Korxonalarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muomilalari


Ustunliklar "S" — STRENGTH



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə7/9
tarix23.05.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#120912
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korxona iqtisodiyoti Muxammadov U

Ustunliklar
"S" — STRENGTH


Kamchiliklar 
"W" — WEAKNESS


I
CH
K
I
M
U
X
I
T



  1. Mahalliy bozorda yetakchiligi;

  2. Hammaga ma’lum brendga egaligi.

  3. Yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligi va tajriba ko‘nikmasining yuqoriligi.

  4. Ishlab chiqarish jarayoni xomashyodan to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayon liniyalashtirilganligi va chiqindisiz ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudligi.

  5. Kadrlarni tayyorlashda Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti va Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda ishlashi.

  6. Kombinatda ISO standartlarining tatbiq etilganligi.

  7. Kombinatda ijtimoiy muhitni yaxshilash va ishchilarni qo‘llab- quvvatlash uchun ijtimoiy dasturning ishlab chiqilganligi.

  8. Ichki monitoring tizimining mavjudligi.

  9. Ko‘p yillik xorijiy hamkorlarga ega ekanligi.

  10. Marketing tizimining yaxshi rivojlanganligi.

  1. Ishlab chiqarish dastgohlarining yemirilish darajasi o‘rtacha 65 %ga yetganligi.

  2. Paxta ekin maydonlarining qisqarganligi xomashyo taqchilligini yuzaga keltirishi oqibatida ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyatini kamayishi.

  3. Noan’anviy urug‘larni qayta ishlash texnologiyasining yo‘qligi.

  4. Kombinatda innovatsiya bilan shug‘ullanish imkoniyatining kamligi.

  1. Korxonada kadrlar siyosatini rivojlantirib borish orqali, boshqaruv va ishlab chiqarish personalini o‘qitish, mutaxassislik tajribalarini oshirish.

  2. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda xalqaro ISO sifat menejmenti sertifikatlarini tatbiq qilish.

Jadvalda SWOT - tahlilidan kelib chiqib “Yog‘-moy kombinati” ning ichki va tashqi muhit, kuchli va kuchsiz tomonlari keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasida 2021-yil boshida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 475197 tani tashkil etdi. Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar 93311 tani tashkil etdi. 2020-yilning yanvar-noyabr oylarida iqtisodiyot tarmoqlarida korxona va tashkilotlar tomonidan 40511,5 mlrd. so‘m miqdorida yakuniy moliyaviy natija olindi. 2019- yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda foyda 37,2 % ga ko‘paygan. 2020 -yilning yanvar-noyabr oylarida 2019-yilning shu davriga nisbatan solishtirganda, foydaning asosiy o‘sishi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK (7705,1mlrd.so‘m), “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (2815,5 mlrd. so‘m), “O‘zbekneftegaz” AJ (891,9 mlrd.so‘m), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (720,9 mlrd.so‘m), “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (628,9 mlrd. so‘m), “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ (404,4 mlrd.so‘m), “O‘zdonmahsulot”AK (162,7 mlrd. so‘m)ga to‘g‘ri keladi.
Foydaning pasayishi “O‘zavtosanoat” AJ – 1650,7 mlrd. so‘mga, “Uzbekistan Airports” AJ – 1112,5 mlrd. so‘mga, “Uzbekistan Airways” AJ – 1031,1 mlrd. so‘mga, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ – 672,0 mlrd. so‘mga, “O‘ztransgaz” AJ – 337,7 mlrd. so‘mga, Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi – 115,5 mlrd. so‘mga, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ – 107,5 mlrd. so‘mga, “O‘zmaxsusmontajqurilish” AK – 75,9 mlrd. so‘mga, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida – 63,2 mlrd. so‘mga kuzatilgan.
Hududlar kesimida foydaning asosiy qismi Navoiy viloyati 20495,1 mlrd. so‘m (jami foydaning 50,6 % i), Toshkent viloyati – 8729,9 mlrd. so‘m (21,5 %), Toshkent shahri – 4634,8 mlrd.so‘m (11,4 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4480,6 mlrd.so‘m (11,1 %), Andijon viloyati – 1906,4 mlrd. so‘m (4,7 %) va Farg‘ona viloyatiga – 870,9 (2,1 %) to‘g‘ri keladi.
Zararning asosiy qismi “O‘ztransgaz” AJ – 1991,4 mlrd. so‘m, shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ – 1798,4 mlrd.so‘m, “Uzbekistan Airways” AJ – 1001,5 mlrd. so‘m, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi – 537,0 mlrd. so‘m, “Uzbekistan Airports” AJ - 393,3 mlrd. so‘m, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ – 277,5 mlrd.so‘m korxonalariga to‘g‘ri keladi. Zararlarning asosiy qismi quyidagi tarmoqlarga to‘g‘ri keldi: tashish va saqlash – 3765,4 mlrd. so‘m (jami zararning 37,5 % i), Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 2643,0 mlrd. so‘m (26,3 %).
2020-yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra, debitor qarzdorlikning umumiy hajmi 120541,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shundan muddati o‘tgani – 1758,9 mlrd. so‘m yoki jami qarzdorlikning 1,5 % i. Muddati o‘tgan debitor qarzdorlik 2019- yilning 1-dekabriga nisbatan solishtirilganda 88,5 % ga kamaygan, jami debitor qarzdorlikdagi ulushi 15,0 punktga qisqargan. 2020- yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, kreditor qarzdorlikning umumiy hajmi 130315,0 mlrd. so‘m, shundan muddati o‘tgani – 2656,0 mlrd. so‘m yoki jami kreditor qarzdorlikning 2,0 % ini tashkil etdi. Muddati o‘tgan kreditor qarzdorlik 2019-yilning 1-dekabriga nisbatan solishtirilganda 71,8 % ga qisqardi, jami kreditor qarzdorlikdagi ulushi 6,8 punktga kamaygan.

Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin