1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)


Mustaqil ish topshiriqlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə60/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

Mustaqil ish topshiriqlari.
1. o‘zbekistondagi havo ifloslovchi asosiy birikmalarning taqsimlanishi va
manbalarini aniqlang.
Manba: Natsonalno‘y doklad o sostoyannii okrujayuhey prirodnoy sredo‘ i
ispolzovanii prirodno‘x resursov Respubliki Uzbekistan.T.Ukituvchi 1995
2. Atrof-muhitni ifloslanishi turlarini o‘rganib, daftaringizga ko‘chiring.
Manba; X.T.Tursunov.Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish.T.1997.19-26 b.
3. o‘zingiz yashaydigan jaydagi suvdanfoydalanish muommolarini o‘rganib. daftarga
yozing.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. PBaratov. Tabiatni muhofaza qilish. T. «o‘qituvchi». 1991. 41-62 boshqalar.
2. ATo‘xtayev. A.Hamidov. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T. «o‘qituvchi».
130-133 b.
3. XTTursunov. Ekologiya aoslari va tabiatni muhofaza qilish. T. 1997. 19-33 b.
Tuproqlarni, o‘simliklar va hayvonlarni muhofa/a qilish.
(2 soat) Asosiy savollar: 1 Tuproqlami muhofaza qilish. 2o‘simliklami muhofaza qilish. 3.Hayvonlarni muhofaza qilish. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Gumus, eroziya, sho‘rlanish, botqoqlanish. cho‘llanish, fotosmtc/. Qizil kitob, baktcriya. BMT, YuNESK.O, qo‘riqxona, milliy bog\ davlat buyurtmalari. 1-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Talabalarga tuproqning biosfera, jamiyat hayotidagi ahamiyatini tushuntirish. Eroziya, sho‘rlanish jarayonlarining oldini olish, kabilar haqida tushuncha berish.
Identiv - o‘quv maqsadlari: 1.1 .Tuproqning biosfera, jamiyat hayotidagi ahamiyatini anglab yetadi.
1.2.Eroziya, sho‘rlanish jarayonlarining nimaligini tushunib yetadi va ularning oldini olish chora tadbirlarini biladi.
1.3.Cho‘llanish jarayoni va unga qarshi kurash choralarini izohlab beradi. 1-asosiy savolning bayoni.
Tuproq - tarixiy tarkib topgan murakkab. mustaqil tabiiy jism bo‘lib, u tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi.
87
Biosferadagi bajaradigan faoliyatiga qarab. tuproqni organik hayot zanjirining eng muhim halqasi deb yuritsa bo‘ladi. Biosferada tuproqning eng muhim roli shundaki, barcha organizmlarning qoldiqlari tuproqda parchalanadi va yan mineral birikmalarga aylanadi. Tuproq qatlamisiz yer yuzida hayotni tasawur ham qilib bo‘lmaydi.
Tuproqlarning tabiat va jamiyatdagi roli judayam kattadir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi. Moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim rol o‘ynaydi. Tuproq qattiq, suyuq va gazsimon komponentlardan iborat bo‘lib, iqlim. tog‘ jinslari, o‘simliklar va hayvonlar, mikroorganizmlarning o‘zaro murakkab ta'siri natijasida hosil bo‘ladi.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar hayotidagi ahamiyati keskin oshib borgan. Inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan barcha oziq mahsulotlari va ko‘plab boshqa vositalami bevosita yoki bilvosita tuproqdan oladi. Yer yuzining hozirgi mayjud tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuli o‘zgargan.
Insoniyat tarixi davomida 2 milliard gektar dan ortiq unumdon tuproqli yerlar yaroqsiz holga keltirilgan. Har yili sayyoramizdagi qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlar maydoni shr bosishi. cho‘llashish. yemirilish natijasida 5-7 mln. gektarga kamaymoqda. Tuproqlarga inson ta'sirining kuchayishi sug‘oriladigan dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan bog‘Iiqdir. Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Yer yuzida dehqonchilik maqsadlarida ishlatiladigan yerlar mavjud yerlar xududining 10% ni tashkil qiladi va dunyo aholisi jon boshiga 0.5 ga dan to‘g‘ri keladi.
Insonning tuproqga ijobiy va salbiy ta'siri ajratiladi. Inson tuproqlaming hosildorligini oshirishi. yerlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shuning bilan birga shahar qurishi, atrof -muhitning ifloslanishi. agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo‘q qilinishi, yaroqsiz holga kelishi. yemirilishi mumkin. Hozirgi kunda tuproqlar maydonining kamayshii uning tiklanishidan minglab marta tezroq amalga oshmoqda.
Tabiatda shamol va suv ta'sirida tuproqlarning yemirilishi - eroziyasi kuzatiladi. Antropogen eroziya tuproq resurslaridan noto‘g‘ri foydalanishning oqibati bo‘lib, uning asosiy sabablari o‘rmon va to‘qaylarni kesib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini boqish me'yoriga amal qilmaslik, dehqonchilik yuritishning noto‘g‘ri usullaridan foydalanish va boshqalardir.
Turli maTumotlarga ko‘ra har kuni yer yuzida eroziya natijasida 3500 ga unumdor tuproqli yerlar ishdan chiqadi. Suv eroziyasi ko‘proq tog‘ oldi va tog‘li mintaqalarda; shamol eroziyasi-tekisliklarda kuzatiladi. Chang bo‘ronlar natijasida bir necha soat ichida tuproqning 25 santimelrgacha bo‘lgan qatlamini shamol butunlay uchirib ketganligi haqida maTumotlar mavjuddir.
Eroziya jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurash uchun ko‘plab chora- tadbirlar ishlab chiqilgan. Bularga o‘simlik qoplamini tiklash, agrotexnik tadbirlami to‘g‘ri olib borish, yashil himoya qalqonlarini bunyod qilish, gidrotexnik tadbirlami rejali o‘tkazish va boshqalar kiradi.
Sug‘oriladigan dehqonchilik mintaqalarida tuproqlaming sho‘rlanishi asosiy ekologik muammolardan hisoblanadi. Tuproqlaming sho‘rlanishi sug‘orishni noto‘g‘ri olib borganda yer osti suvlan sathining ko‘tarilishi natijasida ro‘y beradi. Sho‘rlanish Osiyo, Amerika va Afrikaning ko‘pchilik mamlakatlarida kuzatiladi. Sho‘rlanishning oidini olish uchun zovurlar o‘tkaziladi, yerlaming sho‘ri yuviladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin