Korxonalarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muomilalari


- rasm. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi turlari



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə4/9
tarix23.05.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#120912
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korxona iqtisodiyoti Muxammadov U

1- rasm. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi turlari.



  • korxonaning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti, korxona aylanma aktivlarining umumiy aktivlar summasiga nisbati;

  • joriy likvidlik ko‘rsatkichi;

  • o‘z kapitalining rentabelligi;

  • umumiy to‘lovga qodirlik ko‘rsatkichi, aktivlar bozor qiymatining xo‘jalik subyektining barcha majburiyatlariga nisbati;

  • kapitallashtirish koeffitsiyenti, bozor qiymatidagi o‘z kapitalining qarz mablag‘larining balans qiymatiga nisbati;

  • menejment koeffitsiyenti, sotishdan olingan pul tushumining joriy majburiyatlar miqdoriga nisbati.

Xavfsizlik tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • korxona obyektlarini, boshqaruvchi rahbarlarning shaxsiy daxlsizligini hamda pul mablag‘larini saqlash uchun qo‘riqchi-qorovullik xizmatini tashkil etish;

  • korxonaning informatsion jihatdan himoyalanishini ta’minlaydigan analitik xizmatni tashkil etish. Uning vazifalari ichida razvedka va kontrrazvedka bilan shug‘ullanishni tashkil etish uchun strategik muhim subyektlar bilan ishlash.

Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun uning xavfsizligiga tahdid soladigan xavf-xatarlarni bilish kerak bo‘ladi. Buning uchun korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ifodalaydigan parametrlarni o‘rganish va ularni tahlil qilish kerak bo‘ladi.
Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash beshta elementni o‘z ichiga oladi:

  • birinchi – iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarning tarkibi va xarakterini hamda ularning ta’sir yo‘nalishini aniqlash;

  • ikkinchi – iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarning ta’siri natijasida yuzaga keladigan zararlarni baholash;

  • uchinchi – iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatadigan tahdidlarni muhimligi va vujudga kelish vaqti bo‘yicha guruhlarga ajratish;

  • to‘rtinchi – u yoki bu tahdidlarga nisbatan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash strategiya variantini shakllantirish va tanlash;

  • beshinchi – iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha aniq belgilangan chora - tadbirlarni aniqlash va amalga oshirish.

Korxonada iqtisodiy xavfsizlikni keskinlashuviga olib keladigan omillarga quyidagilar kiradi:

  • korxonaning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichining pastligi;

  • korxona uchun investitsiya muhitining yaxshi emasligi;

  • korxonaning moliyaviy faoliyatini barqaror emasligi;

  • davlatning o‘z ehtiyojlari uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlarning haqini to‘lash borasida qobiliyatsizligi.

Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini miqdor va sifat jihatdan tavsiflaydigan indikatorlarga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish dinamikasi;

  • ishlab chiqarish korxonasining tarmoq va mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmidagi ulushi;

  • ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushurishning amaldagi darajasi;

  • ishlab chiqarish jarayonining barqarorligi;

  • ishlab chiqarishning rentabellik darajasi;

  • aylanma mablag‘larni moliyalashtirish uchun o‘z manbalari bilan ta’minlanganlik;

  • muddati o‘tgan qarzdorlik (debitorlik, kreditorlik);

  • ishlab chiqarishning fond (kapital) qaytimi;

  • asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish sur’atlari;

  • innovatsion faollikning darajasi.


Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin