1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə65/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. o‘zbekiston Qizil kitobi. T. «Fan» nashriyoti. 1984 yil 1-10 b.
2. P.Baratov. Tabiatni muhofaza qilish T. «o‘qituvchi» 1991. 253 b.
3. X.T.Tursunov. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T. 1997. 34-42 betlar.
18-ma'ruza. Ekologiya va milliy qonunchilik.
Milliy qonunchiligimizning shakllanishida ekologik qonun hujjatlarining alohida o‘nii bor. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq rcspublikamiz hududidagi barcha tabiiy resurs va zahiralar xalqimizning mulki sifatida etirof ctildi va bu hol qonun hujjatlarimizda o‘z aksini topdi. MaTumki, har bir davlalning siyosiy. ijtimoiy-iqlisodiy asoslarini tabiiy resurslar tashkil etadi. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish munosabatlanni tartibga solish milliy qonun hujjatlarining asosiy maqsadi hisoblanadi. Respublikamiz hdudida sho‘ro davrida zaminimiz boy tabiiy - jo‘g"rofiy boyliklardan ayovsiz foydalanish. tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlaming bajarilmasligi natijasida ekologik inqiroz keskinlashdi, yerlarning sho‘rlanishi. suv resurslarining ifloslanishi ortib ketdi. Orol dengizi va Orolbo‘yida ekologik muhit izdan chiqdi. yerosti boyliklaridan rcjasiz foydalanildi, o‘simlik va hayvonot dunyosining noyob turlari yo‘qolib ketdi, atmosfera holati o‘zgarishga yuz tutdi.
Xalqimiz mustaqillikka erishgach, tabiat oo‘ektlarini xalqimiz milliy boyiigi sifatida eTirof etilib, tabiat qonuniyatlari ustuvorligi tan olingan holda milliy xususiyatlarimiz asosida izchil ekologik siyosat yo‘lga qo‘yildi.
Kxmstitutsiyamiznizng 55-moddasida «ycr, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir», deb qayd etilgan. Mazkur talablar davlat ekologik siyosatining huquqiy poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda davlat ekologik siyosatining asosiy yo‘nalishlari siftida, birinchidan. atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish, ikkinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va uchinchidan, aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash bilan bog‘liq yangi ekologik - huquqiy munosabatlar tizimi shakllanmoqda.
Sho‘ro davrida tabiiy resurslarni muhofaza qilish chora- tadbirlari eTibordan chetda qoldi. Bu esa o‘z navbatida ekologik xavfli omillarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Mustaqillik davrida shakllangan ekologik qonunchilik hujjatlarining asosiy vazifasi atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalari ustuvorligi asosida tabiiy rcsurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta"minlashdan iboratdir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach. «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida», «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida», «Ver kodcksi», «Yer osti boyliklari to‘g‘risida», «o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida», «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida», «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida», «Ekologik kspertiza to‘g‘risida», «Radiatsiya xavfsizligi to‘g‘risida» gi bir qancha qonunlar qabul qilindi.
94
Ushbu qonunlarda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlaming maqsadi, vazifalari, tamoyillari, tabiiy resurslaming huquqiy holati, yuridik va jismoniy shaxslaming huquqlari, burchlari, erkinliklari, kafolatlan, vakolatlari, foydalanish va muhofaza qilish tartibi, muddati hamda ekologik normativ -standartlarning talablari, ekologik nazorat va ekologik qonun talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik chora - tadbirlari va boshqa ekologik qoida -talablar belgilangan.
Ekologik qoida - talablarni ta'minlashda qonunosti me'yoriy hujjatlari alohida o‘ringa ega bo‘lib. birinchidan, qonunlarning ta'sir doiralarini kengaytirish, ikkinchidan. ulaming hayotiyligini ta'minlash, uchinchidan. turli tabiiy iqiim xususiyatlariga ega bo‘lgan mintaqa va viloyatlarning ekologik holatini huquqiy asosda to‘g‘ri tartibga solishga xizmat qiladi.
Ekologik-huquqiy munosabatlami tartibga solishda huquq tizimining turli soha va taraioqlarining qonun hujjatlari va qoida - talablaridan unumli foydalaniladi. Masalan, Jinoyat kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, Mehnat kodeksi, «Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida» gi kodcks kabi qonun hujjatlarida ham ekologik qoida talablar mavjud bo‘lib, ular bir tarafdan ekologik munosabatlarning keng qamrovligini ifoda etsa, ikkinchidan. ekologik muammolarni hal qilishda jamiyatdagi barcha kuch va vositalarni ushbu muammoning yechimini topishga vo‘naltiradi.
Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin