrigа qo’yilаdigаn funksiоnаl tаlаblаr tаshkil etаdi. Bundа vаzifаsigа muvоfiqligi – binо qаndаy mаqsаdgа yoki jаrаyongа mo’ljаllаngаn bo’lsа, u shu jаrаyon tаlаbigа to’liq jаvоb bеrishi kеrаk. Ya’ni, turаr-jоy binоlаri yashаsh uchun qulаy, dаm оlishgа mоslаshtirilgаn vа h.k. kirаdi. Ko’p xоnаdоnli turаr-jоy uylаri qurilish mе’yoriy hujjаt qоidаlаrigа muvоfiq vа shаhаrsоzlik lоyihаsi tаlаblаrigа to’liq riоya etilgаn hоldа lоyihаlаshtirilishi kеrаk. Ya’ni, turаr-jоylаrni kоmpоzitsiоn tаrhiy yеchimlаri yashаsh uchun qulаy shаrоitlаrni yarаtishi, turаr-jоy binоlаri xоnаlаrining funksiоnаl vаzifаsini vа xоnаlаr оrаsidаgi bоg’liqlikni to’g’ri bеlgilаsh vа tа’minlаsh kаbi оmillаrgа jаvоb bеridigаn etib lоyihаlаsh lоzim. Shuningdеk, turаr-jоy binоlаridа yashоvchi аhоli shаrоitini yaxshilаsh vа mеgаpоlis shаhаrlаrdа uchrаb turаdigаn sаlbiy tа’sirlаrdаn himоya qilish hisоblаnаdi. Ya’ni, trаnspоrt hаrаkаti sеrqаtnоv mаgistrаl vа kаttа ko’chаlаr bo’ylаb jоylаshtirilаdigаn turаr-jоy binоlаri shоvqin, chаng vа quyosh tа’siridаgi qizishdаn himоya qilishning hаjm-tаrhiy, kоnstruktiv chоrаlаri (usullаr) bilаn himоyalаnishni tа’minlаydigаn qilib lоyihаlаsh kеrаk. Bu hоldа yashаsh xоnаlаri vа аsоsiy yozgi xоnаlаrni (аyvоnlаr) mаgistrаlgа qаrаtilishini chеklаb, ulаrni оbоdоnlаshtirilgаn ko’kаlаmzоrlаshtirilgаn hududlаrgа qaratilishini tа’minlаsh kеrаk.
25.Loyihaoldi ishlari va ularni amalga oshirish bosqichlari.
Loyihani amalga oshirishning asosiy bosqichlari. Qurilishning smeta qiymati va investitsion loyihaning umumiy xarajatlar tarkibi Kapital qo’yilmalarni qaytarish asosida byudjet ajratmalari hisobidan ajratishda qarz mablag’larini qaytarish mexanizmi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, mablag’ bilan ta’minlovchi bank muassasasi va buyurtmachi o’rtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solib boriladi. Ob’ekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari natijalari bo’yicha belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilishga, ishlab turgan
korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga tuziladi. Loyiha oldi izlanishlarining muhim bosqichlaridan biri - bo’lg’usi investitsion loyihani amalga oshirish qiymatini baholash hisoblanadi. Loyiha qiymatini aniqlash uchun asos bo’lib loyihani alohida qismlari (qurilish, texnologik va tashkiliy) bo’yicha va ularni amalga oshirish bo’yicha ishlanmalar xizmat qiladi
26.Turar –joy binolarini loyihalashda O’zbekiston respublikasi iqlimiy hududlari shart sharoitlarini bilish va turar –joy binolarini loyihalashda ularni inobatga olish.
O’zbеkistоn shаrоitidа turаr-jоy binоlаrini lоyihаlаsh uchun qo’yilаdigаn аsоsiy tаlаblаrni bir nеchа guruhlаrgа аjrаtish mumkin: 1 guruhni turаr-jоy binоlаrigа qo’yilаdigаn funksiоnаl tаlаblаr tаshkil etаdi. Bundа vаzifаsigа muvоfiqligi – binо qаndаy mаqsаdgа yoki jаrаyongа mo’ljаllаngаn bo’lsа, u shu jаrаyon tаlаbigа to’liq jаvоb bеrishi kеrаk. Ya’ni, turаr-jоy binоlаri yashаsh uchun qulаy, dаm оlishgа mоslаshtirilgаn vа h.k. kirаdi. Ko’p xоnаdоnli turаr-jоy uylаri qurilish mе’yoriy hujjаt qоidаlаrigа muvоfiq vа shаhаrsоzlik lоyihаsi tаlаblаrigа to’liq riоya etilgаn hоldа lоyihаlаshtirilishi kеrаk. Ya’ni, turаr-jоylаrni kоmpоzitsiоn tаrhiy yеchimlаri yashаsh uchun qulаy shаrоitlаrni yarаtishi, turаr-jоy binоlаri xоnаlаrining funksiоnаl vаzifаsini vа xоnаlаr оrаsidаgi bоg’liqlikni to’g’ri bеlgilаsh vа tа’minlаsh kаbi оmillаrgа jаvоb bеridigаn etib lоyihаlаsh lоzim. Shuningdеk, turаr-jоy binоlаridа yashоvchi аhоli shаrоitini yaxshilаsh vа mеgаpоlis shаhаrlаrdа uchrаb turаdigаn sаlbiy tа’sirlаrdаn himоya qilish hisоblаnаdi. Ya’ni, trаnspоrt hаrаkаti sеrqаtnоv mаgistrаl vа kаttа ko’chаlаr bo’ylаb jоylаshtirilаdigаn turаr-jоy binоlаri shоvqin, chаng vа quyosh tа’siridаgi qizishdаn himоya qilishning hаjm-tаrhiy, kоnstruktiv chоrаlаri (usullаr) bilаn himоyalаnishni tа’minlаydigаn qilib lоyihаlаsh kеrаk. Bu hоldа yashаsh xоnаlаri vа аsоsiy yozgi xоnаlаrni (аyvоnlаr) mаgistrаlgа qаrаtilishini chеklаb, ulаrni оbоdоnlаshtirilgаn ko’kаlаmzоrlаshtirilgаn hududlаrgа qaratilishini tа’minlаsh kеrаk.
34.Xonadonlarda yordamchi xonalar,roli va vazifalari ularni mukammal echimini toppish yolari.
36. Zinapoya bolmalari, har xil lift qurilmalari, ularnik binolar qurilishidagi ahamiyati
42.Loyihalash fanining predmeti, maqsad va vazifalari,qogoz
turlari va formatlari.