Korxonalarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muomilalari



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə1/9
tarix23.05.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#120912
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korxona iqtisodiyoti Muxammadov U


KORXONALARDA IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MUOMILALARI
Reja:

Kirish
1.Korxonaning iqtisodiy manfaatlari va uning iqtisodiy xavfsizlik strategiyasi


2.Korxona iqtisodiy xavfsizligiga tashqi va ichki tahdidlar
3.Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash tamoyillari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Hozirgi jahon iqtisodiyot ilmida va mamlakatlar iqtisodiy siyosatida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muammolariga jiddiy e’tibor berilishi ushbu mavzuning dolzarbligidan darak beradi. Hozirgi dunyoda tartibqoidalar o‘zgarib borayotgan sharoitda geosiyosiy ta’sir doiralarini «qayta taqsimlash»ga urinishlar kuzatilmoqda, bu esa xalqaro huquq universal prinsiplarining buzilishiga va jahonda strategik mavhumlikning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Globallashuvning muqarrarlik xususiyati, uning bir tomondan, davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar ochib berishi, boshqa tomondan esa, iqtisodiy, oziq-ovqat, energetika, ekologiya, axborot, gumanitar xavfsizlik sohalarida to‘g‘ridanto‘g‘ri va potensial xavf tug‘dirmoqda. Bu jarayonlar dunyo mamlakatlarining bir-biriga bog‘liqligining ortib borishi, global iqtisodiyotda inqirozli vaziyatlarning yuzaga kelishi, xalqaro moliya tizimining qayta shakllanishi, iqtisodiy taraqqiyot markazi Osiyo Tinch okeani mintaqasi tomon siljishi, turli xil yo‘nalishdagi integratsion va dezintegratsion jarayonlarning chuqurlashuvi, strategik resurslar uchun kurashning kuchayishi, shuningdek, dunyoning turli mintaqalari rivojidagi nomutanosiblikning oshishi bilan izohlanadi.
Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston o‘zining muhim geosiyosiy joylashuvi va mineral xomashyo resurslarining ulkan zaxiralariga egaligi bilan doimiy e’tibor obyektiga hamda jahondagi yirik davlatlarning strategik manfaatlari to‘qnashadigan hududga aylanmoqda.
Iqtisodiy xavfsizlikning ilmiy muammolar qatoridan asosiy o‘rin olishi unga ta’sir etuvchi omillarning kuchayishidan kelib chiqadi. Bular jumlasiga, birinchi navbatda, globallashuv jarayonlarining kengayishi va chuqurlashib borishi kiradi. Umumbashariy globallashuv hamda ochiq iqtisodiyot milliy iqtisodiyotni jahon iqtisodiyotiga qattiq bog‘lab qo‘ydi, unga jahon xo‘jaligidagi o‘zgarishlar ta’sirini kuchaytirmoqda. Bu iqtisodi kuchli bo‘lmagan mamlakatlarda chetga qaramlik tahlikasini yuzaga keltiradi. Iqtisodi kuchli va zaif mamlakatlar o‘rtasidagi tafovutlarning saqlanishi va ayrim hollarda kuchayishiga olib keladiki, natijada globallashuv qarshi harakatlarni yuzaga chiqara boshlaydi.

Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin