1-asosiv savolning bavoni: 1
Inson va atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar keskinlashgan, fan-texnika jadal nvojlangan davrda tabiatni muhofaza qilish eng asosiy muammolardan hisoblanadi.
Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi insonning atroKrmuhitga salbiy tasiri yuzaga kelgan
uzoq o‘tmishdan yaxshi malum. >
Agar ilgari tabiatni muhofaza qilish deganda malum amaliy tadbirlar majmuasi tushunilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda alohida kompleks fan shakllanmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish dcganda - hozirgi va kelgusi avlodlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni musaffo holida saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalga oshiriladigan mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar majmuasi tushuniladi.
Tabiatni muhofaza qilish - jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida maqsad va mazmuniga ko‘ra farqlangan. Tabiatni muhofaza qilishning dastlabki bosqichida yo‘qolib borayotgan alohida o‘simlik va hayvon turlarining muhofazasi amalga oshirilgan.
Insoniyatning ehtiyojlari o‘sishi bilan tabiiy resurslami muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bosqichi vujudga vujudga kelgan.
Atrof-muhitning hozirgi zamon ekologik muhofazasi bosqichi - insonning tabiatga ta'siri umumsayyoraviy miqyosga yetgan XX asming o‘rtalarida boshlangan. Bu bosqichning asosiy vazifasi- ekologik tizimlarni muhofaza qilish, ulaming o‘z-o‘zini tiktash qobitiyatini ta'minlash va biosferadagi muvozanatni saqlashdir.
Tabiatni muhofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari - tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish. chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy qilish, atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, salbiy o‘zgarishlami bashorat qilish, ulaming oldini olishdan va hokazolardan iboratdir.
Tabiatni muhofaza qilish haqidagi fan juda serqirra bo‘lib, u faqatgina geografiya, biologiya. fizika, ximiya. iqtisod va boshqa ko‘plab tabiiy va ijtimoiy fanlar tutashgan joydagina muvaffaqiyatli rivojlanadi.
Insonning tabiatga bevosita va bilvosita, ijobiy va salbiy ta'sir shakllari ajratiladi. o‘rmonlarning kesilishi, hayvonlami ovlash, yangi yerlarni o‘zlashtirish, konlami qazish natijasida inson tabiatga bevosita ta"sir ko‘rsatadi.