Foydalanuvchi tomonidan amaliy ilovalar uchun MBBTni tanlashi ko‘plab faktorlar bilan belgilanadi:
texnik va dasturiy ta’minlash, konfiguratsiyasi, operativ va disk xotiralari;
ta’minlanayotgan ma’lumotlar modelining turi, muammo sohasining xususiyati, axborotlar mantiqiy modelining topologiyasi;
foydalanuvchining ishlab chiqarilayotgan ilovalari ehtiyojlari;
ma’lumotlarni ishlashda mahsuldorlik ko‘rsatkichiga qo‘yiladigan talablar;
MBBTda zarur funksiyalar vositalarining mavjudligi;
foydalanuvchilarning malakasi, darajasi va MBBTda ishlab chiqarishning muloqot va MB bilan ishlash vositalari mavjudligi
Zamonaviy MBBTlar quyidagi talablarni ta’minlashi lozim:
ma’lumotlarning mustaqilligi;
talablarning kuchli tili;
javob berishning qisqa vaqti;
ma’lumotlar va kataloglarni qayta tashkil etishni qisqartirish yoki ulardan voz kechish.
Foydalanuvchi tomonidan MBBTni tanlash mezonlari va yuqoridagi talablariga javob beruvchi relyatsion MBBT bu Microsoft Access 2016 dasturidir. Bu ma’lumotlar bazasi bir nechta o‘zaro bog‘langan jadvallardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. MS Access dasturini ishga tushirish MS Office tarkibiga kiruvchi boshqa dasturlar kabi amalga oshiriladi: