1. Sifatiy maqsadlar. Ularning mohiyati shundan iboratki, ularga erishish yo mumkin, yoki mumkin emas. Bu holda samaradorlik mezoni faqat maqsadga erishilganlik yoki erishilmaganlik faktinigina ifodalaydi.
Matematik tarzda sifatiy – maqsadga mos samaradorlik mezoni quyidagicha yozilishi mumkin: , agar maqsadga erishilsa; , agar maqsadga erishilmasa (yoki , agar maqsadga erishish albatta shart ekanligini ta’kidlash kerak bo’lsa).
Masalan, do’l yoqdiruvchi bulutlarga qarshi kurash chora–tadbirlarning tizimi tashkil qilinayotgan bo’lsin. Bu holda samaradorlik mezonini quyidagicha yozish mumkin:
Ushbu operasiyada maqsadga erishtirmaydigan har qanday chora–tadbir samarasiz hisoblanadi.
2. Miqdoriy maqsadlar – bu shunday maqsadlarki, ularning mohiyati maqsadga erishganlik darajasini ifodalovchi strategiya va nazorat qilib bo’lmaydigan omillarga boqliq bo’lgan qandaydir ko’rsatkichni oshirish yoki kamaytirishga intilishdan iborat, ya’ni operasiya maqsadga erishganlik darajasining miqdoriy mezoni bo’lgan ayni shu ko’rsatkich samaradorlik mezoni vazifasini bajaradi. Samaradorlikning miqdo-riy mezoniga misol qilib yuqoridagi a), b), d) mezonlardan istalgan birini olish mumkin.
Tekshirishning miqdoriy usullarini qo’llash uchun operasiyaning matematik modeli tuziladi.
Matematik model – bu o’rganilayotgan hodisalarning muayyan xossalarini aks ettiruvchi nisbiy haqiqatdir. Moiseyev N.N. fikricha matematik model jarayonni tavsiflash usuligina bo’lib, uni matematik usullar yordamida tahlil qilish imkonini beradi.
Operasiyani tekshiruvchi model yordamida operasiyaning xususiyatlarini o’rganishi, operasiyani optimal boshqarish masalalarini yechishi mumkin. Yaratilayotgan modelga qo’yiladigan talablar o’ta ziddiyatlidir. Bir tomondan modelning yetarlicha sodda bo’lishi maqsadga muvofiqdir, chunki bu uni tahlil qilishni ancha osonlashtiradi.
Boshqa tomondan, modellashtirish qandaydir darajada to’la bo’lmoqi kerak, ya’ni unda operasiyaning borishiga va natijasiga eng ko’p ta’sir ko’rsatadigan hamma muhim omillar hisobga olingan bo’lishi kerak.