Korxonalarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muomilalari


Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash tamoyillari



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə8/9
tarix23.05.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#120912
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korxona iqtisodiyoti Muxammadov U

3.Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash tamoyillari

Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishda tahdidlar sonining ko‘pligi hamda ularning turli yo‘nalishlarga ega ekanligini hisobga olish zarur. Bu borada korxona iqtisodiy xavfsizligining quyidagi tarkibiy qismlari ajratib ko‘rsatiladi:



  1. Intellektual (kadrlarga tegishli) tarkibiy qism. U korxonaning intellektual salohiyatini, xodimlar bilan, birinchi galda ularning intellektual jihatdan bilimdonligini oshirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan ishlar hisobidan saqlab qolish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

  2. Moliyaviy tarkibiy qism – ularni ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish hisobidan korxonananing eng yuqori darajadagi to‘lov qobiliyatini ta’minlash bo‘yicha ishlar yig‘indisini ko‘zda tutadi.

  3. Texnik - texnologik tarkibiy qism – o‘z tarkibiga quydagi ishlar majmuining bajarilishini ko‘zda tutadi:

  • turdosh mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologiyalar bozorini tahlil qilish;

  • o‘zlarida mavjud texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha ichki zaxiralarni ochib berish yuzasidan tahlil qilish;

  • korxona taraqqiyotining texnologik strategiyasini ishlab chiqarish;

  • korxonaning ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati jarayonida texnologik rivojlanish rejasini tezkorlik bilan (operativ) amalga oshirish;

  • taklif etilayotgan tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini hisoblab chiqish, korxonani texnik va texnologik rivojlantirish bo‘yicha asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni ro‘yobga chiqarishdan olingan natijalarni tahlil qilish.

  1. Siyosiy - huquqiy tarkibiy qism – korxonaning siyosiy - huquqiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.

  2. Axborotli tarkibiy qism – axborotlarni to‘plash va tahlil qilishni, rivojlanish tamoyillarini hamda korxonaning konfidensial (yashirin) ma’lumotlarni himoya qilishni qamrab oladi.

  3. Ekologik tarkibiy qism – tabiiy va texnogen tavsifdagi favqulodda hodisalar oqibatida vujudga keladigan ichki va tashqi tahdidlardan korxonani himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishni ko‘zda tutadi.

  4. Kuch borasidagi tarkibiy qism quyidagilarni ta’minlashga qaratilgan:

  • ishlovchilarning jismoniy xavfsizligi;

  • korxona mulkining saqlab qolinishi;

  • axborot xavfsizligining kuch borasidagi jihatlari (masalan, sanoat shpionajidan himoya qilish).

Iqtisodiy xavfsizligi sanab o‘tilgan korxonaning har bir tarkibiy qismini ta’minlash ishlari bo‘yicha tegishli xizmatlari: iqtisodiy, moliyaviy, texnik va texnologik, yuridik, ekologik xizmatlarning ishlovchilari bajaradilar. Korxonani iqtisodiy xavfsizligining kuchga oid tarkibiy qismini ta’minlash uchun qoida bo‘yicha maxsus bo‘linma, ya’ni xavfsizlik xizmati tashkil etiladi, u o‘z ishini korxonadagi barcha boshqa bo‘linmalar bilan o‘zaro uzviy ta’sirlashuvda amalga oshiradi. Bu kuchga oid tarkibiy qismning ayrim jihatlari korxonani iqtisodiy xavfsizligining boshqa tarkibiy qismlarida ham ishtirok etishi bilan bog‘liqdir.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligining intellektual (kadrlarga oid) tarkibiy qismi. Korxona iqtisodiy xavfsizligining intellektual tarkibiy qismini ta’minlash maqsadida xodimlar bilan ishlab chiqarish – xo‘jalik faoliyatining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, ularning o‘zaro ta’sirlashuvi va o‘zaro bir - biriga bog‘liqligini, har xil omillarning miqdoriga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishlarni muntazam ravishda o‘tkazish lozim. Sanoat korxonasining iqtisodiyoti qator ko‘rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadiki, ularni bilmasdan turib na samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish, na ularning bajarilishini tashkillashtirish mumkin bo‘ladi. Ushbu tizimda korxonaning ishlab chiqarish dasturini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar muhim o‘rin tutadi. U bir oy, kvartal, yarim yil, to‘qqiz oy, bir yildagi mahsulot ishlab chiqarish rejasidan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish dasturini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlarga quydagilar kiradi: tovar mahsulot; sotilgan mahsulot; mahsulotni sotishdan tushgan tushum.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligining moliyaviy tarkibiy qismi. Korxona ishlab chiqarish – xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini foydaga tegishli ko‘rsatkichlar tavsiflaydi. Soliq kodeksiga binoan soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan foyda miqdori – barcha turdagi faoliyatlardan olingan daromad bilan ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi, ya’ni barcha faoliyat turidan keladigan moliyaviy natija sifatida shakllanadi.
Korxonani iqtisodiy xavfsizligining moliyaviy tarkibiy qismini ta’minlash uchun har bir hisobot davri tugagandan so‘ng (har chorakda o‘sib boruvchi yakun bilan) korxonaning moliyaviy natijalari, moliyaviy holati va ishchanligini tahlil qilishi lozim. Korxona ishining moliyaviy natijalari tahlili quydagilarni o‘z ichiga oladi:

  • soliqqa tortiladigan foydaning dinamikasini umumiy baholash;

  • sotuvdan kelgan foydani (mahsulotni sotishdan kelgan foydani) omilli tahlil qilish;

  • boshqa moliyaviy operatsiyalardan (boshqa faoliyat turlaridan) olingan moliyaviy natijalarni tahlil qilish;

  • sof foydaning sarflanishini tahlil qilish;

  • rentabellik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.

Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish jarayonida korxona quyidagilarni amalga oshiradi:

  • korxonaning mol - mulki tarkibi va tuzilishining dinamikasini tahlil qilish (balansning aktiv qismi);

  • moliyaviy resurslar manbalarining tarkibi va tuzilishini tahlil qilish (balansning passiv qismi);

  • moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish;

  • to‘lov qobiliyati va likvidlik darajasini tahlil qilish.

Korxonaning ishchanlik muhitini tahlil qilish quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

  • iqtisodiy o‘sishining barqarorligini tahlil qilish.

Korxonaning iqtisodiy xavfsizligining axborotli tarkibiy qismi. Axborot – bu biror narsa to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lib, to‘plash, saqlash va ishlov berish obyekti hioblanadi. Sanoat korxonasi borasida bu – ishlab chiqarish – xo‘jalik faoliyati (IXF)ning barcha tomonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Ular korxonaning har xil xizmatlari tomonidan shakllantiriladi. Mazkur ma’lumotlarni tahlil qilish asosida operativ (tezkor) va istiqbolli tavsifdagi boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. Korxonani uning axborot muhitidan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi va korxona iqtisodiy xavfsizligining axborotli tarkibiy qismini ta’minlash zaruratini oldindan belgilab beradi.
Korxonaning axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi ikki vazifani, ya’ni axborot xavfsizligini va axborotni himoya qilishni ta’minlashi lozim. Axborot xavfsizligi – bu axborot muhitining himoyalanganlik holatidir. Axborotni himoya qilish – bu o‘sha holatga erishishga qaratilgan faoliyat, ya’ni jarayon hisoblanadi, masalan, axborotlarni korxonadan chetga chiqib ketishining oldini oladigan ishlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish. Korxonalarning axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar bir martalik yoki biror vaqt davom etadigan tavsifga ega bo‘lmaydi. U uzluksiz tartibda bajarilishi lozim.
Shunday qilib, korxonalarning axborot xavfsizligibu korxonalarning me’yorida faoliyat ko‘rsatishi va bir tekis rivojlanishini ta’minlovchi axborot muhitining himoyalanganlik holatiga erishish bo‘yicha amaldagi qonunchilikda ruxsat etilgan kuch va vositalardan foydalangan holda ularning barcha bo‘linmalari va shaxslarning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir. Korxonalarning axborot xavfsizligini tashkil etishda va uning faoliyat ko‘rsatish jarayonida qo‘llab turuvchi infratuzilmaning, ya’ni korxonaning hayot kechirishini ta’minlovchi tizimlar (elektr, issiqlik, suv bilan ta’minlash)ning hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning normal ishlashini ta’minlanishi kerak.
Korxonalarning axborot xavfsizligi tizimini tashkil etishda yashirin axborot bilan ishlashni tashkillashtirish markaziy o‘rin tutadi. Konfidensal axborot – bu foydalanuvchilarning ularga kirish huquqida cheklovlar bor bo‘lgan axborotdir, chunki ularda davlat, xizmat yoki tijorat siri mavjud bo‘ladi.
Davlat siriga rioya qilish bo‘yicha munosabatda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat siri to‘g‘risida” qonuni bilan tartibga solinadi. Xizmat va tijorat siri O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Tijorat siri to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solish predmeti hisoblanadi.
Mazkur qonunga muvofiq holda tijorat siri – bu egasiga mavjud bo‘lgan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlarda daromadlarni ko‘paytirish o‘zini oqlamaydigan xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik, tovarlar, ishlar, xizmatlar bozorida mavqeini saqlab qolish yoki boshqa tijorat manfaatiga ega bo‘lish imkonini beradigan konfidensal axborotdir.
Tijorat sirini tashkil etuvchi axborotuchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lmaganligi hamda qonuniy asosda unga kirish taqiqlanganligi va bunday axborotning egasiga nisbatan tijorat siri tartibi joriy etilganligi tufayli real yoki potensial qiymatga ega bo‘lgan ilmiy - texnikaviy, texnologik, ishlab chiqarish, moliyaviy - iqtisodiy yoki boshqa axborot (jumladan ishlab chiqarish sirini tashkil etuvchi, nou - xau)lardir.
Tijorat siri tartibibu tijorat sirini tashkil etuvchi axborot egasining konfidensalligini saqlash bo‘yicha qabul qiladigan huquqiy, tashkiliy, texnik choralaridir. Qonunda ko‘rsatilishicha, tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumot ro‘yxatikorxona rahbari tomonidan belgilab qo‘yiladi. U buyuruq bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur buyuruqda uni bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui belgilanadi. Buyuruqni bajarish uchun javobgarlik qoida bo‘yicha korxonaning xavfsizlik xizmatiga yuklatiladi.
Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar ro‘yxatini shakllantirishda mehnat qonunning tarkibida tijorat siri rejimi o‘rnatilishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar ro‘yxati inobatga olinishi zarur. Xususan bunga quyidagi ma’lumotlar kiradi:

  • korxonada ishlovchilarning soni va tarkibi to‘g‘risida;

  • ishlovchilar mehnatiga haq to‘lash tizimi to‘g‘risida;

  • mehnat sharoiti to‘g‘risida, jumladan mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida;

  • ishlab chiqarishda jarohat olish va kasbiy kasalliklar to‘g‘risida;

  • bo‘sh ish joylarining mavjudligi to‘g‘risida ;

  • ish haqi va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risida.

Tijorat sirini saqlovchi ma’lumotlar ro‘yxatiga qonunda belgilangan shu kabi va boshqa ma’lumotlarni kiritishi, korxona rahbariyati tomonidan ularni fosh qilganlik uchun jazolash qonunga xilof hisoblanadi. Korxonada tijorat siri rejimini amalga oshirish uchun quyidagi majburiy xatti - harakatlarni amalga oshirish zarur:

  • o‘zining mehnat majburiyatlarini bajarish uchun konfidensial axborotlarga kirishi zarur bo‘lgan har bir ishlovchining tijorat sirini tashkil etuvchi axborotlar ro‘yxati bilan bunga imzo chekkan holda tanishtirish;

  • har bir ishlovchini imzo chekkan holda tijorat siri rejimi uni buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishtirish;

  • har bir ishlovchiga o‘rnatilgan tijorat siri rejimiga rioya qilishi uchun sharoit yaratish.

Sanab o‘tilgan chora-tadbirlarga qo‘shimcha ravishda har bir ishlovchiga tijorat sirini saqlash to‘g‘risida eslatma berilishi zarur bo‘lib, unda tijorat sirini saqlovchi hujjatlar bilan ishlashda, jumladan tegishli hujjatlarni yo‘qotganda, ishlovchi ta’tilga chiqqanda, xizmat safariga ketganda, ishdan bo‘shaganda uning majburiyatlarini aks ettirish lozim. Mehnat qonuniga muvofiq mehnat majburiyatlarini bajarishda unga ma’lum bo‘lgan konfidensial axborotni fosh qilganligi uchun aybdor bo‘lgan ishlovchi, korxonaga keltirilgan zararni qoplashi lozim, undan tashqari konfidensal axborotni ataylab yoki ehtiyotsizlik oqibatida fosh etgan ishlovchiga uning xatti - harakatlarida jinoyat mavjud bo‘lmagan hollarda intizomiy jazo beriladi.
Korxonalarning axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida shtat jadvalida axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi ko‘zda tutilishi yoki axborot xavfsizligi xizmati tashkil etilishi mumkin. Bu masalalarni hal qilish, xizmat tashkil etilgan taqdirda esa uni tarkibi va soni ko‘p o‘lchamga, ishlab chiqarish – xo‘jalik faoliyati turlariga hamda axborotlarning konfidensiallik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Barcha hollarda ular axborotlarni himoya qilish bo‘yicha hamma vazifalarni hal qilinishini ta’minlashi kerak. Uning eng muhim vazifalari quydagilardir:

  • korxonada axborotni himoya qilish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishni muvofiqlashtirish;

  • axborotlarni chiqib ketishi mumkin bo‘lgan kanallarini aniqlash maqsadida ishlab chiqarishni to‘plash va ishlov berish texnologiyasini tadqiq etish;

  • axborot xavfsizligi siyosatini va uni amalga oshirish chora - tadbirlarini ishlab chiqish;

  • korxonalarda axborotlarni himoya qilishni ta’minlovchi me’yoriy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish;

  • tahdidlarni aniqlash va zararsizlantirish;

  • axborot xavfsizligiga daxldor bo‘lgan voqea – hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ro‘yxatga olish, ishlov berish va saqlash;

  • barcha ishlovchilarda korxonaning axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarni bajarish zarurligini tushunishini shakllantirish.

Xulosa
Korxona sirlari va xavfsizligi bir qarashda oddiy tushunchalar bo‘lib, ularning mazmuni mutaxassis bolmaganlarga ham tushunarlidir. Biroq amaliyotda korxona, shuningdek, turli xo'jalik subyektlarining tijorat sirlari va xavfsizligini ta’minlash yetarlicha murakkab faoliyat sohasi hisoblanadi. Korxonaning, shundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning xavfsizligi nafaqat butunlik va barqarorlik, balki atrof-muhit uchun iqtisodiy, texnik, texnologik, tashkiliy va umuman, funksional jihatdan zararsizligidadir. Korxona xavfsizligi amalda maxsus xizmat va boshqaruv organlari tomonidan, shuningdek, mos keluvchi Nizom normalari, qoidalar va yo‘riqnomalar asosida ta’minlanadi. Korxona xavfsizligiga ichki ishlab chiqarish muhitidan tashqari tashqi muhit ham ba’zida bevosita, ba’zida esa bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ichki va tashqi muhitlarning ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sirini bartaraf qilish har bir korxona oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Tijorat sirlari korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lib, ulaming chetga chiqib ketishi yoki begona shaxslarga tarqatilishi korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli tijorat sirlariga korxona tomonidan amal qilinibgina qolmay, unga rioya etish shartlari qonunchilik tomonidan belgilab ham qo‘yilgan. Korxonaning tijorat sirlarini muhofaza qilish mexanizmi, maxfiy xarakterga ega va oshkor qilinishi mumkin bolmagan, shuningdek, manfaatdor idora va shaxslarga xavf-xatar tug‘dirmagan holda taqdim etish mumkin bo‘lgan ma’lumot va ko‘rsatkichlami tanlab olishni ko‘zda tutuvchi tizimga ega boiishi zarur.



Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin