Turli toifadagi maksimal bog‘liqmasligi bilan ifodalanuvchi alomatlar uchun informativ to‘plamlar ajratish. Standart ko‘rinishdagi obrazlarni anglash masalasi qaraladi. O‘zaro kesishmaydigan l ta K1,...,Kl. sinflar vakillarini o‘z ichiga oluvchi obyektlar to‘plami berilgan bo‘lsin. Obyektlar n ta turli toifadagi (miqdoriy va nominal) alomatlar bilan tavsiflangan. Turli toifadagi berilganlar uchun yaqinlik o‘lchovini kiritish uchun miqdoriy alomatlarni nominal belgilarga o‘tkazish taklif qilinadi (alomatlarni intervallarga ajratishga qaralsin).
Berilgan obyektlar juftliklari to‘plamida quyidagi funksiyalar aniqlanadi:
to‘plamda nominal alomatlar juftligi uchun yaqinlik o‘lchovi quyidagicha beriladi:
(1)
Informativ alomatlarni tanlash jarayonini yo‘naltirilgan tarzda amalga oshirish maqsadida alomatlarning tartiblangan ketma-ketligini qurish masalasi qo‘yiladi. Hisoblash eksperimentlarini o‘tkazish asosida ketma-ketlikdan alomatni o‘chirish (berilgan tartibdagi) minimal konfiguratsiyali neyron to‘rlar murakkabligini monoton oshmasligiga olib kelishi isbotlangan [2].
Faraz qilaylik, matritsa (1) asosida qurilgan va turli toifadagidagi alomatlar to‘plamida hissalar qiymatlari ma’lum bo‘lsin. informativ to‘plam ostisini aniqlash uchun tartiblangan alomatlar ketma-ketligini
(2)
qurishning rekursiv protsedurasi taklif qilinadi: B matritsa bo‘yicha eng katta qiymatga ega ga mos juftlik ajratib olinadi va (2) ga kiritiladi (chapdan o‘ngga). Bmatritsadan i va j nomerli satr va ustunlarni o‘chirish asosida xuddi shunday yo‘l bilan keyingi alomatlar juftligi aniqlanadi. Informativ alomatlar to‘plamini izlash samaradorligiga (2) dan alomat-nomzodlarni cheklangan saralashlar (o‘ngdan chapga) va ketma-ket o‘chirishlar hisobiga erishiladi.
Xarajatlar bilan bog‘liq masalalarda har birining qiymatini va xarajatlarga bo‘lgan umumiy cheklov qiymatini inobatga olgan holda turli toifadagidagi alomatlar informativ to‘plam ostisini tanlash uchun alomatlarning tartiblangan ketma-ketligini
(3)
qurishning rekursiv protsedurasi (yuqoridagiga o‘xshash) taklif qilinadi.
B matritsa bo‘yicha ifodaga eng kichik qiymat beruvchi juftlik ajratib olinadi va (3) ga (chapdan o‘ngga) kiritiladi. Xuddi shu yo‘l bilan i va j nomerli satr va ustunlarni o‘chirilagan B matritsadan juftlik ajratib olinadi va (3) kiritiladi. Jarayon shartni o‘rinli bo‘lguncha davom etadi.