2. Kuzov konstruksiyasini texnologiklikka ishlash
Konstruksiyani texnologiklikka ishlash quyidagi konstruktiv va texnologik tadbirlarni amalga oshirish bilan bajariladi:
kuzovga kiruvchi yig’ma birliklarni yiriklashtirish, shu jumladan, yaxlit shtamplangan derazalar va eshiklar o’rnini olish bilan;
to’g’ri chiziqli qismlarda payvandlashni ta’minlash imkoniyati bilan;
gazli va yoyli payvandlash hajmining kamayishi bilan;
iloji boricha tashqi chok va tutashuvlarning oldini olish, chunki ularga qo’shimcha ishlov berish zarur bo’ladi;
detallarni payvandlash uchun ochiq va qulay birikmalar hosil qilish;
maxsus texnologik usullar yoki murakkab payvandlash asbobini qo’llamaslik bilan;
suv va chang kirishidan saqlash maqsadida yengil puxtalanadigan birikmali detallarni olish bilan.
Kuzovga kiruvchi yig’ma birliklarni yiriklashtirish bilan konstruksiya texnologikligini orttirish mumkin, chunki bu holda yig’ish-payvandlash operatsiyalari mehnat sarfi kamayadi.
Payvand birikmalarning joylashuvi ratsional bo’lishi kerak. Qiya va egri chiziqli uchastkalarda payvand nuqtalarni joylashtirishda nozik birikmalar va katta tirqishlar paydo bo’lishi mumkin. 1, a – rasmda to’g’ri uchastkada texnologik birikma, 1, b – rasmda esa notexnologik birikma ko’rsatilgan, chunki keyingi holda birikish joyi qiya tekislikda joylashgan. 1, v – rasmda strelkalar yordamida payvandlash uchun tavsiya qilinmaydigan joylar ko’rsatilgan. 1, a – rasmdagi birikma ratsional bo’lishiga, detallardan birini boshqa detal qalinligiga teng o’lchamga qo’shimcha shtamplash bilan erishiladiki, buning natijasida birikmaning har ikkala detali yagona sathda bo’lishi ta’minlanadi.
1-rasm. Detallarning turli uchastkalarida yig’ma birliklarning joylashuvi: a – to’g’ri uchastkada; b – qiya tekislikda; v – egri chiziqli uchastkada
Konstruksiya texnologikligini ta’minlashni misolda ko’rib chiqamiz (2-rasm).
Kuzovlarning eski modellarida tomni yomg’ir ariqchasi bilan biriktirish notexnologik edi (2, a - rasm). Yomg’ir ariqchasini tomga payvandlash murakkabligi shundan iborat ediki, bu o’rinda payvandlash asbobini payvandlash joyiga yetkazish qiyin edi. Tom reyka kuchaytirgichining yopiq profili bilan ichkariga qayrilgan flanesi orqali birikar edi. Tom va yomg’ir ariqchasi yopiq profil sharoitida, payvandlash joyiga tokni noqulay tarzda yetkazish bilan payvandlanar edi.
Yengil avtomobillar kuzovlarining zamonaviy modellarida payvandlash asbobini payvandlash joyiga erkin yetkazishni ta’minlovchi texnologik konstruksiyadan foydalaniladi (2, b - rasm).
2-rasm. Tomni yomg’ir ariqchasi bilan biriktirish: a – eski kuzovlar konstruksiyalarida tom va ariqchaning birikishi; b - zamonaviy kuzovlar konstruksiyalarida tom va ariqchaning birikishi; 1- tom reyka kuchaytirgichi; 2 – tom reykasi; 3 – tom, 4 – yomg’ir ariqchasi; 5 – payvandlash tokining uzatilishi
Keltirilgan misoldan ko’rinadiki, payvand birikmalar texnologikligi, kuzov detallarining mos kesimlarini va konstruktorlik, texnologik bazalarni to’g’ri tanlash bilan ta’minlanadi. Shuningdek, birikmaga yengil yaqinlashishni ta’minlovchi konfiguratsiya ham muhimdir.
Kuzov konstruksiyalariga qo’yiladigan texnologik talablar, quyidagi omillarni maqbullashtirishga keltiriladi:
detallar shakllari;
detallarni biriktirish usullari;
muayyan birikma turi uchun yig’ish usullari va payvandlash turlari;
yig’ish-payvandlashning texnologik jarayoni; 5) jihozlar va qurilmalar.
Detallarning konstruksiyalari, ularni tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilganidan va yig’ma birliklarga biriktirish usullari tahlil qilinganidan keyingina yakuniy holatga keladi. Yig’ma birliklarni biriktirish usuli shunday tanlanishi lozimki, bunda kuzovda ko’taruvchi elementlarni hosil qilish, germetiklikni ta’minlovchi elementlarni va b. hosil qilish kabi talablar bajarilsin. Payvandlashda uchtadan ortiq detallardan tuzilgan birikmalar bilan ishlash tavsiya qilinmaydi.
Payvandlanadigan listlar qalinliklari nisbati 3:1 dan ortmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: |