3-AMALIY MASHG‘ULOT.
PTV VISSIM DASTURIDA YO‘L TARMOQLARINI YARATISH
Amaliy mashg‘ulot maqsadi:
Umumiy ma’lumot.
PTV Vissim dasturida qirqimlar bilan ishlash.
Kerakli jixozlar:
Kompyuterlar bilan jixozlangan auditoriya;
PTV Vissim dasturi
Umumiy ma’lumotlar
PTV Vissim dasturida avtomobil yo‘llari, shahar ko‘chalari, piyodalar yurish
yo‘lagi, avtomobillarning vaqtinchalik to‘xtab
turish maydonlari, piyodalar o‘tish
joyi (zebra) va shu kabi barcha elementlar qirqimlardar tashkil topgan bo‘ladi.
Yo‘l – transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi uchun qurilgan yoki
moslashtirilgan va foydalaniladigan yer polasasi yohud sun’iy inshoot yuzasi. Yo‘l
avtomobil yo‘llarini, shahar elektr transporti yo‘llarini, yo‘lkalarni va trotuarlarni
o‘z ichiga oladi.
Asosiy yo‘l - tuproqli yoki shag‘alli yo‘lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt)
kesishyotgan yoki tutashgan yo‘lga nisbatan 2.1, 2.3.1-2.3.3 yoki 5.1 yo‘l belgilari
bilan belgilangan yohud yondosh hududdan chiqadigan yo‘lga nisbatan har qanday
yo‘l. Ikkinchi darajali yo‘lning bevosita chorrahaga
tutash qismining qoplamali
bo‘lishi uni asosiy yo‘l bilan teng huquqli qilmaydi.
Piyodalar yo‘lkasi – piyodalar harakatlanishi
uchun qurilgan yoki
moslashtirilgan, tegishli yo‘l belgisi bilan belgilangan alohida yo‘l yoki sun’iy
inshoot yuzasi. Transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.
Piyoda va velosipet yoʻlkasi – qatnov qismidan ajratilgan, velosipetchilarning
va piyodalarning alohida-alohida yoki birgalikda
harakatlanishi uchun
mo‘ljallangan va
4.6.1-4.6.6 yo‘l belgilari o‘rnatilgan yo‘lning tarkibiy qismi yoxud
alohida yo‘l.