2-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi: o‘siniliklarning biosfera va inson hayotidagi ahamiyatini talabalar orgiga singdirish. o‘simliklarni muhofazasi va «Qizil kitob», uning ahamiyatini yoritib berish.
Identiv o‘quv maqsadi: 2.1. o‘simliklarning biosfera va inson hayotidagi rolini tushunadi mohiyatini
anglab yetadi.
2.2. «Qizil kitob» nimaligini va uning ahamiyatini biladi.
2-asosiy savolning bayoni. o‘simliklar Yer yuzidagi hayotning asosi hisoblanadi. Sayyoramizda 500 ming dan ortiq o‘simlik turlari mavjuddir.
o‘simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyatiga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘linishi mumkin.
Suv o‘simliklaridan inson kam foydalanadi, lekin ular tabiatda kislorod va ozuqa manbai hisoblanadi. Bakteriyalar, ayrim qo‘ziqorinlar va suv o‘tlari tuproqda ham ko‘plab uchraydi. Ular tuproqning unumdorlik xususiyatiga ta'sir ko‘rsatadi, organizmlar qoldiqlarini parchalaydi. Turlarga eng kambag‘ali yer osti o‘simliklari asosan bakteriyalardan iborat bo‘lib, 3 km va undan ortiq chuqurliklarda ham uchraydi. Ver usti o‘simliklari turlarga eng boy shuning bilan birga eng ko‘p ishlatiladigan va insonning kuchli ta'siri ostidagi o‘simliklardir.
o‘simliklar fotosintez jarayoni natijasida havodan karbonad angidrid gazini yutib kislorod chiqaradi va yiliga 200 milliard tonnadan ortiq organik mahsulot yaratadi. Inson va hayvonlar hayotida asosiy ozuqa va kislorodning manbai bo‘lgan o‘simliklarning ahamiyati katta.
Biosfera biomassasining eng katta qismio‘rmonlarda to‘plangan. o‘rmon biotsenozining hamma komponentlari o‘zaro va atrof- muhit bilan uzviy bog‘langan. o‘rmonlarda qimmatli hayvon va o‘simlik turlari jamlangan. Yog‘ochdan inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan 20 mingga yaqin turli mahsulotlar olinadi. Inson hayotida dorivor o‘simliklar hahm muhim rol o‘ynaydi.
Shundan 6000 turidan inson kundalik hayotida foydalanadi. Bundan 1500 turi dorivor o‘simlik sifatida ahamiyatiga ega.
89 o‘zbekistonda 4 mingdan ortiq yovvoyi o‘simlik turlari mavjud bo‘lib. shundan 577 tasi dorivor o‘simliklar, 103 turi bo‘yoqdor o‘simliklar, 560 turi efir moyli o‘simliklar hisoblanadi.
Shaharlarda yashil o‘simliklar havoni tozalaydi. estetik zavq beradi. Dalalarni shamollardan himoya qiladi.
Insonning o‘simliklarga ijobiy va salbiy ta'siri ajraladi. o‘rmonlarni tiklash. ko‘kalamzorlashtirish o‘simliklarning serhosil navlarini yaratish va boshqalar ijobiy ta'sirga kiradi.
Insonning salbiy ta'siri oqibatida esa oxirgi 10 ming yil ichida sayyoramizdagi o‘rmonlarning 2-3 qismi yo‘q qilingan. ko‘plab qimmatli o‘simlik turlari yo‘qolib ketgan. Hozirgi vaqtda o‘rmonlar maydonming keskin qisqarishi jarayonlari davom etmoqda. Yangi yerlarni o‘zlashtirish, atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida kuniga yuzlab o‘simlik turlari yo‘qolmoqda.
Yer yuzidagi hamma biologik turlar kerakli va ular o‘ziga xos ekologik makonni egallaydi. Ekotizimlarda organizmlar qanchalik rang-barang bo‘lsa, uning tashqi ta'sirga chidamliligi ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Shuning uchun biosferadagi mavjud rang - baranglikni saqlab qolish tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.