1-ma\'ruza Jarayonlarni tadqiq qilish masalalarining umumiy tavsifi
Optimal strategiya deb qandaydir mulohazalarga ko’ra boshqalardan afzalroq bo’lgan strategiyalarga aytiladi. Strategiyalarni tanlash operasiyani o’tkazuvchi tomonga boqlik. Operasiyaning na-tijasi operasiyani o’tkazuvchi tomon ixiyorida mavjud bo’lgan omillarga boqliqdir. Bu omillrlar (parametrlar) nazorat qilinadigan omillar (parametrlar) deb ataladi.
Biroq operasiyaning natijasiga operasiyani o’tkazuvchi tomon ixtiyorida bo’lmagan omillarga ham ta’sir qiladi - bular nazorat qilib bo’lmaydigan omillar deb ataladi.
Ular operasiyani o’tkazish muhitini belgilaydi. Masalan, qishloq xo’jaligida hosildorlikni rivojlantirishda ob-havodek nazorat qilib bo’lmaydigan omilni hisobga olish zarur bo’ladi.
Jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy masalasi – operasiyalarni o’tkazish muhitini hisobga olgan holda optimal strategiyalarni tanlash va ularni miqdoriy asoslab berishdan iborat. Bu masalalar bilan operasiyani tekshiruvchi – operasiyani o’tkazuvchi tomon ixtiyoridagi shaxs yoki shaxslar guruhi shuqullanadi. Operasiyani tekshiruvchi faqat operasiyani tahlil qiladi, o’zi esa operasiyani boshqarish bo’yicha qaror qabul qilmaydi.
Optimal strategiyalarni izlash va ularni asoslab berish jarayonida operasiyalarni tekshiruvchi topilgan yechimlarning sezuvchanligini tahlil qilishga, ya’ni optimal yechimdan chekinishlarning operasiya natijasiga ta’siri darajasini tekshirishga to’qri keladi. Bu masalaning yechimi, ayniqsa, jarayonlarni tadqiq qilishga sistemaviy yondashilganda, ya’ni operasiyaga o’zaro boqlangan operasiyalar tizimining tarkibiy bo’limi deb qaralsa juda muhimdir. O’zaro boqlangan bir necha operasiyani hamma vaqt bitta murakkabrok operasiyaga birlashtirish mumkin, lekin unda tekshirish prosessi ham murakkablashadi. Shu sababli, amalda qator hollarda tekshiruvchi operasiyani maydaroq bo’laklarga bo’lishi qulayroqdir.
Operasiyalarni tekshiruvchi operasiyaning har xil strategiyalarga mos keluvchi natijalari samarasini baholash imkoniga ega bo’lishi kerak.
Natijani baholash uchun samaradorlik mezonidan (adabiyotlarda «effektivlik kriteriysi», «sifat kriteriysi», «optimallik kriteriysi», «samaradorlik ko’rsatkichi» kabi boshqa iboralar ham qo’llaniladi) foydalaniladi. Samaradorlik mezoni operasiya maqsadining matematik ekvivalenti bo’lib, shu maqsadga erishganlik darajasini miqdoriy baholash imkonini beradi. Operasiyaning har bir muayan maqsadiga o’zining samaradorlik mezoni to’qri keladi.
Masalan:
a) Sanoat korxonasida ishlab chiqarish resurslarini tejash bo’yicha chora- tadbirlar tizimi tashkil qilinmoqda. Samaradorlik mezoni – tejalgan resurslar jami.
b) Texnik qurilmaning mustahkamligini oshirishga qaratilgan chora – tadbirlar tizimi tashkil qilinmoqda. Samaradorlik mezoni – qurilmaning ishdan chiqish ehtimoli.
d) Ta’minlovchilardan iste’molchilarga yuk tashib yetkazishni tashkil kilish kerak. Samadorlik mezoni - yuklarni tashish bilan boqlik jami harakatlar.
Samaradorlik mezonini ( ) ba’zi masalalarda maksimumga, boshqalarida esa – minimumga aylantirish kerak. Biroq, ni maksimallashtirish masalasini minimallashtirish masalasiga (va aksincha) keltirish qiyin emas (buning uchun, masalan, ni –1 ga ko’paytirish kifoya).
Samaradorlik mezoni bir qator xossalarga ega bo’lish kerak: soddalik (tahlil qilishni qiyinlashtiruvchi ko’p ikkinchi darajali boqlanish va omillarni uz ichiga olmasligi), vakolatlilik (operasiyaning asosiy, ya’ni ikkinchi darajali bo’lmagan maqsadini aks ettirishi), kritiklik (u yoki bu strategiyani tanlashni xarakterlovchi parametrlar o’zgarganda yetarli darajada sezilarli o’zgarishi), yagonalik (har bir operasiyaga bittagina samaradorlik mezoni mos kelishi kerak).
Operasiyalar maqsadini ikki turga va mos ravishda, samaradorlk mezonini ikki turga ajratish mumkin.