1-ma’ruza. Berilganlarni intellektual tahliliga kirish


Informativ alomatlarning individual to‘plam ostisni tanlash



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə33/44
tarix15.09.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#143839
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
1-ma\'ruza. BITga kirish

Informativ alomatlarning individual to‘plam ostisni tanlash. Obyektlarni baholashga (indekslashtirishga) zarurat turli predmet sohalarda qarorlar qabul qilishlarda yuzaga keladi. Indekslar qiymatlari qimmatbaho qog‘ozlar oldi-sotti bozorini, atrof-muhit ekologiyasi holatini va terroristik xatarlar darajasini monitoring qilishda, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishini hamda, ilmiy nashrlar iqtibosligini baholashda va shunga o‘xshash masalalarda keng qo‘llaniladi. Odatda indekslarni qiymatlarni hisoblash qat’iy fiksirlangan ko‘rsatkichlar to‘plamlari asosida amalga oshiriladi.
O‘rgatuvchi tanlanma uchun aniqlangan informativ alomatlar (ko‘rsatgichlar) alomatlar fazosining barcha sohalariga xos bo‘lgan qonuniyatlar tabiatini o‘zida akslantirmaydi. Har bir obyekt uchun o‘ziga xos mantiqiy qonuniyat mavjudligi va bu qonuniyatni topish uchun lokal metrikalardan foydalanish lozimligi [1]da qaralgan. Lokal metrikalarni qo‘llash evristikaga asoslanadi, chunki ularni tanlashning qat’iy bir mezoni yo‘q. Berilganlarni o‘lchash masshtablariga invariant bo‘lgan, amalga oshirishning kombinator murakkabligi maqbul vaqtda natijalar olishga imkon beruvchi usullarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Chiziqli tartiblash – bo‘sh bo‘lmagan to‘plam elementlari munosabatlari bilan beriladigan eng sodda va oson izohlanadigan tuzilmadir. Odatda, informativ alomatlar to‘plam ostiga kiritilishga bog‘liqmas alomatlar dastlabki nomzodlar hisoblanadi. Chiziqli tartiblashni ishlatishga misol sifatida o‘zaro bog‘liqmasligi maksimal ifodalangan alomatlar to‘plamini tanlashni ko‘rsatish mumkin. Bunday yondoshuv minimal konfiguratsiyali sun’iy neyron to‘rlarini sintez qilishda qo‘llanilgan.
Qaror qabul qilish uchun obyektning individual informativ alomatlari to‘plam ostisini tanlash zarurati kasallik tashxis qo‘yishda, aniq hududlarda texnogen falokatlar oldini olish choralarini ko‘rishda yuzaga chiqadi. Tibbiyot amaliyotida esa bir xil tashxis qo‘yilgan ikkita bemorning kasallik sabablari (tashxis alomatlari) turli simptomlar va sindromlar bo‘lishini misol tariqasida keltirish mumkin.
Obyektlarning lokal metrikasi yordamida individual informativ alomatlar to‘plamlarini ajratishda ikkita va sinflar vakillariga (obyektlariga) obyektning lokal metrikasi bo‘yicha shu obyektgacha bo‘lgan masofalarining tartiblangan ketma-ketligida uchrash chastotalarining maksimal farqlanishiga asoslangan mezon ishlatilgan. Misol uchun bemor va deyarli sog‘lom individuumlar holatlarini tavsiflovchi tibbiy berilganlari bo‘yicha olingan mezonning ekstremal qiymatini salomatlik indeksi sifatida izohlash mumkin.
Mumkin bo‘lgan obyektning informativ alomatlarining individual to‘plami quyidagi imkoniyatlarni beradi:

Informativ alomatlarning individual to‘plamini ajratish uchun tavsifida keltirilgan mezondan farqlanuvchi ikkita yangi mezon taklif qilingan. Mazkur mezonlar bilan qiymatlar hisoblanganda aniqlangan alomatlar to‘plamlari bo‘yicha yaqinlik funksiyalaridan foydalaniladi. Qo‘yilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda obyektlarni yaqinlik funksiyalari qiymatlari bo‘yicha tartiblash quyidagilarni aniqlash imkoniyatini beradi:
− tadqiq qilinayotgan obyektga nisbatan mantiqiy qonuniyatlar turg‘unligini;
− kompaktlik gipotezasining rostlik darajasi maksimal bo‘lgan ikki sinf vakillari orasidagi chegarani.
O‘lchovlar shkalalari masshtablariga nisbatan invariantlik xususiyati turli toifadagi (nominal va miqdoriy) boshlang‘ich (xom) alomatlarning guruhini son o‘qiga nochiziqli akslantirish mezonining muhim atributi hisoblanadi. Lokal geometriya usuliga o‘xshash tarzda koordinata boshi tadqiq qilinayotgan obyektda joylashadi. Nochiziqli akslantirishda guruhlash mezonlari bo‘yicha latent alomatlarni sintez qilish bilan birga ularni informativlik darajasi bo‘yicha tartiblash amalga oshiriladi. Odatda informativ to‘plam ostisi birinchi guruh alomatlaridan iborat bo‘ladi. Boshlang‘ichlardan latent alomatlar qiymatlarini hisoblash uchun analitik ko‘rinish (formulalar) bo‘lgan natijalar mavjud.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin