Korxonalarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muomilalari


Tahdidlarni tasniflanishi



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə3/9
tarix23.05.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#120912
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korxona iqtisodiyoti Muxammadov U

Tahdidlarni tasniflanishi



Tasniflash belgilari

Tahdidning nomi

1

Vujudga kelish manbalari

Ichki va tashqi

2

Amalga oshirish ehtimoli

Real va potensial (salohiyatli)

3

Hujum qilish obyekti

Axborot, xodimlar, moliya, tovar-moddiy boyliklar, ishchanlik borasidagi obro‘ - e’tibor va boshqalar

4

Bashorat qilish imkonining mavjudligi

Bashorat qilinadigan, bashorat qilib bo‘lmaydigan

5

Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning miqdori

Halokatli, ahamiyatli darajada, qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan

Tahdidning turlari g‘oyatda kengdir. Ular turlicha kelib chiqishga va yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bu borada ularni turli xil tasniflash belgilaridan foydalangan holda turkumlash qabul qilingan. Eng keng tarqalgani tahdidlarning 1 - jadvalda keltirilgan tasniflanishi hisoblanadi.


Biror bir universal metod yoki usullardan foydalangan holda turli - tuman tahdidlarga mavaffaqiyatli qarshi turish mumkin emas. Faqat turli xil metodlarni oqilona uyg‘unlashtirgan va ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalangan holda korxona iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashi mumkin.
Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uzluksiz jarayon bo‘lib, unda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni oldini olish vazifasi qo‘yiladi. Buni amalga oshirish uchun korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi bo‘lishi talab etiladi.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi deganda, korxona ish faoliyatini amalga oshirishda uning xavfsizligini yetarli darajada ta’minlashga qaratilgan eng muhim qaror va chora - tadbirlar yig‘indisi tushuniladi. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasining uchta asosiy turi ajratib ko‘rsatiladi.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizlik borasidagi strategiyasini puxta ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish milliy iqtisodiyotning eng muhim dastagi bo‘lgan korxonalarning barqaror o‘sishi va rivojlanishi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
Korxona (firma) faoliyatining asosiy maqsadi foyda (daromad) olish hisoblanadi. Shuningdek, korxona o‘z oldiga ishlab chiqarishni kengaytirish, personalning kasbiy mahoratini oshirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan va taklif etilayotgan mahsulotning iste’molchilarini, mijozlarini va insofli sherik, hamkorlarning sonini ko‘paytirishni ham maqsad qilib oladi.
Korxonaning iqtisodiy manfaatlari, turli ehtiyojlar mavjud sharoitda talabni qondirish, yashash va rivojlanish uchun raqobat kurashi kuchaygan sharoitda himoya qilinadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda — xo‘jalik subyektining moliyaviy barqarorligini tahlil qilishda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:

Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin