Pusk buyruqlar satri Ms Access
MS Access 2016 dasturi ishga tushgandan so‘ng ekranda quyidagi muloqot oynasi paydo bo‘ladi:
Bu muloqat oynadan ma’lumotlar bazasi nomi, oʽrni koʽrsatilib “Создать” tugmasi bosiladi. MS Access 2016 ob’yektlari maydonidan “Таблица” bandining kontekst menyusidan MB yaratishning qulay “Конструктор” rejimi tanlanadi:
Soʽngra jadvalga nom berib, jadval maydon (ustun) nomi kiritilib, uning tarkibi turi aniqlanadi:
Jadval saqlanadi, yopiladi va songra oddiy usulda ochilib, ma’lumotlar kiritiladi:
Bunda “Конструктор” rejimini tanlamasdan, bevosita yangi maydon qoʽshish, olib tashlash, qayta nomlash, yashirin holatga o’tkazish va uni bekor qilish, alfavit tartibida saralash kabi bir qator amallar ham bajarish mumkin:
Xuddi shu tarzda yana bir nechta jadvallar yaratish va ularni bogʽlash, kesishuvchi soʽrovlar yaratish mumkin.
4. Microsoft Access 2016da soʽrovlarni shakllantirish. Microsoft Accessda shakllar (formalar) bilan ishlash
Yuqorida ta’kidlanganidek, bir maʽlumotlar bazasida bir nechta jadvallar yaratish mumkin. Buning uchun “Создание” menyusidan jadval yaratish bandini tanlab boʽsh jadval hosil qilinadi, konstruktor yoki oddiy rejimda ma’lumotlar bilan toʽldiriladi:
Endi bu ikki jadval yordamida umumlashgan jadval hosil qilish mumkin. Bu esa turli so’rovlar yaratish imkonini beradi. “Создание” menyusidan “Конструктор запросов” bandini tanlab bosh soʽrov yaratiladi.
Soʽngra “Добавление таблицы” muloqot oynasi yordamida soʽrovlar konstruktoriga jadvallar va soʽrovlar qoʽshish mumkin. Masalan, “2017-2018” jadvalidagi dorivor oʽsimlik hududi maydoni va “Hududlar” jadvalidagi hudud maydoni qatnashgan kesishuvchi soʽrov yaratamiz:
5. Microsoft Accessda hisobotlar tuzish. Microsoft Accessda jadvallarni bir biriga bogʽlash
“Создание” menyusining “Отчеты” banddan “Мастер отчетов” ini tanlab boʽsh hisobot blankasi yaratiladi. U yerdan jadval, jadval maydonlari, hisobot maketi shakli uchun tanlanadi. Natijada
Microsoft Accessda jadvallardagi berilganlarni oʽzaro bogʽlash usullarini aniqlash va bir biriga bogʽlash uchun “Работа с базами данных” (Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash) menyusidan “Схема данных” (Ma’lumotlar sxemasi) tanlanadi. Bunda masalan har ikkala jadvalda maydon nomlari yoki kodlari bir xil boʽlish shartini qoʽyish mumkin.
Natijada boʽlangan maydon nomlari koʽrsatilgan sxema paydo boʽladi:
Bu sxemadan hisobotlar yaratish va soʽrovlar tuzishda foydalanish mumkin. Formalar jadval ma’lumotlarining har birini alohida shaklda namoyish rejimida hosil qiladi. Undan ma’lumotlarni topish va kiritish qulay hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |