1-ma`ruza. 8s Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli. Reja


DNK ning uchlamchi strukturasi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə20/22
tarix27.04.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#56506
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
1-ma`ruza. 8s Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli. Reja

DNK ning uchlamchi strukturasi

Ikki spiralli DNK molekulasi har qanday organizmda zich holda joylashib uch o’lchovli murakkab strukturani hosil qilishi mumkin. Prokariot organizmlarda ikki zanjirli DNKning kovalentli tutashtirilgan aylana shaklidagisi chap superspiral holatidagi ko’rinishi uning uchlamchi strukturasini yaratadi. DNK ning superspiralizatsiyasi nihoyatda katta bo’lgan molekulani kichik hajmdagi hujayraga joylanishini ta’minlaydi. Ye soli DNK sining uzunligi 1 mm, hujayrasi esa 5 mkm dan oshmaydi. DNKning superspiralizatsiyasi zanjirning ajralishini, replikatsiya jarayonining dastlabki bosqichini tezlashtirishda va transkriptsiyani boshlash uchun zarur omil hisoblanadi (17-rasm).

DNK ning uchlamchi strukturasi xromosomadagi oqsil bilan kompleks holda shakllanadi.

17-rasm. Qo’sh spiralli DNK shakllari

1-chiziqli struktura; 2-aylana shakldagi DNK; 3-halqali superspiral; 4-ixcham o’ralgan struktura.
Ayrim viruslar, mitoxondriy, xloroplastlar va boshqa ob’ektlardan ajratib olingan tabiiy holdagi DNK aksariyat, qo’sh spiralli zanjir alohida qismlari bo’yicha superspiral holda joylashadi.

Xromosomadagi giston xilidagi oqsillar asosli xossaga ega bo’lib, DNK dagi kislotali guruhlar bilan ion bog’lari va qo’shimcha ta’sirlar yordamida bog’lanib, xromatinni hosil qiladi.

Xromatin va xromasomada DNK superspirallangan holatida bo’lib, bir necha bosqichli superspirallanishni kuzatish mumkin. Birinchi bosqichda xromatinda DNK o’ta zich, bir-biriga o’ralgan, ixcham shaklda bo’ladi. DNK molekulasining 200 nukleotid masofasi giston oqsili bilan qoplangan matinning birligi-nukleosomani tashkil qiladi. Dezoksiribonukleoproteid tasmasi o’z navbatida ikkinchi tartibli spiralni hosil qiladi. Ko’rsatilgan birliklar 5, 10, 13 va 50 nm larda qaytariladi. Xromosomadagi gistonlar spiralning ichki qismida joylashadilar. DNKning superspiral holatidan oddiy holatga va aksincha bo’lishi topoizomeraza fermentlari ishtirokida sodir bo’ladi.



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin