3-Mavzu: Ma’lumotlar bazasining turlari. Ma’lumotlarning ierarxik va
tarmoqlangan modellari.
Reja:
1. Ma’lumotlar bazasining turlari.
2. Ierarxik modellarda yozuvlar daraxtsimon sturukturali ko‘rinishi
Tayanch so’z va iboralar: ma’lumоtlar bazasi, ierarxik, tarmоqli, relyatsiоn.
Ma’lumotlar bazasining turlari
Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, ma’lumotlar turli ko'rinishda bo 'lishi mumkin ekan.
Qanchalik turli-tuman bo'lishid an qa t’i nazar, ularni uchta guruhga ajratish mumkin. Bu
guruhlar quyidagicha nomlanadi:
• daraxtsimon ma’lumotlar bazasi;
• tarmoq ko'rinishidagi ma’lumotlar bazasi;
• relatsion (jadval) ko'rinishdagi ma’lumotlar bazasi.
Bularni misollarda ko'rib chiqamiz.
Daraxtsimon m a’lumotlar bazasi
Daraxtsimon ma’lumotlar bazasi sizga informatika kursidan ma’lum bo'lgan Norton
kommanderda kataloglar strukturasini daraxtsimon ko'rinishda tasvirlash misol bo'la oladi. Uni
quyid agicha tasvlrlash mumkin (1.1-rasm):
1.1-rasm. Daraxtsimon ma’lumotlar bazasi
Ayrim hollarda ma’lumotlar bazasini bu ko'rinishda tasvirlash foydalanuvchi uchun
m a’lum qulayliklar tug'diradi. Bunga, biz Norton programmasida ishlaganingizda ishonch hosil
qilgansiz. Ayniqsa, ichma-ich joylashgan (qism) kataloglarni daraxtsimon ko'rinishda tasvirlash
foydalanuvchiga qulayliklar tug‘diradi. Shuningdek, daraxtsimon ma’lumotlar bazasini
Windows bilan ishlaganda ham ko'rgansiz. PUSK m enyusi yoki PROVODNIK bilan
ishlaganingizda bunga amin bo'lgansiz.
Tarmoq ko'rinishidagi ma’lumotlar bazasi
Bu ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasiga internet tarmog'i misol bo‘la oladi.
Internetda ma’lumot ma’lum bir protokol asosida yoziladi va shu protokol asosida barcha
internetga ulangan kompyuterlaruni o'qiydi. Ma’lumotlar bazasi esa bir-biridan uzoqda
joylashgan serverlard a (kompyuterlarda) saqlanadi. Bu turdagi ma’lumotar bazasini quyidagi
rasmda ko'rish mumkin (1.2-rasm):
1.2-rasm.Tarmoq ko'rinishidagi ma’lumotlar bazasi
Dostları ilə paylaş: |