Suyuqlikning fizikaviy xossalari va asosiy kattaliklari
Gidravlika fanida barcha suyuqliklarning quyidagi fizikaviy xossalari o’rganiladi:
Suyuqlikning muvozanat holati uchun hajm birligiga togri keluvchi massasiga suyuqlikning zichligi deyiladi.
(1.7)
bu yerda:
- suyuqlikning zichligi, kg/m3.
M- suyuqlikning massasi, kg.
V- suyuqlikning hajmi, m3.
2. Suyuqlik ogirligining hajm birligiga olingan nisbati uning solishtirma ogirligi deb ataladi va yunoncha xarfi bilan belgilanadi.
(1.8)
bu yerda:
V- suyuqlikning hajmi (olchov birligi m3),
G- suyuqlikning ogirligi (olchov birligi N).
Suyuqliklarning zichligi bilan solishtirma ogirliklari ozaro quyidagicha boglangan.
= g = g (1.9)
bu yerda: g jismning erkin tushish tezlanishi (m/c2)
Suyuqlik solishtirma ogirligining 40 C dagi suvning solishtirma ogirligiga nisbati uning nisbiy solishtirma ogirligi deyiladi.
3. Suyuqliklarning issiqlik hisobiga hajmiy kengayishini ifodalash uchun hajmiy kengayish harorat koeffitsiyenti degan tushuncha kiritiladi va u t bilan belgilanadi. Bir birlik hajmdagi suyuqlikning harorati 10C ga oshgandagi kengaygan miqdoriga uning harorat siqiluvchanlik koeffitsiyenti t deyiladi va quyidagi formula bilan ifodalanadi.
t = (1.10)
bu yerda:
∆V=Vq -Vc - qizdirilgandan keyingi va boshlang’ich hajmlar ayirmasi;
∆t = t –t0- haroratlar ayirmasi;
t - juda kichik qiymat bo’lib, uning qiymatlari ilovadagi 1- jadvalda keltirilgan va suvning harorati t = 20 0C bo’lganda uning qiymati.
t = 2 ∙ 10-4 1/град.
4. Siqiluvchanlik deb suyuqlik bosim o’zgarishi bilan suyuqlik hajmining o’zgarish jarayoniga aytiladi. Suyuqliklarning siqilishi jarayoni hajmiy siqiluvchanlik koeffitsiyenti degan tushuncha bilan xarakterlanadi va u yunoncha βs bilan belgilanadi [м2/Н]. Bosimning bir birlikka ortishida suyuqlikning hajm birligida kamaygan miqdori hajmiy siqiluvchanlik koeffitsiyenti deyiladi va u quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(1.11)
bu yerda:
Vo boshlangich hajm, m3;
V suyuqlik hajmining ozgarishi m3.
P bosimning ozgarishi, Pa.
Suyuqlikning solishtirma ogirligi areometr asbobi bilan olchanadi.
5. Suyuqlikning qovushqoqligi deganda harakatlanuvchi suyuqlik qatlamlarining ozaro bir-biriga nisbatan harakatlanishiga qarshilik korsatish jarayoniga aytiladi. U quyidagi kattaliklari: kinematik va dinamik qovushqoqlik koeffitsiyentlari bilan bilan xarakterlanadi. Suyuqliklarning kinematik qovushqoqlik koeffitsiyenti va dinamik qovushqoqlik koeffitsiyentlari yunoncha ν [м2/с] va [Nk/м2] harflari bilan belgilanadi hamda ularning o’zaro bog’lanishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(1.12)
Suvning kinematik qovushqoqlik koeffitsiyenti suvning haroratiga bog’liq ravishda Puazeyl formulasiga binoan quyidagicha topiladi:
(1.13)
Kinematik qovushqoqlik koeffitsiyentining olchov birligi sifatida stoks birligidan foydalanishadi va uning qiymati: 1 St = 1 sm2/s, yoki kichik olchamli miqdori santistoks: 1 sSt = 0,01 St. Suv solishtirma ogirligining olchov birligi SI da N/m3 texnik tizimda esa kg/m3 bolib, ushbu o’lchamlarning o‘zaro bog’langanligi quyidagicha:
1 kg/m3 = 9,80665 N/m3
Suyuqliklarning zichliklari ρ va kinematik qovushqoqlik koeffitsiyent ν larining haroratga bog’liq bo’lgan qiymatlari 2- va 3- jadvallarda berilgan.
Ma’lumki real suyuqliklar harorat va tashqi bosimlar tasirida hajmini ozgartirishi, shuningdek qovushqoqligi hisobiga harakatga qarshilik korsatish hossalariga ega boladi. Bu esa oz navbatida suyuqliklarga taaluqli bolgan qonunlarni isbotlashda kop omilli funksiyalarni hosil qilish va ularining yechimini topish jarayoni murakkablashadi. Shuning uchun ushbu hisoblashlar jarayonini soddalashtirish maqsadida ideal suyuqliklar tushunchasidan foydalanishadi.
Ideal suyuqlik deganda absolyut siqilmaydigan, issiqlikdan hajmi ozgarmaydigan, chozuvchi va siljituvchi kuchlarga qarshilik korsatmaydigan va qovushqoqmas suyuqliklar organiladi. Suyuqlik muvozanat holatda bolganda, unga qovushqoqlik kuchi tasir korsatmaydi. Shu sababli ushbu vaziyatda suyuqlik ideal suyuqlik xususiyatiga ega boladi deb organiladi.
Dostları ilə paylaş: |